Kurs ishini tashkil etish bo‘yich uslubiy ko‘rsatma: Fan bo‘yicha kurs ishi o‘quv rejada rejalashtirilmagan.
Modulni o‘qitish davomida egallanadigan amaliy ko‘nikmalar va kompentensiyalar
Modul davomida egallanadigan amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati: O‘quv amaliyotini o‘tish davrida talabalar quyidagi amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan:
Yoruglik mikroskopida immersion sistemani qo`llashni o`rganish. Surtma tayyorlash texnikasi bilan tanishish va mikroorganizmlarni oddiy bo’yab mikroskopda ko`rishni o`rganish
Mikroorganizmlar morfologiyasi, strukturasi,tarkibi xaqida tushuncha hosil qilish . Material ekilgan ozuqa muhitlardan preparat tayyorlash,fiksasiya qilishni, murakkab buyash usullaridan foydalanishni o`rganish
Aerob va anaerob bakteriyalarning sof kulturasini ajratish va ularni identifikasiya qilish xaqida bilimga ega bo`lish.Zich va suyuk ozuqa muhitlarda patologik materialdagi bakterial kulturani ekishni o’tkazishni o`rganish.
Viruslar xaqida umumiy tushunchaga ega bo`lish.Bakteriyalarni fagotiplarga ajratishni o`tkazish yuzasidan bilimga ega bo`lish
Tayyor dorilarning sterilligini aniqlash yuzasidan ko`nikma hosil qilish. Qog’ozli disk usulida bakteriyalarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlashni bilish
Inson organizmi normal mikroflorasining miqdor va sifat tarkibini aniqlash va olingan natijaga baho berishni o`rganish.
Infeksion kasalliklarni laboratoriya diagnostika usullari, virulent va patogen mikroorganizmlar haqida bilimga ega bo`lish.
Organizmning immun xolatiga baxo berish usullari to`g`risida bilimga ega bo`lish.
Mikroorganizmlar genetikasidan tibbiyotda foydalanish yuzasidan bilimiga ega bo`lish. Vaksinalar va zardoblarning olinish usullarini o`rganish.
Patologik material ekilgan bulonli va agarli mikrob kulturasidan nativ preparat tayyorlashni o`rganish.
Yuqumli ichak kasalliklari, ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi infeksiyalar haqida bilimga ega bo`lish.
Korinebakteriya, mikobakteriya va ularni laborator diagnostikasi haqida tushuncha hosil qilish