NATIONAL EDUCATION AS A SOCIO-PSYChOLOGICAL PROCESS
Jabborov Xazrat Xuseynovich,
Associate professor of the University of public safety of the Republic of Uzbekistan,
doctor of philosophy in Psychological Sciences
Аbstract: In this article, you can familiarize yourself with the new, systematic
approach to national education, the study of its psychological mechanisms in the
guaranteed formation of basic qualities in a child, the full emergence of socio-pedagogical
capabilities of the family, preschool education, general secondary, secondary special
vocational, higher educational institutions, neighborhoods in this issue, and raising
scientific and methodological continuity between them.
Basic concepts: education, virtue, morality, national education, national character,
idea, ideology, social processes, individual psychological characteristics, cognitive
qualities, personality orientation.
Mavzuning dolzarbligi. Har bir ishning ilmi bor, deydilar muhtaram Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoev. Tarbiyaning ham ilmi bor. Uning nomi – pedagogika. Ayniqsa go‘dak
tarbiyasi masalasida ota-onalarning bilimlari puxta, amaliy bo‘lishi - millatimiz uchun
Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
298
Education and innovative research 2023 y. №2
hayot-mamot masalasi. Zero bu davrda 20 yildan keyin keladigan avlod qanday bo‘lishi
hal qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 14 fevral kuni
maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-
tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bolalarimizni
go‘dakligidan ongi va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak
saviya, bilim va ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin bo‘ladi,
dedi.
Biz tarbiya haqida buyuk allomalarimiz aytgan yuzlab durdona fikrlarni bilamiz.
Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?, degan savolga buyuk bobomiz Abu
Ali ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq
boshlash lozim, deb javob bergan. Chunki bolaning ma’naviyatiga ham aynan shu
paytdan asos solinadi.
Bugungi yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy
talablarini qo‘ymoqda. Ushbu talablar doirasida davlatimizda ta’lim sohasida
pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaxshilanib, ta’lim sifatini oshirishning
zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda.
Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro
uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak
ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng
dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar
yoshlarni yetishtirib beradi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini milliy va zamonaviy asosda ilmiy-
texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan
kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida
shakllantirishni talab etmoqda.
Milliy tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli
shakllantirishda uning psixologik mexanizmlarini щrganish, mazkur masalada oila,
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari,
mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular
orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi.
Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat,
tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib
ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning oqibatida ularning
ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo‘lmoqda, bu
esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o‘z o‘rinlarini
topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Ayrim o‘quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o‘zini
o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli
rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham zarar ko‘rsatmoqda.
O‘zbek xalqi tarbiya an’analarida yaqinlik va masofaning muayyan nisbati
belgilangan. Go‘dakka kerakli bo‘lgan darajadagi yaqinlik aksariyat bobolar va buvilar
tomonidan ko‘rsatilgan. Chunki bobo va buvilar bola bilan ko‘proq muloqotda bo‘lib,
mehr-muhabbat bilan ularni tarbiyalaganlar.
Tarbiyaning ta’siri ostida bola uch yoshga kirganda o‘zini tuta bilishni o‘rganadi.
Mavjud odatlarga ko‘ra, farzand bu paytda butun oilaning e’tibor ob’ektiga aylanadi.
Shuning uchun ham “bola uchga kirsa – butun oila gapirishni o‘rganadi” [2], degan ibora
mashhurdir.
Ko‘p ijtimoiy psixologlar va jamoat arboblari ham go‘daklik davridagi tarbiyaning
shaxs shakllanishdagi muhim ahamiyatini ko‘rsatib o‘tganlar. Aksariyat olimlarning
xulosalariga ko‘ra, uch yoshgacha bo‘lgan go‘dak o‘zining rivojlanishida shuncha ko‘p
narsani egallaydiki, u yana shuncha bilimni o‘n sakkiz yoshga qadar egallashi mumkin
bo‘ladi [3].
|