Iste′molchi ortiqchaligi - iste′molchi tomonidan tovarga to`lashi mumkin bo`lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o`rtasidagi farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, iste′molchining tovar uchun berishi mumkin bo`lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda to`lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng.
Iste′molchi ortiqchaligi (qo`shimcha naf) alohida insonning qanchalik o`rtacha yaxshi yashayotganligini ko`rsatadi.
Iste′molchining umumiy ortiqchaligi bu talab chizig`i bilan bozor narxi chizig`i o`rtasida joylashgan soha (19.1-rasmda shtrixlangan soha).
P
Pe
Qe Q
19.1-rasm. Iste′molchi ortiqchaligi
Iste′molchi ortiqchaligi barcha iste′molchilarning umumiy sof nafini o`lchashga yordam beradi va u yordamida biz bozorni davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi samaradorligini, iste′molchi ortiqchaligini umumiy natijasining o`zgarishini o`lchash asosida aniqlashimiz mumkin.
Misol. Faraz qilaylik bir dona apelsinning bozor narxi 500 so`m deylik, lekin iste′molchi ushbu bir dona apelsin uchun 1000 so`m berishga tayyor, ya′ni apelsinning iste′molchi uchun qiymati 1000 so`mga teng.
Iste′molchi ushbu bir dona apelsinni bozor narxida, ya′ni 500 so`mga oladi va u iqtisod qilgan 1000-500 so`m iste′molchi ortiqchaligini bildiradi, iste′molchi qo`shimcha 500 so`mlik naf oladi (19.2-rasm).
P 10
9
8
7
6
Pe=5
0 1 2 3
4 5 6 Q
19.2-rasm. Umumiy iste′molchi ortiqchaligini grafikda aniqlash
Iste′molchi ikkinchi apelsinni ham sotib oladi, nima uchun deganda, u ikkinchi apelsin uchun berishi mumkin bo`lgan maksimal narx 900 so`m, iste′molchi ortiqchaligi 400 so`mga teng. Xuddi shunday davom etsak 4- apelsin uchun iste′molchi ortiqchaligi 1 so`mga teng, beshinchi apelsinni sotib olishga iste′molchi befarq qaraydi, nima uchun deganda u iste′molchining umumiy ortiqchaligini oshirmaydi. Shunday qilib, iste′molchining iste′molchi oriqchaligi 500+400+300+200+100=1500 so`mga teng. Iste′molchining sarfi 2500 ga teng.
Dostları ilə paylaş: |