Milliy tarbiya ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida



Yüklə 126,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix25.12.2023
ölçüsü126,34 Kb.
#195039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2404-Текст статьи-6385-1-10-20230423

Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
300
Education and innovative research 2023 y. №2
dunyoqarashlariga bog‘liq bo‘lib bormoqda.
Keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, o‘zbek xalqi tarbiya usuli 
go‘daklarni e’zozlash, kichik yoshlarida bolalarni erkin qo‘yish, ularga qattiq intizom 
talabi qo‘yilmasligi bilan ifodalangan. Tartib-intizomga bo‘lgan talabning kuchayishi 
bolaning keyingi yosh bosqichlarida (5–6 yoshdan so‘ng) amalga oshirilgan.
Shu munosabat bilan bugungi globalashuvning shiddatli va axboriy sharoitida milliy 
tarbiyaning ijtimoiy-psixologik omillari tadqiq qilish orqali oiladada farzand tarbiyasi 
uchun tayanch fazilatlarni shakllantirish, mazkur fazilatlarga ularni odatlantirish, 
tarbiyada tushuntirish/ko‘rsatish/o‘rgatish/namuna bo‘lish kabi ta’sirsan usullarni isloh 
qilish va shu orqali ma’naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb 
etadi.
Milliy tarbiya va farzand tarbiyasi haqida gap ketganda beixtiyor taniqli ma’rifatparvar 
Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo 
saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari inson e’tiborini tortadi. 
Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida ma’naviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha 
qator izlanishlar olib borishdi, har xil qiziqarli tahliliy ma’lutolar asoslandi, lekin 
bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir qaraganda e’tiborsizdek tuyiladigan, 
lekin oqibati tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, ya’ni oilada farzand 
tarbiyasiga e’tiborsizlik illati millatning ma’naviy tannazulining asosi desak hecham 
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Milliy tarbiyaga e’tiborsizlik illati bir qator qarorlarda jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-sonli , 2019 yil 3-maydagi 
PQ- 4307-sonli, 2021 yil 26 martdagi PQ- 5040-sonli Qarorlari[1] va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31-dekabrdagi 1059-sonli qarorida 
ichki tahdid sifatida qayd qilingani va mazkur holatni bartaraf qilish bo‘yicha bir qator 
vazifalar belgilanganligi bizga ma’lum.
Shu o‘rinda biz mazkur tadqiqotda yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-
psixologik omillarini bugungi kundagi ahamiyati, milliy tarbiya bo‘yicha olib borilgan 
tadqiqotlar, mazkur jarayonni bugungi ijtimoiy hayotimizdagi dolzarbligini yoritishga 
harakat qilamiz. 
Antropologlarning ilmiy xulosalari, odamzodning tashqi ko‘rinishi kechki paleolit 
- kromanonlar davri- bundan 40000 yildan buyon o‘zgarmasdan kelmoqda. Bu 
fikrning zamonaviy fanlar tomonidan tasdiqlanganligi odamning biologik evolyusiyasi 
tugallangan, degan xulosani berdi. 
Odamdagi evolyusion rivojlanishning yakunlanishi undagi madaniy rivojlanishni 
boshlab beradi. Oliy taraqqiy etgan turlarga xos bo‘lgan emotsional-instinktiv xususiyatlar 
genetik meros sifatida mavjud bo‘lib, bu xususiyatlarni chaqaloq dunyoga kelganida, 
uning rivojlanishining ilk oylarida kuzatish mumkin. Ijtimoiylashuv(sotsializatsiya) 
esa odam mohiyatini go‘daklikdan boshlab insoniylashuv, madaniylashuv tomonga 
o‘zgartira boradi.
Har bir zamon va makondagi insoniyat avlodlari o‘zining ijtimoiy-madaniy 
rivojlanishi va ijtimoy normalarini ishlab chiqish jarayonida o‘z ajdodlarining milliy 
xarakter va milliy qadriyatlarini ijodiy o‘zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi 
va o‘zgartiruvchilik xususiyatini namoyon qilib boradi. Har bir avlodning ana shunday 
ijtimoiy reproduktiv burchlarini amalga oshirilishi ijtimoiy barhayotlikni va insoniyat 
taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. Demak, 
ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-pedagogik nuqtai-nazardan har bir avlod vakillari tarixiy, 
ijtimoiy, madaniy-milliy ko‘rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi milliy tarbiyaning 
mahsulidir.
Mazkur masaladagi izlanishlarimiz va kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, barcha 
davrlarda milliy xarakter va milliy tarbiyani o‘rganishda tadqiqotchilar turli xalqlarning 
bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning 
milliy jihatlariga e’tibor berilgan. Qadim zamonlarda ham tarixchilar, sayyoxlar, qomusiy 



Yüklə 126,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin