Mavzu: bank auditi turlari reja: kirish


Tijorat banklarida ichki va tashqi audit tekshirishlarini tashkil etish tartibi



Yüklə 76,03 Kb.
səhifə5/7
tarix09.01.2023
ölçüsü76,03 Kb.
#78776
1   2   3   4   5   6   7
BANK AUDITI TURLARI

3. Tijorat banklarida ichki va tashqi audit tekshirishlarini tashkil etish tartibi.
Bank tizimidagi islohotlarning chuqurlashuvi moliyaviy resurslarni oqilona boshqarish usullari va vositalaridan kengroq foydalanish, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirishda esa bevosita va bilvosita nazorat vositalarini keng qo’llashni toqoza etadi. Shu bois Markaziy bank tijorat banklari va ularning filiallari moliyaviy-xo’jalik faoliyatini vaqti-vaqti bilan muntazam nazorat qilib turishga katta e’tibor qaratmoqda. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, tijorat banklari barqarorligini saqlashda tashqi va ichki audit katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy bankning ichki va tashqi auditni kuchaytirishga nisbatan qo’yayotgan qat’iy talablari nazorat organlari va moliya-kredit muassasalarining o’z zimmalariga yuklanayotgan vazifalarni sifatli va o’z vaqtida bajarishiga sharoit yaratmoqda.
Ichki va tashqi auditdan kutilgan asosiy maqsad ilgariroq ta’kidlaganidek, ko’p jihatdan o’xshash bo’lib, nazorat qilib borishdan iborat. Biroq ular o’rtasida muayyan farqlar ham borki, bu auditor xarakteriga bog’liq. Tashqi audit hisobot tizimini baholash, bankning aktiv va passivlarini baholash va tekshirish, mavjud ichki nazorat tizimini testdan o’tkazishdan iborat. Tashqi audit tekshirilayotgan bankning taqdim etgan hisoboti va balanslari haqiqatga to’g’ri keladimi yoki yo’qmi, uning moliyaviy ahvoli va muayyan davrdagi faoliyati natijalarini baholashdan iborat. Chetdan taklif etilgan, mustaqil auditorlik firmalari tomonidan tayyorlangan xulosalar yuqori tashkilotlarga, aktsiyadorlar, kreditorlar va hokazolarga mo’ljallanadi va undan ichki auditorlar ham foydalanadi.
Ichki audit tashqi auditga nisbatan belgilanishi va tashkil etilishiga qarab, boshqacha xarakterga, mazmunga ega bo’ladi. Ichki audit bank doirasida mustaqil bo’linma sifatida bank faoliyatining har kungi faoliyatini tekshiruvdan o’tkazib boradi. Umum tomonidan qabul qilingan qoidalarga ko’ra, ichki audit bankning o’z majburiyatlarini samarali bajarishga xizmat qiladi, ya’ni birinchi navbatda muammolarning endigina vujudga kelayotgan davrida aniqlashga yo’naltirilgan bo’ladi. Ichki audit boshqaruv quroli, bank operatsiyalarini ichki kuchlar yordamida juda yaqindan kuzatish imkoniyati bo’lib, boshqaruv maqsadiga erishish kafolatidir. Buning uchun ichki audit xizmati boshqaruvni bajarilgan analiz natijalari haqidagi axborot bilan ta’minlab, bo’linmalar faoliyatini, har xil yo’riqlarni tahlil etib, ularga yuzaga chiqayotgan muammolarni bartaraf qilish bo’yicha tavsiyalar berib boradi. Ichki audit xizmati xodimlari tashqi auditorlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Ichki audit natijalari bank rahbarlari tomonidan amaldagi qonunlar doirasida mavjud resurslarni hisobga olgan holda joriy ishlarni boshqarishda foydalaniladi. Shu tariqa ichki audit tashkilotning o’z maqsadiga erishishi uchun xizmat qiladi. Bank faoliyatining ichki audit vazifalari yuqorida sanalganlardan farq qilmaydi, ammo bank faoliyatining xususiyatlari, bank mahsulotlari, buxgalteriya hisobi, ishni tashkil etish jarayoni, tavakkalchilik omillarining ko’pligi bilan o’zgacha xususiyatga egadir.Ichki audit jarayonida topshiriqlarning bajarilishi turli-tuman bo’lib, uning maqsadi va tashkilot faoliyati harakteriga bog’liqdir. Qo’yilgan vazifalarni har xil mezonlarga suyangan holda turli yo’llar, har xil teranlik va detallar bilan echish mumkin. Bunda standartlar katta o’rin tutadi.Davlat apparati rivojlangan mamlakatlarda audit muammolariga, jumladan, ichki auditga katta e’tibor beriladi. Shu o’rinda nazorat qilish yuqori institutlarining xalqaro tashkiloti The International Organization of Supreme Audit Institutions (INTOSA) bo’lib, unga AQSh, Angliya, Yaponiya kabi o’nlab mamlakatlar a’zodir. Xalqaro ichki auditorlar instituti The Institution of Internal Auditors, (IIA) ham mavjud. Bu yo’nalishda hukumatning maxsus tashkilotlari masalan, AQShda (General Accounting Offis) ish olib boradi. Bu kabi idoralarninng har birida audit standartlarini ishlab chiqadigan maxsus bo’linmalar mavjud. Bu standartlardan kutilgan maqsad ichki auditning ahamiyati va mas’uliyatini tushuntirish, ichki audit bo’yicha boshqaruv uchun asoslar yaratish va ishlarni me’yorlashtirish, ichki auditni o’tkazish tajribasini takomillashtirishdan iborat. Standartlarning asosiy printsiplariga mustaqillik va ob’ektivlik, professionallik, ish hajmi, auditorlik topshirig’ini bajarish, ichki audit bo’limini boshqarish kiradi. O’zbekistonda tijorat banklarida ichki auditga qo’yiladigan talablar Markaziy bankning 2000 yil 24 iyundagi “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to’g’risida”gi va 2000 yil 25 noyabrdagi “Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki auditiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi nizomlarida belgilab berilgan. Ana shu asosda har bir tijorat bankida mustaqil ichki audit xizmati tashkil etilgan va ular o’z faoliyatini Markaziy bank talablari darajasida tashkil etganlar.
Audit xizmatlari o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari, bankning ichki me’yoriy hujjatlari hamda o’z nizomlari asosida olib boradi.Audit xizmati, bugungi kunda, aytish mumkinki, tijorat banki va uning barcha filiallari va boshqa tarkibiy tuzilmalari faoliyatini auditdan o’tkazish orqali Bank kengashiga bank faoliyati istiqbollari va maqsadlariga erishishda haqiqiy ko’makchi bo’lmoqda. Audit xizmati mustaqil tarkibiy tuzilma bo’lgani bilan o’z faoliyatini bankning boshqa mustaqil boshqarmalari bilan hamkorlikda olib boradi. Audit xizmati bevosita Bank kengashi va uning auditorlik qo’mitasiga bo’ysunadi. Audit xizmatining tarkibiy tuzilishi va shtat birligini ham Bank Kengashi tasdiqlaydi.
Bosh auditor (audit xizmati rahbari) Bank kengashi qarori bilan tayinlanadi va o’z lavozimidan ozod etiladi. Audit xizmatining boshqa xodimlari Bank kengashi raisi tomonidan bosh auditor tavsiyasiga asosan tasdiqlanadi. Audit xizmati Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan harajatlar smetasiga ega bo’ladi. Harajatlar smetasi har yili bosh auditor tomonidan ishlab chiqiladi va Bank kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Faqat Bank kengashi audit xizmatining harajatlar smetasiga o’zgartirish kiritish mutloq huquqiga ega. Audit xizmati xodimlarining ish haqlari Bank kengashi tomonidan o’rnatiladi.
Ichki audit xizmatini yo’lga qo’yishdan kutilgan maqsad ichki nazorat tizimi, jumladan moliyaviy hisobotlarni tuzish ustidan nazorat o’rnatishdir. Ichki audit tomonidan bank faoliyati, boshqaruv jarayoni sifatini oshirish, bank faoliyatini yanada yaxshilashga yo’naltirilgan ob’ektiv baho va maslahat berish bankning moliyaviy bozordagi o’rnini mustahamlashga olib keladi. Tijorat banklarida ichki auditni tashkil etish Bank kengashining zimmasiga yuklatilgan bo’lib, ichki nazoratning samaradorligi bilan bog’liq masalalarni vaqti-vaqti bilan ko’rib boradi, bankdagi ichki nazorat ahvolini bank menejerlari, ichki va tashqi auditorlar bilan muhokama etadi, ichki va tashqi auditorlar, nazorat muassasalarining bankda aniqlangan kamchiliklarni barataraf etishdagi takliflarining bank rahbarlari tomonidan bajarilishini ta’minlaydi, mavjud tavakkalchilik va limitlarning bank strategiyasiga mos kelishini kuzatib boradi. Bank rahbariyati xodimlarning o’z burchlarini og’ishmay bajarishini ta’minlaydigan vakolat va mas’uliyatini aniq belgilab berishi kerak. Chunki bank risklarini nazorat qilish va monitoring qilish uchun birinchi navbatda bank rahbarlari javobgardir.
Ichki audit o’z faoliyatining maqsadlariga erishish uchun asosan quyidagi vazifalarni bajaradi: Bank kengashini audit tekshiruvlariga asoslangan bankning haqiqiy moliyaviy holati va bankning ichki nazorat tizimi samaradorligi to’g’risidagi aniq va mustaqil (holis) ma’lumotlar bilan ta’minlab boradi; ichki audit tizimining samaradorligi va audit tekshiruvini o’tkazishga doir qabul qilingan tartib va tadbirlarning amalda qanday qo’llanilayotgani va ta’sirchanligini baholaydi va tahlil qiladi; bank faoliyatida ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun qo’llanilgan ma’muriy va amaliy tadbirlarning samaradorligini tahlil qiladi; tavakkalchiliklarni boshqarishga va ularni baholash uslublariga doir tartiblarning qo’llanilishi hamda ularning samaradorligini tahlil qiladi; moliyaviy ma’lumotlar tizimini, jumladan elektron ma’lumotlar tizimi va elektron bank xizmatlarini tahlil qiladi; buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini tahlil qiladi; bank faoliyatining amaldagi qonun va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini baholaydi; Bank kengashi tomonidan qabul qilingan ichki siyosatlar va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishini tekshiradi; doimiy hisobotlarning to’liqliligi, ishonchliligi va o’z vaqtida taqdim qilinishini tekshiradi; buxgalteriya kitobi va moliyaviy hisobotlarning to’g’riligi va haqqoniyligini o’rganadi; kapital tarkibi va etarliligi, aktivlar sifati va ssuda portfelini tasniflash asosida zahiralar tashkil qilinishini, balans va balansdan tashqari moddalar tarkibidagi o’zgarishlar harakati va jihatlarini, Bosh bank tomonidan tasdiqlangan moliya rejasi ijrosining bajarilishini, daromadlar tarkibidagi balansning asosiy jihatlarini, boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini tahlil qiladi; Bank kengashi talabiga asosan maxsus tekshirishlar o’tkazadi yoki maxsus tekshirishlar o’tkazishga yordam beradi; bank xodimlariga ularning o’z vazifalarini samarali bajarishda ko’maklashish; oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni joriy auditdan o’tkazish; buxgalteriya, amaliyot va ma’muriy nazorat tizimining monandligini baholashga yordam beradi.
Bundan tashqari, ichki audit xizmati: bank ichki siyosati va boshqa ichki me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashadi; o’zaro tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida boshqa tijorat banklari va tashkilotlarning ichki audit xizmatlari bilan hamkorlik qiladi; ma’lumotlarni almashish orqali ichki audit xodimlari tashqi auditorlarga yordam beradi va ularning ishida ko’maklashadi; o’tkazilgan audit tekshiruvlari materiallarini umumlashtiradi va Auditorlik qo’mitasiga tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi; audit o’tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha Bank kengashi va Boshqaruv tomonidan qabul qilingan qarorlarning o’z vaqtida va to’liq ijro etilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi.


Yüklə 76,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin