Mavzu: bank auditi turlari reja: kirish



Yüklə 76,03 Kb.
səhifə4/7
tarix09.01.2023
ölçüsü76,03 Kb.
#78776
1   2   3   4   5   6   7
BANK AUDITI TURLARI

Huquqiy-me’yoriy hujjatlar va normalar

Maqsadlari

Asoslari

Auditorlik faoliyati to’g’risidagi Qonun

Moliyaviy iqtisodiyot tizimida auditning ahamiyati va vazifalarini belgilab beradi

1992 yilda qabul qilingan va 2000 yil 26 mayda yangi tahriri qabul qilingan

Qonuniy va me’yoriy hujjatlar

Auditorlik faoliyatini tartibga solish uchun xizmat qiladi

Auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan litsenziya berish va sertifikatsiyalash bo’yicha umumiy me’yoriy hujjatlar qabul
qilingan

Auditorlik faoliyati andozalari

Auditorlik firmalari tomonidan rioya qilinishi lozim bo’lgan talablarni belgilaydi

Xalqaro auditorlik andozalari asosida auditning milliy standartlari ishlab chiqilgan

Maxsus auditorlik faoliyati bo’yicha andozalari, vazirliklar va tashkilotlar
ichki me’yoriy hujjatlari

Auditorlik faoliyatining yo’nalishlari bo’yicha maxsus qoidalarni belgilaydi

Markaziy bank tomonidan banklarda audit tekshiruvlarini o’tkazish uchun maxsus qoidalar
belgilangan

Ichki audit andozalari

Tashkilot va korxonalarda, banklarda ichki audit mexanizmini belgilaydi

Markaziy bank tomonidan banklarning ichki audit xizmati uchun qoidalar ishlab chiqilgan

To’rtinchi pog’ona - vazirliklar va idoralar, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining auditorlik faoliyatini tashkil etish hamda muayyan sohalar bo’yicha soliqqa tortish, moliya, buxgalteriya hisobi, xo’jalik hisobining alohida masalalari bo’yicha audit o’tkazish qoidalarini o’rnatuvchi me’yoriy xujjatlardan tashkil topgan.


Auditorlik faoliyatining beshinchi pog’onasi o’z ichiga ichki audit andozalarini qamrab olgan.
O’zbekistonda audit 1991 yilda tashkil topa boshladi. Ushbu davrda auditorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Asosiy me’yoriy hujjatlar quyidagilardan iborat:

      1. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, dastlab 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan va yangi tahrirda 2000 yil 26 mayda qabul qilingan.

      2. «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-sonli qarori.

      3. «Auditor malaka sertifikatini berish to’g’risida»gi nizom O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 13 oktyabrda 977-son bilan ro’yxatga olingan.

      4. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari.

      5. O’zbekiston Auditorlarining kasbga oid ahloq kodeksi O’zbekiston Auditorlar palatasining 2005 yil 25 iyun 3-son, O’zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2005 yil 4-son qarorlari bilan tasdiqlangan.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil apreldagi PQ- 615-sonli «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 iyuldagi PQ-907-sonli «Auditorlik tashkilotlari moliyaviy barqarorligini yanada oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi» Qarorining ilovasiga asosan o’zgartirishlar kiritilgan) Qaroriga muvofiq, ya’ni 2009 yil

  1. avgustgacha barcha litsinziya olgan va yangidan tashkil etiladigan auditorlik tashkilotlari jami Ustav kapitalining 51 foizi auditorlarga tegishli bo’lishi hamda uning 49 foizi pul ko’rinishda qo’yilishini ta’minlashlari shart. Tijorat banklarida tashqi audit tekshiruvini o’tkazish huquqiga Markaziy bank litsenziyasiga ega bo’lgan uchinchi guruh auditorlik tashkilolari ega bo’ladi.

Auditorlik tekshiruvi natijalari ko’pchilik iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun asos bo’lganligi sababli barcha davlatlarda audit etarli darajada qat’iy tartibga solinadi. Ularning ayrimlarida masalan, Frantsiyada auditning me’yorlari, me’yoriy hujjatlari, auditorlar va auditorlik firmalarini ro’yxatga olish va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish yo’li bilan davlat ushbu jarayonga aralashadi. Boshqa davlatlarda (AQSh, Angliya) ushbu jarayon kasbiy ijtimoiy auditorlik tashkilotlar tomonidan tartibga solinadi.
Mamlakatimizda shakllangan va rivojlanayotgan auditorlik faoliyatini huquqiy- me’yoriy tartibga solish tizimini uchta pog’onaga bo’lish mumkin. Ushbu tizimning birinchi (yuqori) pog’onasida O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni (yangi tahriri) turadi.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan Prezident Farmonlari va hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog’onasiga kiritish mumkin.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog’onasi - Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) - bu barcha auditorlik tashkilotlari o’zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo’lgan yagona tartibga solib turuvchi me’yoriy hujjatlardir. Standartlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya vazirligida ro’yxatga olinadi. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari (AXS (International Standards of auditing - ISAS) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xo’jalik faoliyatining barcha sub’ektlarida bir xil qo’llaniladi. Hozirgi kungacha 20 ta AFMS ishlab chiqilgan va Adliya vazirligida ro’yxatga olingan.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini xalqaro standartlar talablari darajasiga etkazish uchun shakl va mazmun jihatidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat: ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo’lishi ta’minlanadi; auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam beradi; muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi.
2002 yil 13 dekabrida «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunning 6- moddasiga kiritilgan qo’shimchaga muvofiq, «auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvining shakllari va usullarini mustaqil belgilaydi». Demak, auditorlik tashkiloti o’zining ichki ish standartlarini shakllantirishi va buyruq bilan tasdiqlashi zarur. Ichki ish standartlarida tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning tarmoq, texnologik va boshqa xususiyatlari aks ettirilishi kerak. Ammo, ularning qoidalari xalqaro va milliy standartlar qoidalaridan chetga chiqmasligi lozim. Ichki ish standartlarini auditorlik faoliyati huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining uchinchi pog’onasiga kiritish mumkin.
Demak, uchinchi pog’ona — xalqaro va milliy standartlarni tadbiq qilish uchun zarur hujjatlar to’plami. Ya’ni auditorlik tashkilotining ichki ish standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlarni qo’llash va ular asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari ham muhim o’rin tutadi. Jumladan:

    1. O’zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (O’zBAMA) - buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki professional tamoyillari bo’yicha birlashtiradi.

Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi.

    1. O’zbekiston Auditorlar palatasi (O’zAP) - malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar palatasining asosiy maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga yordam ko’rsatish, o’z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, hamda kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha aloqa o’rnatishdan iborat.

O’zbekiston Respubikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunini amalga oshirish, auditorlik tekshiruvlarning roli va maqomini oshirish, soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan auditorlik xulosalarini hisobga olishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» 2000 yil 22 sentyabrda 365-sonli qaror qabul qildi. Ushbu qarorni amalga tadbiq etish uchun «Auditorlik xulosalarini soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to’g’risida» Nizom (qarorga 1-ilova) tasdiqlangan.
Mazkur Nizom auditorlik xulosalarini moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiruvchi (taftish qiluvchi) soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibini belgilaydi. Nizomda, «Mavjud auditorlik xulosalarini umumlashtirish natijalari bo’yicha yig’ma axborot soliq organlari tomonidan belgilangan tartibda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarini nazorat organlari tomonidan tekshirishning kelgusidagi reja- jadvalini tuzish uchun nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashiga joriy yilning 1 oktyabrigacha taqdim etiladi. Salbiy auditorlik xulosasiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirish reja jadvaliga belgilangan tartibda kiritilishi kerak.
Mazkur Nizom qoidalarining buzilishi uchun soliq organlari va boshqa nazorat organlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. Soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda o’tkazilgan tekshirishda auditorlik xulosasining xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyatining natijalariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, ushbu auditorlik xulosasi oldindan noto’g’ri deb hisoblanadi, auditorlik tashkiloti, shuningdek bunda aybdor bo’lgan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Bunda soliq organlari va tegishli auditorlik tashkilotlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganligi to’g’risida o’n kun muddatda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilishlari shart.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-sonli qarori talablarini bajarish maqsadida «Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risida» Nizom tasdiqlangan.
Mazkur Nizom «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektdan jarima undirishning yagona tartibini belgilab beradi. Birinchi bob bo’yicha xulosa qiladigan bo’lsak, Respublikamizda bank auditini amalga oshirishning me’yoriy-huquqiy bazasi shakllantirilgan. Respublikamiz hukumati tomonidan bank auditini o’tkazishni yanada rivojlantirish borasida va uni jahon andozalari talablariga mos ravishda o’tkazish borasida ishlar olib borilmoqda.



Yüklə 76,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin