Mikrobiologiya



Yüklə 83,71 Kb.
səhifə2/16
tarix10.07.2023
ölçüsü83,71 Kb.
#136231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Микробиология фан дастури ФТТИ лотин

Modulning vazifalari:
- mikroorganizmlar morfologiyasi va kimyosi haqida tushuncha berish;
- mikroorganizmlar fiziologiyasi yani oziqlanish, nafas olish, o‘sish, ko‘payishi va ko`paytirish usullarini haqida ma`lumot berish;
- tashqi muhit ta’sirlaridan mikroorganizmlarda yuzaga keladigan o`zgarishlarni o`rganish;
-patogen mikroorganizmlarni o‘stirish uchun ozuqa muhitlar tayyorlash jarayonini o‘rganish;
- mikroorganizmlar ekologiyasi va tashqi muhit faktorlarining mikroorganizmlarga ta’sirlarini o‘rganish;
-immunobiologik tibbiy preparatlarni olinish usullarini o‘rganish;
- aseptika, antiseptika, sterilizatsiya, dezinfeksiya qilish usullarini o‘zlashtirish.
- yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari: bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar haqida tushuncha hosil qilish;
-mikroorganizmlarning yuqumli kasallik patogenezidagi o‘rni, patogen mikroblar qo`zg`atuvchi kasalliklarning klinikasi, epidemiologiyasi, laborator diagnostikasi, davolash, oldini olish usullari haqidagi bilimlarga ega bo`lish.


Modul bo‘yicha talabalarning bilim ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:
Talaba: mikrobiologiya modulini zamonaviy usullari va vazifalari, farmatsevtikadagi ahamiyati, yuqumli kasallik qo`zg`atuvchi pathogen mikroorganizmlar tog`risida tasavvurga ega bo`lishi;
- mikrobiologiya sohasida to`plangan bilimlar farmatsevtika instituti talabalari uchun samarali va sifatli dori tayyorlashda va dori moddalarini infeksiyalarga qarshi ta`sir mexanizmini tushunishga yordam berishini bilishi va ulardan foydalana olishilozim:

  • surtma preparatlarini tayyorlash.

  • surtmalarni bo‘yash usullarini bilish.

  • mikroorganizmlarni morfologiyasini o‘rganish uchun mikroskopiyausullarini qo‘llay olish.

  • antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali suyultirish, disk usullarida aniqlay olish.

  • sof kulturalarni ajratib olish usullarini;

  • mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya qilish.

  • yuqumli kasalliklarni oldini olishda, davolashda qo‘llaniladigan vaksinalar, anatoksinlar, immun zardob va biopreparatlarni olish texnologiyasi ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak.


Yüklə 83,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin