Oziqa moddalarning mikroorganizm hujayrasiga o`tishi
Suvda erigan oziqa moddalari bakteriya hujayrasiga har xil usullar yordamida kiradi. Hujayraga ularning o`tishida hujayra devori barerlik vazifasini bajarsa, tsitoplazmatik membrana aktiv tanlovchi rolini uynaydi. Moddalar hujayraga passiv diffo`ziya
orqali, kontsentratsiyalar farqi (noelektrik moddalar bo`lsa) yoki elektr potentsiallari farqi buyicha (tsitoplazmatik membrananing ikki tomonida elektr potentsiallar farqi) mavjud bo`lsa o`tadi. Moddalar transporti osonlashgan diffo`ziya orqali,
kontsentratsiyalar farqi mavjud sharoitda energiya sarflanmay ham yuz berishi mumkin, Yana ikkinchi tipi aktiv transport, moddalar hujayra ichiga kontsentratsiya gradientga qarshi yunalishda ham kiradi. Unga ATF sarflanadi. Bu mexanizm moddalarning muhitdagi kontsentratsiyam kam bo`lganda ishlatiladi. Bakteriya hujayrasida permeaza molekulalari bo`lib, ular
hujayraga moddalarni olib kirishda xizmat qiladi. Birgina esherixiya koli tayoqchasida 8000 tacha permeaza mavjud.
Kant moddalarining hujayraga o`tishida, avvalo ular hujayra tashqarisida ferment yordamida fosforlanadi, so`ngra tsitoplazmaga o`tadi.
Dostları ilə paylaş: |