2.Asosiy qism Moduldagi ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari va mazmuni, tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar: Ushbu o‘quv modul dasturi bo‘yicha talabalarni amaliy mashg‘ulotlarini, ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda internet materiallari bilan ishlashni, standart va malaka talablariga mos ravishda taqdimot, turli xil mashqli o‘yinlar bilan bajarishni o‘z ichiga oladi. 1- mavzu. Tibbiyot mikrobiologiyasi haqida tushuncha va rivojlanish tarixi. Umumiy bakteriologiya: bakteriyalar tasnifi,morfologiyasi va tuzilishi. Mikroorganizmlar dunyosi va ularni odam hayotidagi o‘rni. Mikrobiologiya - mikroorganizmlar haqidagi fan. Mikrobiologiyaning – immunologiya, virusologiya, epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Mikrobiologiyaning rivojlanish tarixi - empirik, morfologik va fiziologik davrlar. Mikrobiologiyaning rivojlanishining zamonaviy davri. Dunyoning har xil mamlakatlari olimlarining, shuningdek bizning mamlakatimiz olimlarining mikrobiologiya rivojlanishiga qo‘shgan xissasi.
Bakteriyalarni tasnifi va morfologiyasi, ularning shakllari. Bakteriya hujayrasining tuzilishi. Mikroskopik zamburug‘larning tuzilishi va tasnifi. Sodda xayvonlarning tuzilishi va tasnifi. Viruslarning tuzilishi va tasnifi.
2-Mavzu. Bakteriyalarning fiziologiyasi: nafas olishi, oziqlanishi, o`sishi, ko`payishi. Oziq muhitlari,ularning tasnifi. Bakteriyalarni oziqlanishi, nafas olishi, o‘sishi va ko‘payishi mexanizmlari. Bakteriya xujayrasidan xayot faoliyatida xosil bo‘luvchi mahsulotlar sekresiyasi. Oziqalanish va nafas olish usullari. Fermentlar. Moddalar almashinuvi. Bakteriyalarni kislorodga munosabati.
Bakteriyalarni o‘stirish va ko‘paytirish usullari. Bakteriyalarni o‘stirish sharoitlari. Mikroskopik zamburug‘larning va sodda xayvonlarning fiziologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. Oziq muhitlari va ularning tasnifi.