2-mavzu: Milliy g’oya va ma’nviyatga oid fanlarni o’qitishning o’ziga hos hususiystlari. Milliy g’oya va ma’nanaviy tarbiyaning asosiy yo’nalishlari
Reja:
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ilgari surgan fikr va g‘oyalarning ilmiy tavsifi.
Ma’naviy-mafkuraviy ishlarni milliy taraqqiyot tamoyillari va manfaatlari asosida (g`oyaviy-nazariy darajada) sistemali tashkil qilish zarurati.
Milliy g‘oya va ma’naviy tarbiyaning asosiy ustuvor yo‘nalishlari.
Ma’naviy axloqiy g‘oyalar, ularning mazmun va mohiyati.
6. Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi tamoyilining milliy g‘oya tamoyillari bilan uyg‘unligi.
1-masalaning bayoni: Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Chunki, bu fanlar ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning maqsad-muddaolari va orzu-intilishlarini, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizning shakllanib kelayotgan milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini fanning xususiyatlari nuqtai nazaridan chuqur va atroflicha o‘rgatadi. Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o‘sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog‘bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo‘l bilan amalga oshirish lozim. Chunki “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”1.
Mamlakatimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etishda, bizga yot va begona mafkuralar tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish, g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va nihoyat, yurtning yuksak taraqkiyotini ta’minlash –milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni shakllantirish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Bu fanlarni o‘rganishni taqoza etadigan umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlar mavjud. Umumiy qonuniyatlar turli xalqlar, mamlakatlar, jamiyatlar hayotida amal qiladigan umumiy asosga ega bo‘lgan ichki zaruriy bog‘lanishlar bo‘lib, u jamiyat va mafkuralar (g‘oyalar) ning bir-birlari bilan uzviy bog‘liqligi qonunidir. Jamiyat mafkurasiz, maqsadsiz yashay olmaydi. Demak, birinchidan mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa, odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin. Buni isboti uchun xoh tarixdan, xoh zamonamizdan ko‘plab misollar keltirish qiyin emas.1 U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir. Qolaversa inson hayotida ma’naviy mezonlar ham muhim o‘rin tutadi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov “Ma’naviyat-insoniyatning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-quvvatidir», degan edi. Binobarin, jamiyatning, insonlarning ma’naviy madaniyati qancha yuksak bo‘lsa Vatanimiz O‘zbekiston shuncha tez mustahkamlanib boradi, boshqa ijtimoiy muammolarni hal qilish osonlashadi.
Yaponiya qazilma boyliklari, yer-suvi bilan gullab yashayotgani yo‘q, u ma’rifati, aqli tarixi bilan XX asrda ustivor bo‘lib turibdi. Ma’naviy qashshoq xalq qachon boy bo‘lmaydi. O‘z huquqini bilmagan, o‘z qonunlari kuchini anglab yetmagan va tushunishni istamagan insoning shon-shavkati tuproq bilan tengdir.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 1997 yil 29 avgustida Oliy Majlisining 9-sessiyasida «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida «har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan balki birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir» degan edilar. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatmizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta’lim tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Bu ma’naviy mezonlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi ota-bobolarimizning necha-necha avlodlari tajribasi davomida yuzaga kelgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singib kelgan.
Dostları ilə paylaş: |