Mikrobiologiya


-Mavzu. Yuqumli ichak kasalliklari (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm



Yüklə 83,71 Kb.
səhifə6/16
tarix10.07.2023
ölçüsü83,71 Kb.
#136231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Микробиология фан дастури ФТТИ лотин

10-Mavzu. Yuqumli ichak kasalliklari (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm
Enterobacteriaceae oilasi, ularning umumiy tavsifi. Escherichia, Klebsiella, Shigella, Salmonella urug‘i. Ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarining taksonomiyasi.
Esherixioz, dizenteriya, qorin tifi va paratiflar, salmonellez qo‘zg‘atuvchilari. Proteus urug‘i, oziq muhitlarda o‘sishining o‘ziga xos xususiyatlari. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi, morfologik, tinktorial va kultural xususiyatlari, mikrobiologik diagnostikasi.


11-Mavzu. Havo-tomchi yo’li orqali yuquvchi infeksiya (korinebakteriya, mikobakteriya)
Korinebakteriyalar (Corynebacterium urug‘i), difteriya qo‘zg‘atuvchisi (C.diphtheriae), korineform bakteriyalar. Mycobacteriaceae oilasi. Sil kasalligining (M.tuberculosis va boshqalar), lepra (M.leprae), mikobakterioz qo‘zg‘atuvchilari, morfologik, tinktorial va kultural xususiyatlari, mikrobiologik diagnostikasi.


12-Mavzu. Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz qo’zg’atuvchilari). Zamburug’lar keltirib chiqaradigan infeksiya (dermatomikozlar, kandidozlar)
Xivchinlilar. Leyshmaniyalar (Leischmania urug‘i). Tripanosomalar (Tripanosoma urug‘i). Lyambliyalar, yoki giardiyalar (Lamblia yoki Giardia urug‘i). Trixomonadalar (Trichomonas urug‘i). Bezgak plazmodiyalari (Plasmodium urug‘i).
Mikroskopik zamburug‘larni o‘stirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Mikologik tadqiqotlar asoslari, odam mikozlari laborator tashxislashning o‘ziga xos xususiyatlari. Yuza, teri osti, chuqur va opportunistik mikozlar qo‘zg‘atuvchilarining umumiy tavsifi. Mikotoksikozlar.


13-Mavzu. Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena qo’zg’atuvchilari va ularning biologik xususiyatlari.
Clostridium urug‘i. Qoqshol (C.tetani), gazli gangrena (C.perfringens, C.novyi, C.histolyticum, C.septicum, C.sporogenes, C.sordellii, C.fallax, C.bifermentans) klostridiyalari, morfologik, tinktorial va kultural xususiyatlari, mikrobiologik diagnostikasi.
Qoqshol, gazli gangrena qo’zg’atuvchilarining rezistentligi, virulentlik omillari, patogenezi, klinikasi, epidemiologiyasi, diagnostikasi, profilaktika va davolash usullari.



Yüklə 83,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin