2. Millatning paydo bo’lishi, rivojlanishini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar bilan belgilash, o’lchash nisbiydir. CHunki «millat» tushunchasi millatning mavjudligi haqidagi hujjatdir. Bu tushuncha esa qadimiy bo’lib, bizning keyingi talqinlarimiz, uning asl mohiyati qandayligidan emas, balki bizga qanday tushunti-rilganidan kelib chiqqanligi tufayli sub’ektivdir. Zero, millat, o’ziga hos barcha hususiyatlari bilan birlamchi, bizning talqinlarimiz esa ikkilamchidir. Ana shu nuqtai nazardan millatlarning paydo bo’lishi haqidagi diniy qarashlar ham pedagogik diqqatga sazovordir.
Qur’oni karimning Baqara, YUnus, Hud, Nahd suralarida odamlarning dastlab bir millatga mansub bo’lganliklari, so’nfa esa bo’linib ketganliklari haqidagi fikr bir necha bor qayd qilinadi. Kur’oni karim har bir mo’min kishini o’z milliy qadriyatlarini boyitishga, o’z millatidan kechib, boshqa millat qo’shimchasiga aylanib ketmaslikka chaqiradi: «Va sizlar bir millat boshqa millatdan (son yo boylik jihatidan) ortiqroq bo’lgani uchun qasamlaringizni (buzib) aldov vositasi qilishingiz bilan(ya’ni, boshqa boyroq va kuchliroq qavmni topsangiz, avvalgi qasamlaringizdan kechib ketaverishingiz bilan) huddi o’zi to’qigan narsasini pishiq-puhta bo’lganidan so’ng parcha-parcha buzib-chuvatib tashlagan hotinga o’hshab qolmangiz! Albatta, Olloh bu (ahdga vafo qilishga buyurish) bilan sizlarni imtihon qilur va albatta qiyomat kunida sizlarga ihtilof qilib o’tgan narsalaringizni bayon qilib berur».
Qur’oni karimdagi ushbu ishoradan kelib chiqib, milliy tarbiya yosh avlodlarda o’z va o’zga halklarga hurmat, milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy va millatlararo muloqot odobi kabi fazilatlarni shakllantiradi va o’zbek halqini ma’naviy va moddiy jihatlardan boy millatga aylantirishga hizmat qiladi, deya olamiz.