Milliy tarbiya ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida


“Rejalashtirishda harakat nazorati shkalasi” metodikasi



Yüklə 126,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix25.12.2023
ölçüsü126,34 Kb.
#195039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2404-Текст статьи-6385-1-10-20230423

“Rejalashtirishda harakat nazorati shkalasi” metodikasi 
bo‘yicha yosh xususiyatlari tahlili
ning diagramma 
ko'rinishi
Holatga yo‘nalganlik
Harakatga yo‘nalganlik


Образование и инновационные исследования (2023 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
305
http://interscience.uz
Tadqiqotimizda olingan natijaga muvofiq shuni ta’kidlash mumkinki, talabalar 
ulg‘ayib borgan sari holatga yo‘nalganlik koeffisienti quyilashib boradi. Agar 
boshlang‘ich kurslarda bu ko‘rsatkich 35 % ni tashkil etsa, oxirgi kurslarga borib 
bu koeffisient uch barobar (11%) qisqaradi. Mazkur voqelikni hayotiy va oliy o‘quv 
yurtida tajribasizligi tufayli emotsional holatlarini yaxshi boshqara olmaydigan 
talabalar vaqt o‘tib ham hayotiy tajribaga, ham stressga bardoshlilik kabi sifatlarni 
orttiradilar, natijada talabalarda harakatga yo‘nalganlik (89%) ko‘rsatkichi 
yuqorilashib boradi. Talabalar yoshi kattalashib borgan sari ularda ma’lum ta’lim 
va kasbiy muammolarni hal etishga taalluqli ko‘nikma va malakalar ortib boradi, 
o‘tmishdagi emotsional kechinmalarini qayta eslab, qayg‘urganga qaraganda, ularni 
tahlil qilib, salbiy tusini neytrallashtirish, shuningdek, vaziyatni o‘zgartirish, harakat 
qilish muhimroqligini anglab yetadilar. Demak, yuqoridagi tahlillarga asoslanib, shuni 
ta’kidlash mumkinki, talabalarning rejalashtirishda harakat nazorat shakli vaqt o‘tishi 
bilan o‘zgarish ehtimoli yuqoriroq. Avval holatga yo‘nalganlik kuzatilgan talabalar 
vaqt o‘tib harakatga yo‘nalgan tipga aylanishi mumkin. 
“O‘quvchining milliy roli” tushunchasi milliy tarbiyani tahlil qilish uchun 
sotsiologik kalit vazifasini o‘taydi. Chunki bu tushunchaning ko‘pqirraligi milliy-
zamonaviy hayot jabhalarini, milliy tarbiya yo‘nalishlarini ilg‘ab olish imkonini 
beradi. Milliy tarbiya tizimini «milliy rol» tushunchasi orqali o‘rganish har bir o‘zbek 
o‘g‘il-qizining ilk yoshlaridan «yaxshi bola», «yaxshi aka, uka, singil, opa» yaxshi 
jiyan, tog‘a, bo‘la...»; «yaxshi mehmon, mezbon»; «yaxshi do‘st», «odobli bola» 
kabi «unvonli» munosabatga tayyorlash mexanizmini ochib beradi. Keng ma’noda 
esa o‘quvchining milliy rolini o‘zlashtirishga o‘z ichiga milliy fazilatlarni, milliy 
axloq me’yorlarini singdirish, milliy-ijtimoiy hayotga tayyorgarlik jarayonlarini ham 
anglatadi[9].
Milliy ijtimoiy rollarni tasniflash, ularning kundalik hayotda, munosabatlarda 
bajarilishini ilmiy-pedagogik kuzatish - eng zamonaviy va istiqbolli usuldir. U 
bolaning «qarshisida» turib emas, balki milliy-ilmiy kuzatish imkonini beradi. Bu esa 
tadqiqotning ob’ektiv natijalariga ega bo‘lishining asosiy shartlaridan biridir. 
Zamonaviy fanlar ijtimoiy rollarning quyidagi tasnifiga ega: tug‘ma, mavqeli 
ijtimioy rollar - sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya fanlari odam tug‘ilgandanoq 
yoki hayotning u yoki bu bosqichida kirishadigan «meros qilib olinuvchi» 
rolli(jinsiy, diniy, milliy, davlat fuqarosi, go‘daklik, o‘smirlik, yigitlik, muysafidlik); 
o‘zgaruvchan, ijtimoiy rollar - doimiy bo‘lmagan, o‘zgarishi mumkin bo‘lgan 
rollardir. Masalan, u yoki bu kasbni egallash biror uyushmaga. jamiyatga a’zo 
bo‘lish va undan chiqish, o‘zgartirish, xatto fuqaroliknn o‘zgartirish mumkin. Biroq 
tug‘ma milliy rollar (o‘zbeklik, fransuzlik va h.k.)dan chiqib bo‘lmaydi. Muayyan 
vaziyatdagi ijtimoiy rollar-yo‘lovchilik, xaridorlik, mehmonlik, mezbonlik va h.k. Bu 
guruh rollari o‘egaruvchan rollar bilan kamroq, tug‘ma rollar bilan ko‘proq aloqada 
bo‘ladi. Muayyan vaziyatdagi rollar maxsus va shaxsiy ahamiyatga egaligi tufayli 
kishini yo‘llovchi, xaridor, mexmon, mezbonga «aylantirsa», shaxsiy fazilatlari 
mohiyatidan kelib chiqib shaxsni «do‘st», «dushman». «mehribon kishi», taqvodor 
kishi», «fidoyi odam» va boshqalarga aylantiradi. Demak. shaxs tashqi muhit (tabiat, 
jamiyat, shaxslar) bilan munosabatga kirishganida milliy xususiyat (o‘ziga xos 
bo‘lgan «ukraincha», «xakascha», «gruzincha» yondashuv) kasb etadi. Bu fikr ilk bor 
nemis sotsiologi U.Gerxard tomonidan tug‘ma ijtimoiy rol sifatida taklif qilingan, 
keyinchalik Yu.A.Sorokin, Ye.A.Tarasov, N.V.Ufimsevalar tomonidan ijtimoiy fanlar 
istifodasiga kiritishga harakat qilingan edi. Lekin nazariy jihatdan asoslanganligiga 
qaramasdan milliy rolning tug‘ma meros, vorislik xususiyatini o‘rganish, rivojlantirish 
sotsialistik internasionalizm tamoyillariga mos kelmasligi tufayli rivojlantirilmadi.
Milliy tarbiyaning manbai - milliylikdir!. «Millat», «milliylik», «milliy g‘urur», 
«milliy odob», «millatlararo muloqat madaniyati» tushunchalarining o‘zagini 
arabcha «mil» so‘zi tashkil qiladi. Bu so‘z arabchada «o‘zak», «’tub mohiyat», 



Yüklə 126,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin