Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari


II Bob Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari



Yüklə 68,38 Kb.
səhifə7/14
tarix25.06.2023
ölçüsü68,38 Kb.
#135008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
5-MAVZU Mаkroiqtisodiy vаziyat vа uning аsosiy yo’nаlishlаri

II Bob Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari

2.1Yalpi ichki mahsulot hajmini o’zgarmas baholarda hisoblash usullari


YAIM ko‘rsatkichi mamlakat yillik ishlab chiqarish hajmining puldagi ifodasi sifatida maydonga tushadi. Shu bilan birga, YAIM mamlakatning real iqtisodiy farovonligini to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki, iqtisodiy faoliyatning Shunday turlari mavjudki, ularning YAIM hajmiga ta’siri ma’lum sabablarga ko‘ra hisobga olinmaydi:
1) jamiyat farovonligini oshiruvchi, biroq aniq hisobot yuritish mushkulligi sababli hisobga olinmaydigan faoliyat turlari (kasallar va bolalarni uyda parvarishlash, yashash uchun uyda qulayliklar yaratish, yakka tartibda o‘qitish va boshqalar);
2) jamiyat farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xufyona iqtisodiyot sohalari faoliyat turlari (giyohvandlik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish, ko‘ngilochar mashg‘ulotlarning yashirin turlari, reket va boshqalar);
3) jamiyat farovonligini oshiruvchi, biroq nobozor tavsifga ega bo‘lgan uy ishlari (xonadonlarni, elektr va radio jihozlarni, poyafzal va avtomashinalarni ta’mirlash va boshqalar);
4) jamiyat farovonligining pasayishiga olib keluvchi ishlab chiqarishni kengaytirishning salbiy natijalari (resurslarning tugab ketishi, iqlimning o‘zgarishi, atrof-muhitning ifloslanishi).
Mazkur omillarning ijtimoiy farovonlikka ta’sirini hisobga olish uchun jamiyatning sof iqtisodiy farovonligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich amerikalik iqtisodchilar V.Nordxaus va J.Tobin tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lib, uni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
bu erda:

SIF – sof iqtisodiy farovonlik;


SO – farovonlikka ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillar;
NBF – nobozor faoliyatining pulda baholangan qiymati;
BV – bo‘sh vaqtning pulda baholangan qiymati.

2.1 Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) – bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.


Milliy hisoblar tizimi uzoq yillar davomida turli mamlakatlardagi ko‘plab iqtisodchi olim va mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan va takomillashtirib kelingan. Jumladan, klassik iqtisodchi U.Petti jahonda birinchi bo‘lib o‘z mamlakati milliy daromad hajmini hisoblash ishlarini amalga oshirib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining zarurligini his etgan edi. Fiziokratlar maktabi asoschisi F.Kene esa milliy iqtisodiyotning birinchi makroiqtisodiy modelini yaratdi. Biroq, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimiga bo‘lgan kuchli ehtiyoj XX asrning 20-30-yillarida vujudga keldi. Sobiq ittifoqda xalq xo‘jaligi balansi deb nomlanuvchi ko‘rsatkich va jadvallar tizimi ishlab chiqildi. G‘arb mamlakatlarida mazkur tizimning ishlab chiqilishi 1929-1933 yillardagi Buyuk depressiyadan keyin boshlandi. Bu tizimning o‘ziga xos bir qator muhim qoidalari dastlab A.Marshall, keyinchalik J.M.Keyns tomonidan shakllantirildi. Shuningdek, ingliz iqtisodchilari R.Stoun, K.Klark, J.Xiks hamda amerikalik iqtisodchilar S.Kuznets, M.Jilbert, V.Leontevlar ham bu ishga katta hissa qo‘shdilar.
Bunday hisoblar BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarida, Shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizim keng qo‘llaniladi.

Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.



Yüklə 68,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin