Образование и инновационные исследования (2023 год №2) ISSN 2181-1717 (E) 299 http://interscience.uz
Masala yuzasidan adabiyotlar tahlili milliy tarbiya sohasida o‘qituvchilarning
faoliyatini metodik ta’minlovchi o‘quv materiallari, shu jumladan, milliy va ma’naviy
tarbiya sohasiga oid metodik qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun zarur darsliklar yetarli
emasligini ko‘rsatmoqda.
Aniqlanishicha, inson xarakteri asosan go‘daklik paytida shakllanadi va bu davrda
unda qanday xarakter xislatlari shakllansa – uning ikkinchi tabiati sifatida mustahkam
o‘rnashadi. Keyingi o‘zlashtiriladigan narsalar ular kabi chuqur o‘rnashmaydi [4].
Demak, har ota-ona milliy tarbiya an’analarida go‘daklikdagi tarbiyaga katta e’tibor
qaratishlari zarur.
Go‘dak va bolalarga xulq-atvor qoidalari bir xil tarzda o‘rgatib borilgan. Garchi
tarbiyadagi faollik darajalari bilan ajralib tursada, lekin oilaning barcha a’zolari tarbiyada
ishtirok etgan.
Ota-ona bilan bo‘ladigan har kungi muloqot orqali bolalar dastlab, kattalarning xatti-
harakatlari, odatlari va keyin ichki sifatlari; fikrlash tarzlari, ijtimoiy burchini bajarishga
va boshqa shu kabilarga bo‘lgan munosabatlarni taqlid qiladilar va o‘zlashtiradilar.
Amerikalik olima M.Midning fikricha, taqlid o‘yin, o‘qish va mehnat orqali
shakllanadi. Bu jarayon boshqalar rolini qabul qilish, ularga o‘xshashga intilishning
ko‘rinishidir [5].
Taqlid bolaning ye shiga, idrokiga bog‘liq ravishda ongli ye ki ongsiz tarzda yuz
berishi mumkin. Bola go‘dak yoshida kattalarga ko‘r-ko‘rona taqlid qiladi.
Fransuz olimi E.Dyurkgeymning fikricha, bola taqlid qilish qobiliyati bilan tug‘iladi,
o‘smir yoshiga yetganda esa taqlid qilish faqat tanlov asosidagina amalga oshib, ijtimoiy
tajribani keng ma’noda egallay boshlashi, natijada bolaning xarakteri, temperamenti,
qiziqishlari ham shakllanadi. Demak, bola o‘sgan sari, taqlid jarayoni mazmunan
o‘zgaradi va ongli xarakter kasb etadi[6].
Kanadalik psixolog A.Bandura taqlidni bola sotsializatsiyasi mexanizmining
muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘rsatadi. Uning fikricha, kattalarga taqlid qilish asosida
bolalarning axloq sohasidagi ijobiy fikrlari mustahkamlanishi yoki, aksincha, ularda
tajovuzkorona xislatlar ham rivojlanishi mumkin [7].
Kattalar bilan bo‘ladigan har kungi muloqot orqali bolalar dastlab, kattalarning
xatti-harakatlari, odatlari, ichki sifatlari; fikrlash tarzlari, ijtimoiy burchini bajarishga va
boshqa shu kabilarga bo‘lgan munosabatlariga taqlid qiladilar va o‘zlashtiradilar.
Avlodlar ota-onalar va tengqurlardan taqlid orqali muayyan ma’naviy-axloqiy
stereotiplarni qabul qiladi. Har bir bola go‘daklik chog‘idayoq ixtiyorsiz ravishda o‘zi
dunyoga kelgan oila muhitidagi turli-tuman ta’sirlar va taassurotlar ostida o‘z xalqining
mentalitetini o‘zlashtira boshlaydi. Bu bola ona tilini o‘rganib alla, ertaklarni eshitganda,
maishiy hayot sharoitga qo‘shilganda yuz beradi[8].
Go‘daklarni tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi ertak va dostonlardan foydalanish
muhim o‘rin tutadi.
Ma’lumki, bolalarni intizomga o‘rgatish, uning yoshi bilan uzviy aloqador. Bu
sohada har bir xalqning o‘ziga xos usuli bo‘lib, intizomga o‘rgatish va ularga nisbatan
qattiqqo‘llik darajasi yosh bosqichlari bilan bog‘liq. Tadqiqotchilar shu prinsipda
jamiyatlarni to‘rt tipga ajratadilar:
go‘daklikda ham va bolalikning keyingi davrida ham intizomga talab kuchsiz;
go‘daklikda ham va bolalikning keyingi davrida ham intizomga talab qattiq;
go‘daklikda intizomga talab qattiq, keyingi davrda esa talab va nazoratning
kuchsizlanishi;
go‘daklikda bolani erkinroq qo‘yilishi, ya’ni talabning kuchsizligi va keyingi davrda
talabchanlik va qattiqqo‘llikning kuchaytirilishi.
O‘zbek xalqining bola tarbiyalash an’anasidagi usul to‘rtinchi tipga tegishli bo‘lgan.
Ya’ni, go‘daklik va ilk bolalik paytida (5-6 yosh) ular e’zozlanib, erkin qo‘yilgan, 6-7
yoshdan bolaning tarbiyasiga bo‘lgan talab kuchaytirib borilgan. Keyingi yillarda ota-
onalarning bolaning yoshiga qarab intizomga o‘rgatish bo‘yicha qarashlari ularning