1. O’zbekiston Respublikasida bank auditini shakllanishining nazariy asoslari.
2. Bank auditini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari.
3. Tijorat banklarida ichki va tashqi audit tekshirishlarini tashkil etish tartibi.
4. Tijorat banklarida auditini tashkil etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy pirovard maqsadi - mamlakat iqtisodiyotida bozor munosabatlari tamoyillarini to’liq qaror toptirishdan iboratdir. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish yo’lida izchil islohotlar olib borilayotgan hozirgi bosqichda tijorat banklarining mamlakat iqtisodiyotidagi roli tobora oshib bormoqda.
Ma’lumki, 2017 yil 7 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi to’g’risidagi” PF-4947 sonli farmoni e’lon qilindi. Ushbu farmonda mamalakatimizni rivojlantirish bo’yicha beshta ustuvor yo’nalishlar belgilandi. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo’nalishida aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish, shu jumladan, bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko’rsatishiga yo’l qo’ymayotgan to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi. Shu o’rinda prezidentimizning “...tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy investitsiyalarni olib kirish bo’yicha ishlarning qanday ahvolda ekani to’g’risida shaxsan Prezidentga axborot noma kiritilishi ta’kidlab o’tilgan edi.
Ma’lumki, tijorat banklari faoliyatiga real baho berish va omonatchilar, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega bo’lishlarida ichki audit tekshirishlari muhim ahamiyatga egadir. Tijorat banklari faoliyatida ichki auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish muxim xisoblanadi. Tijorat banklarida ichki audit xizmatini tashkil qilish va uni amalga oshirish bo’yicha O’zbekiston Reslublikasi Markaziy bankining 2000 yil 25 noyabrdagi 405-sonli “Tijorat banklarining ichki auditiga qo’yilgan talablar to’g’risidagi” yo’riqnomasida ichki audit xizmati xodimlarining javobgarliklari belgilangan.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini aks ettiradigan ko`rsatkichlarning umumiy tizimida mahsulot tannarxi ko`rsatkichi asosiy o`rinni egallaydi. Chunki mahsulot tannarxini kamaytirish xo`jalik yurituvchi sub`ekt foydasining oshishiga, faoliyatni kengaytirish uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratilishiga olib keladi. Bu borada O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev o`z ma`ruzalarida quyidagilarni ta`kidlagan: “Birinchi – islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko`rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko`rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so`zsiz oshirish”1 .
Iqtisodiyotdagi globallashuv butun bir jamiyatga, shuningdek har bir jaroyonga o`z ta`sirini sezilarli darajada o`tkazib kelmoqda. Hozirgi paytdagi bu global muammolardan biri aholi ehtiyojlarining o`sishi va ta`minlash imkoniyatlarini yuzaga chiqarish vaholanki yangidan yangi ehtiyojlarni qoplash muammosi yuzaga kelib chiqmoqda. Buning o`rinda shunga e`tibor berish lozimki, ishlab chiqarish, yangilanish taraqqiyot talabi bo`lib qolmoqda. 2016-yil yakunlari hamda 2017-yil ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining yalpi majlisida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarishga alohida e`tibor berib, unga tanqidiy yondoshdilar. Jumladan, mamlakatimizda mavjud shart-sharoitdan hamda imkoniyatlardan foydalangan holda aholining farovon yashashi, turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiluvchi, xalq ehtiyojlarini va manfaatlarini qondiruvchi o`zimizning milliy mahsulotimizni ishlab chiqarish to`g`risida o`z mulohazalarini bildirib o`tdilar, shu bilan bir qator mavjud bo`lgan yuqori strategik maqsadda tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga tanqidiy yondashib, ularning kutilgan samara bermayotganini uqtirib o`tdilar.
E`tbor qaratadigan bo`lsak, ularning aksariyati ishlab chiqarish korxonalari hisoblanib, tanqid ko`proq ularning xarajatlari miqdori hamda shu xarajatlar ortidan kelayotgan foyda miqdoriga qaratildi.
Bunda shu ma`lum bo`ldiki korxonalar tomonidan sarflangan xarajatlarga nisbatan ancha past natija bilan chiqishmoqda. Natijaning bu holatga kelib qolmasligi uchun korxonalar o`z faoliyati va undan tashqaridagi xarajatlarni boshqarish va to`g`ri yo`naltirishga e`tiborini qaratishi lozim, buni esa boshqaruv hisobi o`rgatadi. Boshqaruv hisobining korxonada tashkil etilishi nafaqat xarajatlarning, balki bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan har bir jarayonni hisobga olib, menejerga to`g`ri qaror qabul qilishi uchun yetarli axborot bilan ta`minlab beradi. 2015-yil 22-yanvarda qabul qilingan “Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulot tannarxini pasaytirishga doir qo`shimcha tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida aynan boshqaruv hisobi nazarda tutilmagan bo`lsada, unda boshqaruv hisobining asosiy funksiyasi va maqsadi keltirib o`tilgan, ya`ni mahsulot tannarxini minimallashtirish nazarda tutilgan bo`lib, tannarxni 10 foizga tushirish to`g`risida takliflar ko`rib chiqilishi nazarda tutilgan.
Qarorga asosan sanoat korxonalari energiya resurslari iste`molini qisqartirishi va ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirishi, texnologik jarayonlarni hamda xom-ashyo resurslarini sarflash normalarini, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlarini axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish yo`li bilan ratsionalizatsiya qilish va boshqa shunga o`xshash xarajatlarni minimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko`zda tutilgan. Korxonada boshqaruv hisobi tashkil etish jarayonida rahbariyat ichki nazorat tizimini tashkil qilishga ham alohida e`tibor qaratib o`tishi lozim deb hisoblaymiz. Ichki nazorat tiziminining qay darajada tashkil etilishi va doimo nazoratda bo`lishi korxona faoliyatidagi salbiy og’ishishlarni oldini olib korxona ertangi mavqeini mustahkamlab boradi, chunki mahsulotni ishlab chiqarish qanchalik mukammal ishlab chiqilsa, uning ertasi shunchalik mustahkam bo`ladi, bu esa o`z-o`zidan sof raqobat sharoitida mahsulot raqobatbardoshligini oshirib qolmasdan, balki uning uzoq davr yashashini ta`minlab ham beradi.
Qancha mahsulot tannarxiga ketadigan ishlab chiqarish xarajatlari haqida tashqi shaxslar kam ma`lumotga ega bo`lsa, shuncha korxona o`z o`rnini uzoq vaqt saqlab tura oladi. Korxonaning qay darajada yuqori daromad olishi, unda boshqaruv hisobi hamda ichki nazoratning qay darajada tashkil etilganligiga bog`liq desak mubolag`a bo`lmaydi. Bundan tashqari korxonada boshqaruv hisobiga oid vazifalarni moddiy javobgar shaxslarga qay darajada taqsimlanganligi ham ichki nazorat tizimining asosiy qismini tashkil qiladi. Bunga ham katta e`tibor qaratish lozim.
Qancha ko`p kishiga vazifa bo`lib berilsa, buning samarasi shuncha yaxshi bo`ladi, ham ishning tez va aniq bajarilishi uchun xizmat va albatta, kamomad va yo`qotishlarning kamayishiga olib keladi. Vazifa bir kishiga yuklanishi korxonada o`g`irliklar, yo`qolishlarning oshib ketishiga sabab bo`ladi. Bunday hollarda nazorat yo`qoladi. Bunga sabab o`zo`zidan ma`lumki korxonada boshqaruv hisobi mukammal darajada tashkil etilmaganligidadir. Bundan shunday xulosa qilinadiki, korxonaning keyingi taraqqiyotini o`ylagan har qanday rahbar korxonaning ishlash mexanizmini to`g`ri tashkillashtira oladi. Hozirda ko`pgina mavjud korxonalar faqatgina biznes rejaning taxminiy ma`lumotlariga asoslangan holatda o`z ishlarini olib borishmoqda, bu esa o`z o`rnida ko`zlangan natijani bermayapti.
E`tibor qaratadigan bo`lsak, oxirgi vaqtlarda korxonalarni bankrotga uchrashi ham shuning natijasida desak mubolag`a bo`lmaydi. 2015-yildan beri 1-prezidentimizning qarorlariga asosan iqtisodiy nochor korxonalarni sog`lomlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu ustuvor vazifa tijorat banklari zimmasiga yuklangan bo`lib, ular tomonidan bankrotlikka yuz tutayotgan korxonalarni moliyaviy ta`minlab berish chora-tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Xususan 1400 ta korxonaga chet el investitsiyalarini kiritish orqali ularni bankrotlik holatidan olib chiqish ko`zda tutilgan. Bundan o`z-o`zidan ma`lum bo`ladiki, bora-bora boshqaruv hisobini yuritilishiga talab oshib boradi.
Boshqaruv hisobining yurutilishi kelgusi davrdagi ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun kerakli bo`ladigan aniq, asosli ma`lumotlarni yetkazib beradi. Bu esa pul mablag`larini noto`g`ri yo`naltirilishini, tovar moddiy zahiralarining turib qolishini oldini oladi.
Ichki auditning asosiy maqsadlari va vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
ichki audit tekshiruvi natijalari asosida bankning real holati va ichki nazorat samaradorligining aniq holati to’g’risidagi ishonchli va mustaqil axborot bilan Bank Kengashini ta’minlash;
ichki audit tizimini va ichki audit tekshiruv jarayonlarining samaradorligini baholash va tahlil qilish;
bank faoliyati oldiga qo’yilgan maqsadga erishishda ma’muriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini kuzatish;
tavakkalchilikni boshqarish jarayonini qo’llanilishini va tavakkalchilikni baholash metodologiyasining samaradorligini kuzatish;
moliyaviy axborot tizimini, shuningdek elektron axborot tizimi va elektron bank xizmatini kuzatish;
buxgalterlik hisoboti va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini kuzatish;
bank kapitalining tavakkalchiligini baholash tizimini kuzatish;
bank faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish;
Bank kengashi talablariga binoan maxsus tekshirishlarni o’tkazish yoki o’tkazishga amaliy yordam berish;
Audit xizmati tekshiruvlari jarayonida aniqlangan qonunbuzarlik holatlari to’g’risida bank Kengashiga axborot berish.
Bankda amalga oshirilayotgan operatsiyalarni balansda to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash, buxgalteriya xisobini to’g’ri yo’lga qo’yishda ichki audit xizmatining roli muximdir. Shuning uchun ham dissertatsion ishimizning mavzusi dolzarb mavzu bo’lib hisoblanadi.