o’zgaruvchan -doimiy bo’lmagan, o’zgarishi mumkin bo’lgan ijtimoiy rollar. (Masalan, u yoki bu kasbni egallash, biror uyushmagan, jamiyatga a’zo bo’lish va undan chiqish mumkin, hatto fuqarolikni ham o’zgartirish mumkin. Biroq tug’ma milliy rollar (o’zbeklik, frantsuzlik va h.k.)dan chiqib bo’lmaydi.)
Muayyan vaziyatdagi ijtimoiy rollar — yo’lovchilik, haridorlik, mehmonlik, mezbonlik va h.k. rollari o’zgaruvchan rollar bilan kamroq, tug’ma rollar bilan ko’proq aloqada bo’ladi. Muayyan vaziyatdagi rollar mahsus va shahsiy ahamiyatga egaligi tufayli kishini yo’lovchi, haridor, mehmon yohud mezbonga «aylantirsa», shahsiy fazilatlar mohiyatidan kelib chiqib shahsni «do’st», «dushman», «mehribon kishi», «taqvodor kishi», «fidoyi odam» va boshqalarga aylantiradi. Demak, shahs tashqi muhit (tabiat, jamiyat, shahslar) bilan munosabatga kirishganida milliy hususiyat (o’ziga hos bo’lgan «ukraincha», «hakas-cha», «gruzincha» yondashuv) kasb etadi. Bu fikr ilk bor nemis sotsiologi U. Gerhard tomonidan tug’ma ijtimoiy rol sifatida taklif qilingan, keyinchalik YU.Sorokin, E.Tarasov, Ufimtsevalar tomonidan ijtimoiy fanlarga kiritilgan edi. Lekin, nazariy jihatdan asoslanganligiga qaramasdan, milliy rolning tug’ma meros, vorislik hususiyatini o’rganish, rivojlantirish sotsialistik internatsionalizm tamoyillariga mos kelmasligi tufayli rivojlantirilmadi. Dinning insoniyat ma’naviyatida tutgan roli beqiyosdir. SHu bois pedagogika barcha millatlarda sodir bo’lgan dinga qiziqishning, diniylikning tiklanayotganligiga e’tibor qilmog’i kerak. CHunki din — dunyoqarashni tash-kil qiluvchi ongning tarkibiy qismidir. Dinda inson, uning mohiyati, milliyligi haqida mulohazalarning ulkan, yahlit tajribasi mavjud. Uning vazifasi e’tiqod orqali inson, jamiyatning ruhiyatini uyg’unlashtirib, tarbiyalashdir. Ana shu nuqtai nazardan har bir din — o’zi asoslagan ma’naviy ta’lim va ahloqiy tarbiya tizimidir. Bu, odatda, muayyan dinga mansub halqparvar millatlar (masalan, islom diniga mansub arab, tatar, tojik, turk, qozoq, o’zbek va boshqalar)ning umumdiniy yoki baynalminal ma’naviyati va ahloqini hosil qilib kelgan.