Milliy tarbiya ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida



Yüklə 126,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix25.12.2023
ölçüsü126,34 Kb.
#195039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2404-Текст статьи-6385-1-10-20230423

Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
302
Education and innovative research 2023 y. №2
etnoslarda ularning o‘zlarigagina xos milliy xarakter mavjud: shaxsning milliy xarakteri 
ustivor psixologik hodisa bo‘lib, bu uning milliy xulq-atvorida namoyon bo‘ladi; ana 
shu ko‘rsatkichlarga asoslanib. u yoki bu xalqqa, millatga mansub kishilar xarakterining 
modelini - o‘rtacha milliy xarakter namunasini yaratish mumkin, degan xulosalarni 
asoslaydi.
Bir millatga mansub kishilar uchun umumiy bo‘lgan fazilatlarni o‘zida 
mujassamlashtirgan namunaviy milliy shaxs siymosi mavjudligini birinchi bo‘lib 
A.Kardiner qayd qiladi. U «milliy shaxs»ning shakllanishida eng avvalo oilaning milliy 
tarbiyaviy ta’sirini, undan keyin ijtimoiy tarbiya omillarining yetakchi rolini alohida 
qayd qildi.
AKSh etnopsixologlari ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya va g‘arbiy 
Germaniya aholisining mentalitetini o‘rganib, millat uning qadriyatlar tizimi, muloqat 
shakllari va boshqa ko‘rsatkichlari milliy madaniyat ta’sirida shakllanishini asosladilar. 
Turli mintaqalarda o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarining umumlashtirilishi: 
muayyan xalqqa xos dunyoqarash, turmush tarzining mavjudligi–xalqlarning turli 
«namunalari»ni xosil qiladi: turli “namunalar”ning mavjudligi esa bolalarni tarbiyalashda 
o‘ziga xoslikning mavjudligiga, qadriyatlar tizimining kattalar xulq-atvorida aks etishiga 
bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi.
Biroq, o‘tkazilgan etnografik va etnopsixologik tadqiqotlar bir xalqning milliy 
xarakterini o‘rganayotgan olimning boshqa madaniyatga mansubligi, o‘rganayotgan 
millat madaniyatidan yaxshi xabardor emasligi natijasida tadqiqot ma’lumotlarini 
talqin qilishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishini ko‘rsatdi. 50-yillarda amerika 
etnopsixologiyasining milliy xarakter konsepsiyasiga nisbatan bildirilgan tanqidiy 
fikrlarining bosh sababi ham shunda edi. Bu tanqid milliy xarakter kotsepsiyasiga xos 
ob’ektiv mohiyatni o‘zgartirmadi, aksincha, tadqiqot uslubiyatini takomillashtirishga 
turtki bo‘ldi, xolos.
Bizningcha har bir millatda, mamlakatda davom etayotgan tarbiyaviy jarayon 
umuminsoniy tarbiya tizimining tarkibiy qismidir. Demak, har bir davlatda olib 
borilayotgan siyosat kabi, tarbiya siyosati ham umumbashariy ehiyojlardan kelib chiqib 
muvofiqlashtirilmog‘i kerak. Chunki insoniyat sivilizatsiyasi taqdiri barcha xalqlarga bir 
xil qimmatlidir. 
Bugungi kunda milliy qadriyatlarimizga rahna solib turgan mahalliychilik, urug‘-
aymoqchilik, erta turmush, farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik, milliy qadriyatlarga 
e’tiborsizlik, yoshlar orasidagi jinoyatchilik va korrupsiya kabi ichki tahdidlar, terrorizm, 
ekstremizm, separatizm, radikalizm, kosmopoltizm, giyohvanlik, odam savdosi va 
“ommaviy madaniyat” kabi tashqi tahdidlarni «milliy tarbiya fazilatlarini kuchaytirish 
orqali mustahkam mafkuraviy immunitet»ga erishmay turib bartaraf qilish qiyindir. 
Etnopsixologlarning bergan xulosalariga ko‘ra, milliy psixologiyani aynan o‘sha 
etnos vakillarining faoliyat, xulq-atvor va muloqatlari jarayonlari orqali o‘rganish 
mumkin. Bizningcha, milliy tarbiya jarayoning pedagogik-psixologik xususiyatlarini 
o‘rganish uchun ham aynan shu yo‘ldan bormoq samaralidir. Zero milliy tarbiya (ichki) 
milliy va millatlararo (tashqi) munosabatlarning muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat 
qiladi. Milliy tarbiya jarayonida makondagi muqimlik va milliy-madaniy jipslikni, 
birlikni ta’minlovchi etnik, milliy ma’lumotlar sinxron va diaxron shaklda avloddan 
avlodga uzatiladi. 
Shunday qilib, faqat shu millatgagina xos bo‘lgan o‘ziga xos tarbiyaviy tizim ushbu 
millatning boshqa millatlardan farq qilishini, ichki yaxlitligini, benazirligini ta’minlaydi. 
Shu o‘rinda bugungi ijtimoiy psixologiyada har bir millat yoki har bir avlodni milliy 
tarbiya fazilatlariga odatlantirishda psixodiagnostik metodlar orqali uni monitoring qilib 
borish, yangi avlod vakillarida milliy tarbiya fazilatlarini singdirish ishlarida qo‘l keladi 
degan umidamiz.
Agarda milliy tarbiya e’tiborsiz qoldirilsa, stixiyali tarzda kechsa, xalqning milliy 
o‘zligini anglash darajasi, milliy g‘ururi, madaniyati, vatanparvarlik darajasi susaya 


Образование и инновационные исследования (2023 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
303
http://interscience.uz
boradi. Chunki har bir individ o‘ziga xos milliy-madaniy an’analar, me’yorlari bo‘lgan, 
ya’ni bugungi ijtimoiy psixologik tushunchalar bilan aytganda ijtimoiy norma, ijtimoiy 
qoida, ijtimoiy qonuniyat va ijtimoiy talablar asosida o‘zi yashab turgan jamiyatida 
shakllanadi. Ana shu urf-odat, me’yorlar, an’analar ruhida ijtimoiylashuvi uni ana 
shu madaniy-tarixiy birlikning a’zosiga aylantiradi. Bu jarayonni boshqacha tarzda 
chakaloqning yo fransuz, yo hind, yo o‘zbek bolasiga, o‘smirga aylanish jarayoni deb 
ham ifodalash mumkin. Chaqaloqning (milliy tarbiya ob’ekti sifatida) o‘zbek sifatida 
shakllanishi o‘zbeklar uchun an’anaviy bo‘lganligi tufayli ko‘zga tashlanmaydi, 
tadqiqotlar shuni qayd qilmoqdaki, shaxs madaniylasha (ukrainlasha, arablasha, 
o‘zbeklasha...) borar ekan, bu milliylashuv jarayoni milliy-ijtimoiy rollar talablaridan 
kelib chiqib, jamiyatning uzluksiz nazorati ostida amalga oshadi. “Milliy-ijtimoiy rol” 
tushunchasi, zamonaviy ijtimoiy rollar sotsiologik konsepsiyasi va I.S.Konning (132) 
ijtimoiy rolga bergan ta’rifidan foydalangan holda milliy rolni muayyan milliy birlik 
ichida an’anaviy ma’qullangan, shu millatga mansub a’zolaridan ularning yoshi, jinsi 
va muayyan vaziyatdan kelib chiqib kutiladigan xulq-atvor namunasi» deb ta’riflash 
mumkin.
Metodika. Talabalarda harakatni amalga oshirishda holatga va harakatga 
yo‘nalganligi. Tadqiqotimizda talabalarning holatga yoki harakatga yo‘naltirilganligini 
aniqlash uchun mazkur metodikadan foydalandik. Olingan natijalar 1-jadvalda aks 
ettirilgan. 

Yüklə 126,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin