Birinchidan: ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch qudratidir;
Ikkinchidan: jamiyatni ma’naviy yangilashdan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish va komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millataro totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi ko‘p-ko‘p muhim masalalardan iborat.
Uchinchidan:ma’naviyatni rivojlantirish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga ega;
To‘rtinchidan: mustaqilikning uch tayanchi: mustaqil milliy siyosat, iqtisodiy qudrat va xalq ma’naviyati bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro uyg‘un rivoji ta’min etilsagina, O‘zbekiston buyuk yurt sifatida jahon hamjamiyatidan o‘z munosib o‘rnini egallay oladi.
Milliy g’oya va ma’nanaviy tarbiyaning asosiy yo’nalishlari 1-masalaning bayoni: Jamiyat taraqqiyotining har qanday bosqichlarida «inson sifati»ni, jamiyat xarakterini belgilaydigan g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Boshqa ijtimoiy munosabatlarning yo‘nalishlari shu jarayonning xarakteriga mos kelgan. Shu jumladan, hozirgi davrda mafkuraviy jarayonlarning intensivlashib, universallashib va globallashib borishi bilan, «inson sifatlari»ni (jamiyat mazmunini belgilovchi ma’naviy-madaniy omillar tizimida) o‘rganishda ideologiyaning ahamiyati o‘zgacha xarakter kasb etmoqda.
Shaxsning «mafkuraviy sifati», xususan g‘oyalar haqidagi nazariy bilimlarining ilmiylik darajalari jamiyatni barqaror rivojlantirishdan iborat kundalik amaliy vazifalarni bajara bilish malakalariga mos keladi. Lekin, shu bilan birgalikda, g‘oyaviy—mafkuraviy munosabatlarga doir yetarli nazariy bilimlarga, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan shaxs yoki ijtimoiy birliklarning «mafkuraviy sifatlari»ni yuqori, deb baholab bo‘lmaydi.
Jamiyat va shaxs mafkuraviy sifatlarini o‘rganadigan ideologiya paradigmalarining ilmiyligini, hayotiyligini belgilaydigan asosiy mezonlaridan biri — umuminsoniyat ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olgan holda, shaxsni o‘zgartirish orqali jamiyatni o‘zgartirishdir. Boshqacha aytganda, «mafkuraning hayotiyligi uning xalq, jamiyat turmushi va tafakkur tarziga nechog‘li mos bo‘lishi, eng muhimi, jamiyatning milliy manfaatlarini, orzu—intilishlarini qay darajada aks ettirishi bilan o‘lchanadi. Faqat shunday mafkuragina hayot va davr sinovlariga bardosh beradi, odamlar unga ishonib, o‘zining iymon-e’tiqodi sifatida qabul qiladi. Shundagina u eng zamonaviy quroldan ham ko‘ra kuchli ruhiy-ma’naviy qudrat kasb etadi».1 Zero, O‘zbekistonning milliy mafkurasi mamlakatimizning mana shu mintaqada, yon-atrofdagi davlatlar orasida va jahon miqyosida o‘ziga munosib o‘rinni, yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘zining ixtisosini to‘g‘ri va xolisona anglab, shu asosda izchil harakat qilishimiz uchun xizmat etishi zarur. (Islom Karimov:“Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin” asaridan). Shu o‘rinda m illiy g‘oya va ma’naviy tarbiyaning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish zarur. Ularni shartli ravishda quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarga ajratish mumkin: