2-mavzu: Milliy g’oya va ma’nviyatga oid fanlarni o’qitishning o’ziga hos hususiystlari


Milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari



Yüklə 34,13 Kb.
səhifə7/8
tarix20.03.2023
ölçüsü34,13 Kb.
#88818
1   2   3   4   5   6   7   8
2-maruza

Milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari deb, uning shakllanish xususiyatlari va amal qilish usullarini imkoniyatlari va yo‘llarini belgilab beradigan yo‘nalishlarga aytiladi. Bunday yo‘nalishlar ko‘p va har biri keng qamrovlidir. Milliy g‘oya quyidagi asosiy tamoyillarga ham asoslanadi:

  • mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning hududiy yaxlitligi va sarhadlar daxlsizligini ta’minlashga yordam berish;

  • qonunning ustuvorligi, demokratiya va o‘z-o‘zini boshqarishning hayotda mustahkam o‘rin egallayotganiga asoslanganlik;

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga tayanish;

  • xalqaro huquq qoidalariga mos kelishi;

  • davlatning bosh islohotchi ekanligi va mamlakatda ijtimoiy barqarorlikning ta’minlanishi;

  • o‘tish davrida aholining ijtimoiy himoyalanganligi;

  • jamiyat hayoti barcha sohalarining erkinlashuvi, islohotlarning tadrijiylik tamoyillariga xizmat qilishi.

O‘zbekiston ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makon, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatning eng ko‘hna o‘choqlaridan biridir.
Bu zaminda jahonni hayratga solgan buyuk svilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga mansub qadriyat va an’analar shakllangan. Qadimgi yunon faylasufi Geraklit bu yurtni «falsafiy tafakkurning beshigidir» deb e’tirof etgan.
Ta’lim–tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi komil inson tarbiyasidir. Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi, davlat va jamiyat nazoratidagi umummilliy masaladir. Ta’lim va tarbiya bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan uyg‘unlikda olib borilishi lozim.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlar, O‘zbekistonRespublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ilgari surgan fikr va g‘oyalar, ma’naviy-mafkuraviy ishlarni milliy taraqqiyot tamoyillari va manfaatlari asosida (g`oyaviy-nazariy darajada) sistemali tashkil qilish, madaniy –ma’rifiy yuksaklik, ijtimoiy –didaktik taraqqiyot, falsafiy-pedagogik o‘sish, iymon-e’tiqodning butunligi, milliy axloq -odob meyorlariga to‘la rioya qilish, ilm –ma’rifatli bo‘lish, insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, milliy qadriyatlarga muhabbat, fidoyilik, mardlik jasurlik tashabbuskorlik.
Milliy ong, milliy iftixor, milliy tafakkur, Milliy g‘oya ta’limining asosiy ustuvor yo‘nalishlari, axloq, axloqiy ong, axloqiy hissiyot va axloqiy hatti-harakatlar, axloq tuzilmasi , ma`naviy-axloqiy g‘oyalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari, urf-odat, an’ana va marosimlar, ma’rifat, ta’lim tarbiya, diniy qadriyatlar, axloqiy fazilatlar, madaniy yodgorliklar, osori atiqalar, qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy meros va tarixiy xotira, san’at va milliy adabiyot asarlari.



Yüklə 34,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin