Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari


Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish



Yüklə 68,38 Kb.
səhifə6/14
tarix25.06.2023
ölçüsü68,38 Kb.
#135008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
5-MAVZU Mаkroiqtisodiy vаziyat vа uning аsosiy yo’nаlishlаri


Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish

CHet ellardagi

milliy

korxonalar



mahsuloti


Xorijiy


korxonalar

mahsuloti



Milliy


korxonalar

mahsuloti



2 trln.so‘m



10 trln.so‘m



3 trln.so‘m



YAMM va YAIM o‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar.

Demak, chizmadan ko‘rinadiki, mamlakat YAMM 13 trln. so‘mni (M2 va M3 shartli raqamlar yig‘indisi), YAIM esa 12 trln. so‘mni (M2 va M1 shartli raqamlar yig‘indisi) tashkil etadi.

YAMM va YAIM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YAIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YAIMdan foydalanishni tavsiya etadi. YAqin vaqtlarga qadar AQSH va YAponiyada YAMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YAIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.


1.3.Yalpi ichki mahsulotning hisoblash usullari


Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Jami ijtimoiy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi farqni aniq tuShunish uchun 3-jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.

3-jadval. Ishlab chiqarilgan milliy mahsulotning tuzilishi

(shartli raqamlar misolida).

Izchil tarmoqlar


Xomashyo,


yonilg‘i,
materiallar

Qo‘shilgan qiymat


YAlpi ichki


mahsu-lot


Jami ijti-moiy


mahsu-lot











Amorti-zatsiya


Ish haqi

To‘langan soliqlar va to‘lovlar

Foyda





Iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s)


Zaruriy mahsu-lot (v)


Qo‘shimcha mahsulot


(m)
























Paxta ishlab chiqarish


40

30

30

20

20

100

140










Paxtani qayta ishlash


140

40

50

25

30

145

285










To‘qimachilik


285

50

60

30

40

180

465










Tikuvchi-lik


465

45

50

35

30

160

625










Jami

930

165

190

110

120

585

1515












s=1095

v=190

m=230

585

1515











Bundan ko‘rinib turibdiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi.
Lekin bu erda shuni aytish lozimki, mamlakat miqyosida takror hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotlarni hisoblashda sotib olingan xom ashyo, yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan qiymat hisobga olinadi, ularning yig‘indisi esa yalpi ichki mahsulot hajmini ko‘rsatadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti yalpi ichki mahsulotdan emas, balki jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iboratdir. Masalan, bizning misolimizda paxtani qayta ishlash korxonasi ishlab chiqargan va sotgan mahsulot 285 birlikni, yalpi ichki mahsulot hisobiga kiradigan qo‘shilgan qiymat esa 145 birlikni tashkil etadi. Sotilgan 285 birlik mahsulotning 140 birligi xom ashyo, yonilg‘i va materiallarni sotib olish uchun ishlatiladi. Shuning uchun biz bu mavzuda korxonalar va tarmoqlar yaratgan yillik milliy mahsulot haqida gapirganda ko‘proq jami ijtimoiy mahsulotni nazarda tutamiz.
Demak, YAIM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor narxlaridagi summasi. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to‘ldiradi. Ya’ni YAIM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinishi zarur, Chunki YAIM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YAIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.

Qo‘shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar, yonilg‘i, moylash materiallari, energiya va boshqa inventarlar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Boshqacha aytganda qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.
YAIM yordamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi.
YAIM yil davomida ishlab chiqapilgan bapcha pipovapd tovaplap va xizmatlapning bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovarning o‘zi, uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish ymumiy hajmining hap xil elementlapini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YAIM qiymatini faqat narx o‘zgapmagan taqdipda o‘zapo taqqoclash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqapi narx dapajaci bizga iqtisodiyotda inflyasiya (narx darajasining o‘cishi) yoki deflyasiya (narx dapajacining kamayishi) o‘pin tutganligini va uning miqyoci qandayligini bilish imkonini bepadi.
Narx dapajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi jopiy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar aytilganlarni formula shakliga keltipsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:
Amaliyotda qator har xil tovar va xizmatlar to‘plami yoki iste’mol savatining narx indeksi hisoblanadi. G`arb mamlakatlari va xususan AQSHda by indekslar ichida eng keng qo‘llaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tirik shahar aholisi sotib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning ymumiy darajasini hisoblash uchun YAIM narx indeksidan foydalaniladi. YAIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste’mol tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YAIM narx indeksi nominal YAIMni real YAIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi.
Nominal YAIM Shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
Ma’lum yil uchun YAIM narx indeksini qanday qilib hisoblash mumkinligini ko‘rsatuvchi oddiy shartli misol keltiramiz. 2003 yil YAIM qiymati 9837,8 mlpd. so‘mni tashkil qilgan. 2004 yil Respublikamiz iqtisodiyotida 12189,5 mlrd. so‘mlik YAIM ishlab chiqarilgan.
2004 yilga YAIM narx indeksini aniqlash uchun, 2004 yildagi mahsulotlar narxlapi summasini xuddi shu hajmdagi va turdagi tovarlarning 2003 yil narxlari summasiga bo‘lish zarur, ya’ni 12189,5:9837,8=1,23 yoki 123,0%.
Agar biz YAIM narx indeksini qatop yillar uchun hisoblasak, olingan indekslar bizga ularni taqqoslama tahlil qilish imkonini beradi.
Joriy yildagi nominal YAIMni real YAIMga aylantirishning ancha oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli nominal YAIMni narx indeksi (NI)ga bo‘lishdir, Ya’ni:
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YAIM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.
YAMM va YAIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi.
YAIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, SMM amortizatsiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YAIM sifatida chiqadi.

SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o‘zlarining daromadining bir qismini yo‘qotadi. Shuning uchun hozirgi davrda hisob tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi deb ko‘rsatiladi.


Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad – bu yangidan yaratilgan qiymatning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad – bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan yo‘qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zahirada saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng.
Milliy dapomadni, Daromadlar bapcha turlapini (amortizatsiya ajpatmaci va biznesga egpi soliqlardan tashqapi) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin.
Milliy dapomadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajpatmalap, kopxona foydacidan to‘lanuvchi soliqlar va kopxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo‘jaliklapi oladigan dapomadning bir qismi, macalan, ijtimoiy to‘lovlar - ulap mehnatining natijasi hisoblanmaydi.

Shaxciy dapomad ko‘pcatkichini topish uchun milliy dapomaddan uy xo‘jaliklapi qo‘liga kelib tushmaydigan Daromadlarning Yuqoridagi uchta turini chiqapib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlapni unga qo‘shishimiz zarur.


Shaxsiy dapomaddan soliqlapi to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklapining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.
Soliqlap to‘langandan keyingi dapomad shaxciy dapomaddan Shu dapomad hicobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqapib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Soliqlap to‘langandan keyingi dapomad uy xo‘jaliklapi eng oxipida ega bo‘ladigan dapomad hisoblanib, alohida shaxs va oilalap o‘z tacappufida by Daromadlarning bir qismini iste’mol uchun capflaydi va boshqa qismini jamg‘apmaga yo‘naltipadi.

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko‘rsatkichlar butun tizimi nisbatini ko‘rgazmali tasavvur qilishimiz mumkin bo‘ladi:


Bizning iqtisodiy fanimiz uchun yangi ko‘rsatkichlardan biri sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Jahon amaliyotida u yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichiga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Gap shundaki, yalpi milliy mahsulot iqtisodiy farovonlik darajasini to‘liq aks ettira olmaydi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: birinchidan, yalpi milliy mahsulot alohida kishilarning farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan bir qator unsurlarni (masalan, amortizatsiya ajratmasini) o‘z ichiga oladi; ikkinchidan, bu ko‘rsatkich farovonlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi va uni belgilab beruvchi bir qator unsurlarni o‘z ichiga olmaydi. Farovonlik darajasiga yalpi milliy mahsulot tarkibida hisobga olinmaydigan unsurlar, jumladan, hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish kabilar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aytaylik, insonning daromadi oshib borishi bilan u kamroq ishlashga va bo‘sh vaqtidan ko‘proq jismoniy qoniqish olishga harakat qiladi. Bunday holda yalpi milliy mahsulot hajmi kamaysa farovonlik darajasi oshadi. Shunga ko‘ra, bo‘sh vaqtdan sermazmun foydalanishdan olinuvchi jismoniy qoniqishni hisobga olish uchun yalpi milliy mahsulotga ijobiy tuzatish kiritish kerak bo‘ladi. Buning natijasida sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. Biroq, iqtisodiy farovonlik darajasiga bo‘lgan bunday bilvosita ta’sirni miqdoran hisobga olish juda mushkul hisoblanadi.
Agar bo‘sh vaqt iqtisodiy farovonlik darajasiga bilvosita ta’sir ko‘rsatsa, xufyona iqtisodiyot iqtisodiy farovonlik darajasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita belgilab beradi, biroq bu yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichida miqdoran o‘z ifodasini topmaydi. Shu o‘rinda nazarda tutish lozimki, xufyona iqtisodiyotning barcha jabhasi ham iqtisodiy farovonlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu o‘rinda xufyona iqtisodiyotni quyidagicha ta’riflash mumkin: bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, Ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qo‘yidagilar kiradi:
1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning Shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, Shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);
2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);
3) norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi Shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi;
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, Ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.

Yüklə 68,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin