Mikrobiologiya



Yüklə 83,71 Kb.
səhifə14/16
tarix10.07.2023
ölçüsü83,71 Kb.
#136231
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Микробиология фан дастури ФТТИ лотин

YAKUNIY NAZORAT (YAN)
YAN modul yakunida test shaklida o‘tkaziladi. Bunda talabalarning kompetensiyalari va nazariy bilimlari tekshiriladi. Maksimal ball 100, o‘tish bali 60 ball.
YANda saralash balini (60) yig‘olmagan talaba YANdan o‘tmagan va modulni o‘zlashtirmagan deb hisoblanadi (JNda to‘liq kreditni yig‘gan bo‘lsa ham).
Ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va yakuniy nazorat qayta o‘tkaziladi.
Kasalligi sababli yakuniy nazoratni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida yakuniy nazoratda saralash balidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, modul bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.


Asosiy adabiyotlar:





I.M.Muhamedov, E.X.Eshboev Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya, Darslik. Toshkent. 2018y.


I.M.Muhamedov, E.X.Eshboev Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya, Darslik. Toshkent. 2006y.


I.M.Muxamedov Meditsinskaya mikrobiologiya virusologiya, immunologiya. Uchebnik. Tashkent. 2011g.


Sh.R.Aliyev,I.M.Muhamedov, Z.A.Nuruzova Mikrobiologiyadan laboratoriya mashq’ulotlariga doir o`quv qo’llanma. Toshkent. 2013y.


X.O.Nuraliyeva, Sh.M.Miralimova, K.Sh.Boltayeva, M.T.Kariyeva Kimyoviy mikrobiologiya. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2019 y


X.O.Nuralieva, Sh.M.Miralimova, K.Sh.Boltaeva, M.T.Karieva Ximicheskaya mikrobiologiya. Uchebnoe posobie. Tashkent. 2019g.


Yüklə 83,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin