Fermentlar to`zilishiga qarab, ikki xil bo`ladi:
Oddiy fermentlar. Ular faqat oksildangina iborat bo`ladi, Masalan, gidrolazalar.
Murakkab fermentlar. Masalan, oksidlanish — kaytarish reaktsiyalarini olib boruvchi, kimyoviy guruhlarni kuchiruvchi
fermentlar. Ular ikki qism dan iborat bo`ladi: apoferment qismi, (oqsil qismi) va ferment aktivligini belgilaydigan kofaktor qismi. Bu qism lar ayrim-ayrim holatda aktivlikga ega emas. Ularga NAD (nikotinamid dinukleotid), NADF (nikotinamid dinukleotid fosfat) larni misol qilish mumkin. Ba`zi kofermentlar oqsil bilan ancha mustahkam bog`langan bo`ladi va ular fermentlarning prosintetik guruhi deyiladi. Ko`p fermentlarning kofermentlari V guruhiga kiruvchi vitaminlardan tashkil topgan.
Metabolizmda katnashuvchi fermentlarning hujayra ichida bo`lganliklari uchun endofermentlar deyiladi. Ba`zi fermentlar esa mikroorganizmlar tomonidan hujayra tashqarisiga ajratiladi, ularga hujayra — tashqarisi fermentlari yoki ekzofermentlar deyiladi. Odatda, hujayra tashqarisiga katta molekulalarni parchalovchi gidrolazalar ajraladi. Parchalangan moddalar hujayra tomonidan o`zlashtiriladi va oziqa modda sifatida ishlatiladi. Mikroorganizmlar tomonidan ajratilgan fermentlar uglevodlar, moylar va boshqalarni parchalaydi va tabiatda modda almashinishida katta rol uynaydi.
Mikroorganizmlar eiergiyani makroergik bog`lar xolida zahiralaydi. Gidroliz vaqtida makroergik bog`lardagi energiya ajraladi va biosintetik reaktsnyalarida ishlatiladi. Makroergik bog`lar ATF, ADF, TsTF, UGF, GTF, kreatinfosfat, atsetilfosfatlarda tuplanadi. Oxirgi fosfat guruhni ajralishidan 3,4 104 - 5,0 104 Dj energiya ajraladi (Oddiy kimyoviy bog` o`zilganda esa 1,3 104 Dj, demak, 3 marta kam energiya ajraladi).
Energetik modda almashinish jarayoni yoki mikroorganizmlarni nafas olishi. Nafas olish juda murakkab jarayonidir. Bu jarayon natijasida energiya hosil bo`ladi va makroergik bog`larda yigiladi va hosil bo`lgan biosintetik ishlarga sarflanadn.
Dostları ilə paylaş: |