1. O’zbekiston Respublikasida bank auditini shakllanishining nazariy asoslari. Insoniyat tarixiga bir nazar solsak, jamiyat rivojlana borishi bilan birga jamiyatda bo’layotgan xodisa va voqealarning kelib chikish sabablari, kutilishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni o’rganuvchi bir qator tabiiy, iqtisodiy va gumanitar fanlar shakllana boshladi. Bu fanlar bilan birga iqtisodiyot fani ham jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy hodisalarni o’rganish, ularni tahlil qilish hamda jamiyatdagi moddiy ne’matlar yaratishdan tortib, uni iste’moli bilan bog’liq muammolarni o’rgana boshladi.
Butun dunyoda jamiyatning tuzilishi qanday bo’lishidan qat’iy nazar uning a’zolari insonlar o’zlarining ehtiyojlarini qondirish va hayotlari uchun zarur bo’lgan noz-ne’matlarni yaratish ustida izlanishlar olib boradilar. Bu izlanishlar natijasida jamiyat rivojlanishi shakllana boshlaydi. Shu bilan birga jamiyat a’zolari ya’ni kishilar, guruhlar, tashkilotlar va mamlakatlar o’rtasida o’zlarida mavjud bo’lgan resurslardan foydalanib yuqori daromad olishga erishish va olingan daromaddan samarali foydalanish orqali barqaror turmush tarzini yaratishga bo’lgan intilish kishilar o’rtasida iqtisodiy raqobat kurashini keltirib chiqaradi.Bu raqobat kurashi jamiyat va iqtisodiyotning rivojlanishiga ko’rinmas kuch sifatida doimo turtki beradi va iqtisodiyot va jamiyat shu raqobat kurashi orqali rivojlanadi.
Audit faninig shakllanishiga bir nazar solsak, auditning tarixiy vatani Angliya bo’lib, 18 asrning o’rtalaridan boshlab Angliyada auditorlik tashkilotlari to’g’risida bir qator qonunlar qabul qilingan. Ushbu auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunlarga muvofiq aktsiyadorlik tashkilotlarda korxona va tashkilotlarning boshqaruvchilari zimmasiga bir yilda kamida bir marta buxgalteriya xisob varaqlarini tekshirish va aktsiyadorlar oldida hisobot berish uchun maxsus odam taklif qilish vazifasi yuklatilgan edi.
Audit to’g’risidagi qonun Angliyada 1862 yilda chiqqan. Xuddi shunday qonun 1867 yilda Frantsiyada ham qabul qilingan. Amerika Qo’shma Shtatlarida auditning iktisodiyot uchun zarur ekanligi 1937 yilga kelib tan olindi va tegishli qonun xujjatlari qabul qilindi.
Auditorlik faoliyati bizning mamlakatimizda yangi faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda audit 90-yillarning boshida – mustaqillikka erishilgandan so’ng va bozor iqtisodiga o’tishi bilan rivojlana boshladi. Nodavlat sektorida korxonalar vujudga kelishi bilan auditorlik faoliyati xizmatiga talab yuzaga keldi, chunki bozor strukturalari o’zlarining faoliyatlariga mustaqil baho berilishiga ehtiyoj sezdilar.
O’zbekistonda auditni rivojlanishiga kadrlarni tayyorlash va normalar ishlab chiqish faoliyati bilan shug’ullanuvchi O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar Assotsiatsiyasi katta hissa qo’shdi. Auditni rivojlanishida auditorlarning professional tayyorgarliklari muhim rol o’ynaydi.
Jamiyat rivojlana borishi bilan birga jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni o’rganish, qilingan ishlarni sarhisob qilish, natijalarni oydinlashtirish, oldindan amalga oshirmoqchi bo’lgan imkoniyatlarni chamalash, kelgusi ishlarni rejalashtirish, faoliyatni sarxisob qilish va faoliyatga baho berish tizimlari o’z- o’zidan jamiyat uchun zarurat sifatida asta sekin shakllana boshladi. Shunday faoliyat turlaridan biri bu auditorlik faoliyatidir.
Ma’lumki, tijorat banklari faoliyatiga real baho berish va omonatchilar, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega bo’lishlarida audit tekshirishlari muhim ahamiyatga egadir.
Auditorlik faoliyatini o’rganuvchi va uning asosini tashkil qiluvchi audit fani korxonalarni ta’sis etishdan tortib uni boshkarish jarayoni, korxonaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash va korxona faoliyatini tahlil qilishni uslubiy tomonlarini o’rgatadi.
Xususan, korxona rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, foydalanilayotgan resurslar zaxirasini kengaytirish, ularni ishlab chikarishga jalb etish, korxona raqobatbardoshligi darajasini oshirish, xujalik faoliyatiga hamda korxonaning iqtisodiy salohiyatiga to’g’ri baho berish kabilar uslubiy tomonlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari audit, korxonalarda buxgalteriya hisobotini tashkil etish, mavjud resurslardan foydalanish, samaradorlikka erishish yullarini aniqlash, tadbirkor va ishbilarmonlar faoliyatiga baho berish kabi masalalar echimini ham o’rgatadi.
Jamiyatdagi munosabatlarda auditning zaruriyati xisobot berish kontseptsiyasi talablari bajarilishi yuzasidan kelib chiqadi. Bu bir tomon ikkinchi bir tomonga hisobot berish va majburiyat bajarilishini nazorat qilishni e’tirof etadi va bu nazorat ma’lum bir ma’lumot, tushuntirish yoki hisobot olishni nazarda tutadi. Hisobot berish quyi bo’g’in boshqaruvchilari yuqori bo’g’in boshqaruvchilarning aktsiyadorlarga hisobot berishi kerakligidan kelib chiqadi. Shuning uchun audit nazoratning mexanizmi sifatida yuzaga keladi va hisobot berishning bajarilishiga va ularning oydinlashtirilishiga yordam beradi.
Audit orqali vositachilik shartnomalari amalga oshadi, chunki bunda vositachining faoliyati nazorat qilinadi. To’g’ri ma’lumotlar olishda, berilayotgan axborotdagi noaniqlikni aniqlashda audit yana ham zarurdir. Audit qabul qilinayotgan qarorlar sifatini va korxona aktivlarini taqsimlanishini yaxshilashga ham yordam beradi. Yana auditga sug’urta kafolati bajarilishini ta’minlaydigan chora sifatida qaraladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishini va iqtisodiyotni erkinlashtirish natijasida auditorlik faoliyati tez sur’atlar bilan rivojlanib taftish tushunchasini siqib chiqarmoqda.
Audit va taftish tushunchalari keng ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan moliya-xo’jalik faoliyati ustidan o’rnatiladigan iqtisodiy nazoratni tashkil etish usullari hisoblanadi. Audit o’tkazishda hujjatli va haqiqiy taftishning ayrim amallari, ayrim xisob obektlarini taftish qilish usullaridan foydalaniladi.
Yuqorida aytilganidek ichki auditning natijalari turli maqsadlarda foydalaniladi. Barcha auditning tashkiliy komponentlari CEAning byudjetga beriladigan hamda auditning ishonchlilik va maslahat tamoyillari asosida yillik audit rejalarini amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Audit xo’jalik sub’ektining ommaviy moliyaviy hisobotini to’g’riligini, to’liqligini, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlar to’g’risidagi qonun va talablarga javob berishini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan mustaqil ekspertiza va taxlilni bildiradi. Bundan tashqari audit yana boshqa nazorat ishlarini o’z ichiga oladi.
Auditning asosiy faoliyati sub’ektning iqtisodiy ahvoliga bog’liq faktlarni yig’ish va baholashdir. Yuqoridagilarni hisobga olib auditning asosiy faoliyat turlarini ko’rishimiz mumkin.
Birinchidan, har qanday auditorlik faoliyatini yuritishning majburiy sharti bo’lib uning chegarasi hisoblanadi. Bunday chegaralar muayyan iqtisodiy sub’ektning o’lchamlari yoki tarmoq auditida ma’lumot tizimini tekshirish bilan aniqlanadi.
Ikkinchidan, auditor audit ob’ekti va uni o’tkazilishidan manfaatdor bo’lganlar o’rtasidagi «axborot bo’shligini» to’ldirishga harakat qiladi. Bu asosan hisobotlarda ayrim ma’lumotlarni etishmasligi yoki hisobotdagi ma’lumotlar ishonchliligi bilan baholash qaror qabul qilish uchun foydalanish mumkin bo’lmagan holda.
Uchinchidan, audit o’tkazayotgan shaxslarning malakasi asosiy shartlardan hisoblanadi. Auditor kerakli ma’lumotlarni yig’ish va o’lchovlarni tushunish orqali ma’lumotlarni baholashni yaxshi bilishi kerak. Bundan tashqari, auditordan muomala me’yorlariga rioya qilish talab qilinadi, ya’ni u o’zini mustaqilligini saqlash va tashqi hamda ichki ta’sirlarga qarshi tura olishi kerak.
Bozor sub’ektlarining talabiga javob beradigan nazorat turlaridan biri – bu audit tizimidir. Auditning maqsadi - taqdim qilinayotgan hisobotlar to’g’riligi, xo’jalik faoliyatining haqiqiy holatini aks ettirishi, uning qonuniyligi hamda moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobi talablariga mos kelishini aniqlashdan iboratdir.
Auditorning korxona va tashkilotlarning moliyaviy hisobotini tasdiqlash to’g’risidagi xulosasining bo’lishi, mazkur moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun unga bo’lgan ishonchni oshiradi. Auditorlik tekshiruvlarini maxsus auditorlik firmalari yoki alohida sertifikatga ega auditorlar o’tkazishi mumkin.
Auditorlik nazorati amaliyotda ikkiga ajratiladi: ichki va tashqi audit. Ichki audit auditorlik nazoratini o’tkazish usuliga ko’ra tashqi audit bilan o’xshash bo’lib, u mustaqil auditorlar yoki auditorlik firmalari tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit uchun axborotlarni olish manbai bo’lib hisoblanadi.
Tashqi va ichki audit o’rtasidagi sezilarli farq ularning maqomi, asosiy vazifalari va auditorlik tekshiruvini bajarish vaqtiga qarab ajratiladi. Ichki audit asosan mulkdorlar manfaatlariga xizmat qilib, uning asosiy vazifasi korxonaning iqtisodiy ahvoli to’g’risida muayyan korxonaning mulkdorlari uchun axborot tayyorlashdar iborat.
Tashqi audit esa nafaqat mulkdorlar, balki davlat va kreditorlar manfaatlari uchun ham xizmat qiladi va uning bosh maqsadi, ushbu korxonaning tashqi foydalanuvchilari: aktsiyadorlar, investorlar, banklar, soliq va boshqa davlat organlari, sheriklar uchun korxonaning moliyaviy holatiga xolis xulosa tayyorlashdan iboratdir.
Banklarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning o’ziga xos jihatlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Tashqi va ichki audit o’rtasidagi sezilarli farq ularning maqomi, asosiy vazifalari va auditorlik tekshiruvini bajarish vaqtiga qarab ajratiladi. Ichki va tashqi auditning o’rtasidagi farqi to’g’risida i.f.d., professor Z.Mamatov quyidagi tarzda farqlab bergan.
Tijorat banklari faoliyatini tashqi auditdan o’tkazish bank va mustaqil auditorlik firmalari o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi va ushbu shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari aks ettiriladi, ish davomida auditor o’z majburiyatlarini unutmasligi va bank ma’muriyati esa auditor oldida hamma ma’lumotlarni ochiq-oydii tushuntirib berishi va barcha hujjatlarni etkazib berish majburiyatini olishi lozim. Ichki audit banklarda tashkil qilingan ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi bank faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kamchilik va muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish bo’yicha tegishli maslahatlar berish, ichki me’yoriy hujjatlarga mos kelishini va kelgusi istiqbollarni belgilash imkoniyatlarini ko’rsatishdir.
Ichki audit faoliyati moslashuvchan audit qoidalariga asoslangan bo’lib, keng ravishda amalga oshiriladi hamda har bir davlatning birliklariga moslashuvchi bo’lib, xar xil sektorlar faoliyatini boshqarish va alohida shaxslarning madaniyatini ham qamrab oladi. Ushbu tarifdan kelib chiqan holda ichki audit tizimi ichki audit tarifi(ichki auditni o’z ichiga oluvchi elementlar), ichki audit ishonch va maslahat tamoyillarini shuningdek uning qamrov darajasi (risklar, ya’ni nazorat va xodimlarni boshqarish) va bank faoliyatiga o’zining foydasini keltirish kabilarni o’z ichiga oladi6.
Ma’lumki, tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarning mablag’larini jalb qilgan holda, risk bilan ish yuritadi. Shu sababli, banklar uchun audit, xususan, ichki audit juda muhim hisoblanadi. Ichki audit xodimlarining o’z zimmalaridagi vazifalarni bajarishi qanday tashkil etilganligi va sifatini ichki nazorat qilish tizimining samaradorligini tekshirish hamda baho berishni o’z ichiga olishi lozim. Shu munosabat bilan ichki audit xizmati xodimlari quyidagilarni tekshirishi va baholashi lozim: moliyaviy ma’lumotlarning haqqoniy hamda o’z vaqtida aks ettirilishi; bank operatsiyalarini amalga oshirish va hisobotlar tuzishda meeriy hujjatlarga qat’iy rioya etilishi; aktivlar holati va ularni saqlash usullari; mablag’lardan foydalanish tejamkorligi va samaradorligi; bank boshqaruvi tomonidan qabul qilingan dasturlar bajarilishining to’liqligi va adekvatligi, ularning qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos kelishi.
Ichki audit xizmati tijorat banki tarkibidagi bo’linma bo’lib, u asosan shu bank bo’linmalari (filiallari) va bosh bank faoliyatini nazorat qilish bilan shug’ullanadi. Ichki auditning asosiy vazifalaridan biri, bu faqat tekshirish o’tkazib, kamchiliklar topish emas, balki shu kamchiliklarni bartaraf etish, ularga yo’l qo’ymaslik uchun nima qilish to’g’risida maslahatlar berishdir. Ichki audit xizmati bankning tuzilishi, katta-kichikligi, joylashishi va bank muomalalarining miqdoriga qarab, bir-ikki kishidan iborat mustaqil bo’lim yoki ma’lum bir boshqarma shaklida tashkil qilinishi mumkin.
Muayyan tijorat bank bo’limini nazorat qilish uchun ichki audit xizmati tomonidan quyidagi dastlabki ishlar amalga oshiriladi: audit o’tkazish ish rejasi tuziladi; auditorlar ro’yxati va ular tomonidan bajariladigan ishlarning maqsadi va vazifalari belgilanadi; o’tgan davrdagi auditorlik xulosasi ko’rib chiqilib, ular bo’yicha belgilangan tadbirlarning bajarilishi ko’rib chiqiladi; audit o’tkazish bo’yicha buyruq va kassa qiymatliklarini tekshirish uchun guvohnoma tayyorlanadi.Tijorat banklarida ichki audit xizmatini tashkil qilish va uni amalga oshirish bo’yicha O’zbekiston Reslublikasi Markaziy bankining 2000 yil 25 noyabrdagi 405-sonli Tijorat banklarining ichki auditiga qo’yilgan talablar to’g’risidagi yo’riqnomasida ichki audit xizmati xodimlarining javobgarliklari belgilangan.
Shuningdek, Markaziy bankning yuqorida aytib o’tilgan yo’riqnoma-siga muvofiq ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablarga javob berishlari shart: bajarayotgan vazifalari xarakteriga taalluqli oliy ma’lumotga hamda tegishli kasbiy ko’nikma va malakaga ega bo’lishlari; bank qonunchiligi hamda Markaziy bankning O’zbekiston Respublikasi hududida bank faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy hujjatlarni bilishlari; umumiy qabul qilingan xalqaro buxgalteriya hisobi va audit andozalarini yaxshi bilishlari; o’z malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlari; vazifalarini hal etish ko’lami va muddatiga doir auditorlik dasturlari rejalashtirilayotganda cheklovlarga ega bo’lmasliklari kerak.
Ichki bank auditining ishi aniq rejalashtirilgan va u o’z dasturiga ega bo’lishi va bu auditorlik dasturi quyidagi talablarga javob berishi kerak, ya’ni: maqsadlarni o’z ichiga olishi; dastur qamrov doirasi auditorlik maqsadlariga erishish uchun etarli bo’lishi lozim; batafsil ish dasturi va ko’rilayotgan har bir soha uchun belgilangan zarur tartiblarni o’z ichiga olishi; har bir dastur talab qilinayotgan ishni aniq va qisqa tarzda izohlab berishi va bank operatsiyalarining xususiyati va mukammalligiga qarab bir yoki bir nechta bo’limlar faoliyatini qamrab olishi; auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish doimiyligi audit o’tkazish lozim bo’lgan har bir sohaga bog’liq tavakkalchilik darajasini baholashga asoslangan bo’lishi (auditor bank operatsiyalari tavakkalchiligi darajasini aniqlashda bank operatsiyalarining xususiyatlari, bank aktivlari va majburiyatlari bilan bog’liq va ichki nazoratning tegishli siyosati va andozalarining mavjudligi hamda boshqaruv va ichki nazoratning samaradorligi kabi omillarni e’tiborga olish kerak).
Ichki auditning hisobotlari bevosita bank kengashiga yoki auditorlik qo’mitasiga taqdim etilishi shart. Hozirgi paytda mazkur hisobotlar nusxalari bank boshqaruvi va bankning alohida tarkibiy tuzilmalari boshliqlariga taqdim etiladi (bevosita ushbu bo’linmaga tegishli qismi);
Banklarning ichki audit xizmati respublikamizda hozirda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy auditorlik kompaniyalari bilan qizg’in hamkorlik qilishlari zarur. Audit xizmatidan foydalanish tijorat banklarining katta miqdordagi mablag’larini tejaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari ichki auditiga qo’yilgan talablar to’g’risida”gi yo’riqnomasida auditorlar qo’mitasi bank kengashi tomonidan tuzilib, uning tarkibiga bank boshqaruvi a’zolaridan hech kim kiritilmasligi ko’rsatilgan.Bank tizimini rivojlantirish, banklar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirish, hissadorlar, ta’sischilar, mijozlarning manfaatini himoyalash va banklarimizni xalqaro miqyosiga olib chiqishda bank auditining, jumladan bank ichki auditining ahamiyati kattadir. Xorijiy davlatlar tajribasi bank ichki auditi bozor iqtisodiyotining muhim elementi ekanligini tasdiqlagan.
Aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi banklar faoliyatini bank kengashi va bank boshqaruvi orqali bank aktsiyadorlari boshqarishadi hamda asosiy ma’suliyat bank kengashi zimmasiga tushadi. Chunki bank kengashi aktsiyadorlar manfaatini himoya qiluvchi boshqaruv organi hisoblanadi. Bank kengashi a’zolari aktsiyadorlarning ishonchli vakili sifatida bank aktivlarini himoya qilish, o’z manfaatlaridan ko’ra aktsiyadorlar va omonatchilar manfaatlarini ustun qo’yishga majburdirlar. Bank kengashi bank faoliyati to’g’risidagi ma’lumotni ichki audit xizmatidan oladi va olingan ma’lumotlar asosida tegishli qarorlar qabul qiladi.
Banklarda bank kengashi va boshqaruvini bank faoliyati to’g’risidagi ma’lumot bilan ta’minlash maqsadida ichki audit xizmati to’g’risida nizom ishlab chiqiladi hamda ushbu nizom bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bankda tashkil qilingan ichki bank audit xizmati asosan shu nizomga muvofiq faoliyat yuritadi. Ichki audit tomonidan barcha bank bo’linmalari bir yilda bir marta ichki auditdan o’tkazilishi lozim. Chunki bank kengashi barcha bank bo’limlari faoliyati bilan tanish bo’lishi kerak.
Respublikamizda auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasini berish qobiliyatiga ega, sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil etish xisoblanadi.
O’zbekistonda auditning tarkib topishi misilsiz tarixiy o’zgarish bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan izohlanadi. Chunki bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik sub’ektini boshqarish vazifasi professional menejerlar qo’liga o’tdi, natijada tashkilot moliyaviy holatini mustaqil nazorat qilishga ehtiyoj tug’ildi. Kapitallarni jamlashda aktsiyalashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi, korporativ boshqaruv tizimining yo’lga qo’yilishi mustaqil moliyaviy ekspertiza natijalari oshkoraligini ta’minlash zaruratini tug’diradi. Chunki moliyaviy hisobotlar tashkilot bilan aloqada bo’lgan barchani, ya’ni rahbarlar, xodimlar, mijozlar, mulkdorlar, kreditorlar, investorlar, davlat va hokimiyat organlarini mustaqil auditorlar tasdiqlaydigan axborotlar qiziqtiradi, hisobotlar boshqa tashkilotlarning banklar bilan hamkorlik qilishi uchun ishonch uyg’otadi. binobarin mamlakatimizda audit turli guruhlarning qiziqishi va talablariga javob tariqasida paydo bo’ldi.
Shuning uchun ham Prezidentimiz tomonidan ushbu sohani rivojlintirish va talab darajasida amalga oshirilishini ta’minlash, hamda respublikamizda audit sohasini rivojlanishi va takomillashishi uchun barcha choralarni ko’rib bormoqda.