Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi. Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun bir birlik mahsulot xarajatlari bozor narxiga teng bo`lsa, boshqa ishlab chiqaruvchi uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir. Demak, ishlab chiqaruvchilar ushbu tovarni sotishdan foyda, ya′ni ortiqcha manfaat oladilar. Har bir tovar uchun ushbu ortiqcha manfaat tovarning bozor narxi bilan uni ishlab chiqarishdagi chekli xarajati o`rtasidagi farqga
teng bo`lib, uni ishlab chiqaruvchi oladi. Bu farq bir birlik mahsulotdan oladigan foyda bilan ishlab chiqarishdagi rentani qo`shilganiga teng.
Umuman ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan olinadigan foydalarning umumiy yig`indisidir. Bozor uchun umumiy ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi taklif chizig`idan tortib to bozor narxi chizig`igacha bo`lgan oraliqdagi yuzaga teng (19.3- rasm).
P
S
E
Ishlab Pe chiqaruvchi
ortiqchaligi
D
Q
19.3-rasm. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri
Rasmdagi shtirxlangan uchburchak iste′molchi ortiqchaligini ifodalaydi. Iste′molchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchilarning umumiy sof foydasini o`lchashga yordam berishini e`tiborga olsak, biz bu ko`satkich yordamida davlatning bozorga aralashuvidan olinadigan qo`shimcha foyda yoki zararni iste′molchi ortiqchaligining natijaviy o`zgarishni o`lchash yordamida aniqlashimiz mumkin.
Iste′molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish
Iste′molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi yordamida davlatning iqtisodiy siyosatini baholash mumkin. Biz oldingi boblarning birida narxlarni davlat tomonidan nazorat qilinishi, ya′ni davlat tomonidan o`rnatiladigan maksimal va minimal narxlar va bu siyosatning iqtisodiy oqibatlari to`g`risida gapirgan edik.
Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx Pmax
o`rnatildi deylik, ya′ni
Pmax
Pe
( Pe
muozanat narx) (19.4-rasm).
P
Dostları ilə paylaş: |