Milliy tarbiyaning manbai—milliylik! «Millat», «milliylik», «milliy g’urur», «milliy odob», «millat-lararo muloqot madaniyati» tushunchalarining o’zagini arabcha «mil» so’zi tashkil qiladi. Bu so’z arabchada «o’zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini anglatadi. «Millat» so’zi esa bir necha ma’noni: 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi; 3) halq ma’nolarini anglatadi.
«Millat», «milliylik» tushunchalarining talqini bilan tanishar ekanmiz, ularning g’arbona va sharqona tarzlari bor ekanligini ko’ramiz. Aniqrog’i, g’arbiy talqin hristian, sharqiy talqin esa islomiy o’zaklarga borib tutashadi. YA’ni Ovrupo halqlari tillariga «millat» tushunchasi lotincha «paydo»—qabila, halq sifatida hristian dini bilan birga kirib kelgan bo’lsa, Osiyoga esa islom ta’limoti orqali yuqoridagi uch hil ma’noda kirib kelib singdi. «Tarbiya» so’zi «milliy tarbiya» tushunchasining tarkibiy qismi bo’lganligi tufayli bu tushunchaga ham yangicha yondoshgan holda, holis ilmiy-pedagogik ta’rif bermoq kerak. Arabcha «tarbiya», «tarbiyat» so’zlari 1) parvarish qilmoq; ta’lim bermoq; o’rgatish; odob o’rgatish; 2) navozish, mehribonlik ko’rsatish: ko’z-quloq bo’lish; himoya qilish kabi ko’p qirrali mazmunga ega. «Tarbiyachi» esa shu ko’p qirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi odam, demakdir. Demak, milliy tarbiyaning lug’aviy ma’nosini «yosh avlodlarni o’z halqiga hos milliy fazilatlar namunasida shakllantirish, ta’lim bermoq» sifatida aniqlash mumkin.Iudaizm, hristianlik, budda va islom dinlari — o’ziga hos tarbiya manbaidirlar. SHu nuqgai nazardan milliy tarbiyaning mohiyatini diniy unsursiz mukammal deb bo’lmaydi. CHunki har bir din, payg’ambarning vazifasi — odamlarni tarbiyalash, ba’zida esa, qayta tarbiyalashdan iborat bo’lib kelgan. Masalan, hristian pedagogik falsafasi «dindan ajratilgan ta’lim-tarbiya ma’naviyatdan ayrilishga, ta’lim-tarbiyadan ajratilgan din esa hurofotga aylanishga mahkumdir» deb hisoblaydi. SHu bilan birgalikda hristian ruhoniylari ahloqiy qadriyatlarning e’tiborsizlana borishi tufayli «hamma narsani sotish va sotib olish mumkin» bo’lib qolganligi, «mening vatanim boshqa erda» deguvchi vatan taqdiriga befarqlik namunalarini, pornografiya tashkilotchilarini tanqid qilib, o’z huqumatlariga ma’rifiy yordam bermoqdalar».