Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari


Milliy hisoblar tizimi,uning maqsadi va vazifalari



Yüklə 68,38 Kb.
səhifə8/14
tarix25.06.2023
ölçüsü68,38 Kb.
#135008
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
5-MAVZU Mаkroiqtisodiy vаziyat vа uning аsosiy yo’nаlishlаri

2.2.Milliy hisoblar tizimi,uning maqsadi va vazifalari


Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:
Birinchi usul – bu YAIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondoshuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YAIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Masalan, O‘zbekistonda YAIM 2004 yil xalq xo‘jaligining tarmoqlari va sohalari bo‘yicha 12189,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan (4-jadval).1 Shu jumladan:
moddiy ishlab chiqarish sohalarida – 5899,8 mlrd. so‘m (48,4%);
xizmat ko‘rsatish sohalarida – 4583,2 mlrd. so‘m (37,6%);
sof soliqlar – 1706,5 mlrd. so‘m (14,0%).
Respublikada YAIMning moddiy ishlab chiqarish sohalari tuzilishi Shu yili quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflangan (mlrd. so‘m):
moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan YAIM – 5899,8 mlrd. so‘m (48,4,0%);
Shu jumladan: sanoatda – 2084,4 mlrd. so‘m (17,1%);
qurilishda – 548,5 mlrd. so‘m (4,5%);
qishloq xo‘jaligida – 3266,8 mlrd. so‘m (26,8%).


4–jadval. O‘zbekistonda 2000-2004 yillarda YAIMning o‘sishi va ishlab chiqarish tarkibi.

Yillar

YAIM

YAIMning ishlab chiqarish tarkibi, %


Mos yillarda joriy narxlarda, mlrd.so‘m


O‘tgan yilning mos yiliga nisbatan % (taqqoslama narxlarda)


Sanoat

Qishloq xo‘jaligi

Qurilish

Xizmat ko‘rsatish

Sof soliqlar


2000

3255,6

103,8

14,2

30,1

6,0

37,2

12,5

2001

4925,3

104,2

14,2

30,2

5,8

28,2

11,9

2002

7450,2

104,2

14,5

30,1

4,9

37,9

12,6

2003

9837,8

104,4

15,8

28,6

4,5

37,4

13,7

2004

12189,5

107,7

17,1

26,8

4,5

37,6

14,0

Manba: O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi.


YAIMning ishlab chiqarish tarkibida O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari – MDH mamlakatlari va xorij davlatlarida iqtisodiy holatning yaxshilanishi, sanoatda ishlab chiqarishni texnikaviy va texnologik bazasini takomillashtirish natijasida mehnat unumdorligini 15,8%dan 17,1%gacha oshishi kuzatildi. Bunga ma’lum darajada mashinasozlik mahsulotlarini – 9,4%, qurilish materiallari – 8,2%, engil sanoat – 5,2% va yoqilg‘i sanoati 5,8%ga o‘sishi evaziga sanoat ishlab chiqarishining 9,4% oshishi hisobiga erishildi. Sanoatning ushbu tarmoqlarida ishlab chiqarishning o‘sishiga ichki va tashqi bozorda avtomobil va boshqa mashinasozlik, qurilish mahsulotlariga bo‘lgan talabning o‘sishi sabab bo‘ldi. Shuningdek, to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarining ta’mirlanishi va ishga tushirilishi, dizel yoqilg‘isi, gaz va ko‘mir ishlab chiqarishning ko‘payishi ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.
Ikkinchi usul – bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondoshuv.
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub’ekti – uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin.


Yüklə 68,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin