O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muommolari va ularni bartaraf etishdagi vazifalar
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat pastasi va xakozalar ulushi ancha kattadir.Respublikamiz rivojlangan mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar. Shvesiyada Toshkent shaxarlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jixozlarining bir qismi olindi. Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar olindi. Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda qatnashishiga zamin yaratadi.Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Respublikamizda 1991 yili Yaponiya (Chori firmasi), Xindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar sanoat maxsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazdilar. Bunday tadbirlarO‘zbekistoning xorijiy mamlakatla bilanaloqasinikengaytirmoqda.
Halqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonda keng imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonnig chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar halqlarning ma’naviy va ma’daniy boyliklarini rivojlantirishga munosib xissa bo‘lib qo‘shilmoqda.O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktabrda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va Bryusselda, Yevropa Ittifoqi xuzurida O‘ZR diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha bir necha marta muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazildi.
Bu bitim Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik maxsulotlari savdosi bo‘yicha bitim tuzilgan. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining “Ta’sis” texnikaviy ko‘maklashish dasturlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. O‘zbekiston eksportining asosiy maxsulotlari: paxta tolasi (1994 yilda paxta tolasi eksporti bo‘yicha jaxonda AQShdan keyingi 2-o‘rinni egalladi), mashinalar, ularga jihozlar va ehtiyot qismlar, rangli va qora metallar, mineral xom ashyo, o‘g‘it, pilla, paxta chiqindilari, o‘simlik moyi, ip gazlama.O‘zbekistonda 30dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi. Bo‘g‘doy, go‘sht va sutmahsulotlar, sut va sut mahsulotlari, sariyog‘, shakar, moyli o‘simliklar urug‘lari va mevalar, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmasevtika mahsulotlari, kiyim-kechak, trikotaj, charm, poyabzal, avtomobillar (yengil, yuk va maxsus ishlarga mo‘ljallangan), qora va rangli metallar hamda ulardan yasalgan mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar uskuna jihozlar importining asosiy bandlarini tashkil etadi.Mamlakat chetdan oladigan jami tovarlarning 18.2%dan ko‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi darajasiga qarab Respublikaning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojlari mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishining uzoq muddatli rejasi belgilangan.Respublika uchun xorijiy sarmoyadorlarni iqtisodiyotini barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb qilish, chet ellik tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish sohasida qisqa vaqtda foyda ko‘rib ishlashni ta’minlaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun investisiya fondini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni hammasi mustaqil davlatimizning tashqi bozoriga faol kirib borish, xorijiy sheriklar bilan hakorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon hamjamiyatiga integrasiyalanish imkoniyatlari yaratildi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomnidan boshqarilishi. O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab jahon tajribasini
hamda milliy iqtisodiyot rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o`z tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishini bildiradi. Mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`z oldiga qo`ygan vazifalari mavjud bo`lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga qaratilmog`i kerak. 90-yillar O`zbekiston iqtisodiy mustaqilligining dastlabki bosqichi hisoblanadi va davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o`ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar:
Eksportni rivojlantirish va uning tuzilishini yaxshilash. CHunki eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotini shakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik iqtisodiy jihatdan jahon darajasiga ko`taradi., uning tuzilishini takomillashtiradiYU, respublika valyuta zahiralarini ko`paytiradi;
Import tuzulishini takomillashtirish, ya`ni uni milliy ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish, sobiq ittifoq import siyosatida bo`lgan kamchilik, xatolarni bartaraf etish;
O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o`rnatish.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarini aniqlash. Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo`g`inida davlat tomonidan qo`llab- quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat:
eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan investitsiyalarni sug`urtalash;
eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilar ishlab chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash;
davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish;
eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish;
ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom ashyo va materiallar, asbob uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mutahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta`minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohatini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga etkazishni nazarda tutadi.
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo`nalishda olib borilmoqda: birinchidan, sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan; ikkinchidan, respublika ilgari bevosita o`zaro munosabatlarda bo`lmagan xorijiy davlatlar bilan.
Agar birinchi yo`nalish, O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xom ashyo, tayyor mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishini ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo`nalish, respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish imkonini beradi..
Milliy daromadning bir qismi,jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, korxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo‘jaliklari oladigan daromadning bir qismi,masalan, ijtimoiy to‘lovlar – ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur.
Shaxsiy daromaddan soliqlari to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib,alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir qismini iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi.
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi:
jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);
soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);
norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi;
yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.2
3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT)– bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizim keng qo‘llaniladi.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:
Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan
2 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish – barqaror o‘sishni ta’minlashning bosh yo‘li. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzalar tezislari. – T.: TDIU, 2018 yil 16 aprel.
qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv.
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub’ekti – uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin.
Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar– tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg‘arishga qiladigan sarflaridir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat:
tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o‘zgarishi.
Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq; qupilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi, o‘z-o‘zidan aniqki,yangi fabrika, ombopyokielevatop qupilishiinvestitsiyalar shakli hisoblanadi. YaIM tarkibiga tovar zahiralarning ko‘payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YaIM o‘z ichiga yil davomidagi zahiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini oladi.Zahiralarning bu o‘sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi sifatida qo‘shiladi.
Zahiralar kamayganda, bu kamayish YaIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko‘proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi.
Milliy hisoblar tizimidaYaIMni hisoblashda yalpi,xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. Yalpi investtitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uckuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Davlat sarflari– bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni,xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o‘z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu sababli YaIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIM tarkibidan chiqariladi. Eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo‘lsa salbiy bo‘ladi.
Xulosa
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham inkor etmaydi va ulardan avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya qiladi. Rejalashtirish va bashorat qilish menejmentning funktsiyalari bo’lib, u yoki bu vaqt oralig’ida biznes strategiyasini aniqlashga yo’naltiriladi. Bashorat qilish rejalashtirishga nisbatan ko’proq ehtimoliy xarakterga ega bo’ladi.
Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Ular rivojlanish istiqbollarini belgilashda bir-birini to’ldirib turadi.Bashorat rejalashtirishning dastlabki bosqichidir.
Milliy iqtisodiyot hufyona sektorining hodimlari bir qator yashirin faoliyat turlaridan oladigan o‘zlarining daromadlarini yashirishga harakat qiladi. Bundan tashqari ochiq iqtisodiyotda band bo‘lganlar ham o‘zlari oladigan daromadlarining bir qismini yashirib ko‘rsatish mumkin. Masalan, tadbirkor maxsulot sotishdan olgan daromadining bir qismini, ishchi rasmiylashtirishsiz yoki naxd pul to‘lashga kelishib oladigan daromadini deklarasiyada ko‘rsatmasligi mumkin. Inflyasiya darajasi qanchalik katta va soliqlar yuqori bo‘lsa, shaxslar qo‘lidagi real daromad shunchalik kamayadi, bu ularning naqd pul yoki natural tovar ayirboshlash orqali daromad olishga qiziqishini oshiradi. Xufyona iqtisodiyot miqiyosi haqida rasmiy ma`lumotlar bo‘lmasada, ko‘pchilik baxolashlar uning hajmi YaMMning 5-15% ni, ayrim mamlakatlarda 30-40% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari hufyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan tezroq o‘sib borishini tasdiqlashga dalillar ham bor. Nihoyat, axolining qancha qismi yashirin iqtisodiyot yoki faoliyatga jalb qilingan bo‘lsa, daromadning shuncha qismi soliq hujjatlaridan yashiriladi, bu ishsizlikka taalluqli rasmiy hisobot ma`lumotlarining oshirilib ko‘rsatilishiga olib keladi. Hufyona iqtisodiyot va yashirin faoliyat natijalari YaMMda hisobga olinmaydi va demak uning real hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari YaMM (YaIM)ga ta`sir ko‘rsatuvchi shunday omillar ham mavjudki ularning ta`siri natijasida ishlab chiqarish hajmining ko‘rayishi jamiyat
farovonligining oshishiga olib kelmasligi mumkin. Masalan, YaMM ishlab chiqarish va uning o‘sishi, atrof muhitga salbiy ta`sir ko‘rsatish bilan birga boradi. Bu havo va suvning ifloslanishi, shovqin, zararli chiqitlar hamda atrof muxit buzilishining boshqa turlaridir. O‘z-o‘zidan aniqki, atrof muxitning ifloslanishi bilan bog‘liq chiqimlar iqtisodiy farovonlikka salbiy ta`sir ko‘rsatadi. YaMMni ishlab chiqarish bilan bog‘liq atrof muxitning ifloslanishini bartaraf qilishga ketadigan chiqimlar hozirgi vaqtda yalpi ishlab chiqarish hajmidan chiqarilmaydi va shunday qilib YaMM moddiy faravonlik darajasini oshirib ko‘rsatadi. YaMM hajmi qanchalik katta bo‘lsa, atrof muxitning ifloslanishi va YaMM miqyosining oshirib ko‘rsatilishi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: birinchidan, nimani, qaerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun qanday va qancha resurs va quvvatlar kerak bo’ladi, uchinchidan xarajatlar qay darajada qoplanadi va foyda (daromad) hajmi qanday bo’ladi. Rejalashtirishda xato va kamchiliklar qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqilayotgan reja va bashoratlarning ishonchli va hayotiyligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Norma va normativlar rejalashtirishning muhim elementlari bo’lib, ular ishlab chiqarishning u yoki bu maqsadlariga sarflanuvchi resurslarning maksimal yoki minmial chegarasini belgilab beradi. Norma va normativlar progressiv bo’lishi va vaqti-vaqti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ko’rib chiqilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |