Mikroskop va lupa qurilmalarining ichki tuzilishi va ishlash prinsipi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/6
tarix06.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#108688
1   2   3   4   5   6
Mikroskop va lupa qurilmalarining ichki tuzilishi va ishlash pri

II.ASOSIY QISM
1.Mikroskop tuzilishi.Mikroskop so`zining kelib chiqishi yunonchadir:bu so`zning birinchi qismi “kichik”,”mitti” ma`nosini anglatsa ikkinchi qismi-“kuzatuvchi” ma`nosini beradi.Mikroskopni sharqda “zarrabin”dyishgan.Zarrabin-ko`z ilg`amas juda kichik mayda narsalarni tekshirish uchun moslashgan asbob.Mikroskop –mikrozarralarni ko`zga ko`rinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib ko`rsatadigan optic asbob.Birinchi Mikroskopni 1609-1610 yillarda G.Galiley ixtiro qilgan,murakkab mikroskopning hisobini 1872 yilda E.Abbe qilgan. Mikroskopdan obektiv sifatida bir-biriga yopishtirilgan sferik linza va koma (tasvir buzilishi)ga to`girlangan axromatik linzalardan foydalaniladi.Mikroskopda ko`p linzali obektiv emas,balki ikki linza orasiga maxsus tiniq suyuqlik quyilgan emmirsion obyektiv ishlatiladi.Emmirsion obektivda nur sochilishi kamayadi.Ultrabinafsha,infraqizil spektr sohasida ishlatiladigan preparatlar o`zidan yorug`likchiqarmaydi,shu sababli uni yoritish lozim.Obyektni yoritishning turli usullari mavjud.Uning yoriilishiga qarab tasvir konstantalari(aniqligi) ortadi.
Ishlatish sohasiga qarab lyuminessent,ultrabinafsha,qutblovchi,interferension mikroskoplar;tekshirish obyektiga qarab,biologic,elektron,metallografik mikroskop va boshqa bo`ladi.Lyuminessent mikroskop boshqa mikroskoplardan ikkita (kondensor oldida va obyektivdab keyin qo`yiladigan)yorug`lik filtri mavjudligi bilan farqlanadi.Bulardan tashqari maxsus mikroskoplar xam mavjud,tez va sekin utadigan jaroyonlarni kinolentaga tushiradigan mikroskop,jarroxlik mikroskopi,oziq-ovqattekshiradigan va h.k.Fotografiyada,tibbiyot,biologiya,fizika va kimyo sohalarida mikroskop ko`p ishlatiladi.Biologik mikroskop o`simlik anatomiyasini o`rganishda eng zarur asbob hisoblanadi.
Hozirgi mikroskoplar obeyktlarni bir necha yuz va ming martagacha kattalashtirib ko`rsatadi.Mikraskopning optic qismi eng muhim qismlaridan bo`lib u ko`rish trubkasi (tubus)dan iborat.Bu trubkaning yuqori qismida okulyar,tagida obektiv joylashgan.
Shtativ.Mikroskopning shtativi to`g`ri yoki egri kolonkadan iborat bo`lib,uni orqa tomonga qariyib qo`yish mumkin.Shtativda revolver,kremalera,mikrovint,
makrovint,stolcha,diafragma,dasta va oyna bo`ladi.
Obektiv.Mikroskopning buyumni kattalashtirib qilib ko`rsatadigan 4 asosiy qismlaridanbiri obektivdir.Obektiv odatda 2-4 ta bo`ladi.Obektiv buyumlarni kattalashtirib va teskari (bosh-oyoq)qilib okulyarga tushiradi.
Okulyar.Obektiv tushirgan buyum aksini okulyar yanada kattalashtiradi.Okulyar ikkita:yig`ish va ko`rish linzalaridan iborat.Ko`rish linzasi kichik bo`lsaokulyar buyumni shuncha katta qilib ko`rsatadi.Mikroskopdagi 3ta okulyar va 3ta obektivni o`zaro to`g`irlash yo`li bilan obektlarni quyidagicha kattalashtirib ko`rish mumkin:
Okulyar Obektiv
3 7
8 10
8x 15x
15x 40x

Buyum stolchasi.Buyum stolchasi odatda yumaloq yoki kvadrat shaklida bo`lib,o`rtasi teshik bo`ladi.Bu teshikdan preparatga yorug`lik tushib turadi: stolchaning orqa sirtida teshikni katta –kichik qilib turadigan diafragma o`rnatilgan.Buyum stolchasi ostiga joylashgan oyna yorug`likni diafragma teshigiga to`g`irlaydi.Bu oynaning bir tomoni yassi ikkinchi tomoni botiq bo`ladi.Preparatga kuchsiz yorug`lik tushishi kerak bo`lsa oynaning yassi tomoni,yorug`likkuchli tushishi zarur bo`lsa botiq tomoni ishga solinadi.
Mikrovint.Mikroskop mikromitrik vintiniburash bilan ko`rish trubkasini yuqoriga ko`tarish yoki pastga tushirish obektiv bilan okulyar o`rtasidagi focus masofani to`g`irlab olish mumkin.

1-okulyar;2-tubus;3-shtativ qisqichlar(klemmalar);4-makrometrik vint(kremalyera);5-mikrometrik vint;6-mikroskop oyoqchasi;7-ko`zgu;8-kondensor va diafragma;9-buyum stolchasi;10-revolver vaobyektivlar;11-klemalar(qisqichlar).

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin