Milliy universitetining jizzax filiali


Mazkur hisoblab chiqarilgan joriy to`lovlar quyidagi muddatlarda to`lanadi



Yüklə 88,58 Kb.
səhifə11/11
tarix24.12.2023
ölçüsü88,58 Kb.
#191597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
soliqjoriy 4

Mazkur hisoblab chiqarilgan joriy to`lovlar quyidagi muddatlarda to`lanadi:
-mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining to`rtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay;
-mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to`lovchilar tomonidan - yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining o`n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Soliq davri mobaynida mo`ljallanayotgan soliq solinadigan baza o`zgargan taqdirda, soliq to`lovchi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to`g`risida aniqlashtirilgan ma`lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy to`lovlarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning o`zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davrida to`lanishi lozim bo`lgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi joriy to`lovlar hisobga olingan holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay byudjetga o`tkaziladi.
Soliq davrida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo`yicha joriy to`lovlar summasi hisob-kitobga ko`ra byudjetga to`lanishi lozim bo`lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to`lovlarni yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.O`zbekiston Respublikasining norezidentlari bo`yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda davlat soliq xizmati organlari tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:O`zbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaning soliq bo`yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulk to`g`risidagi ma`lumotnomani hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvaridan kechiktirmay taqdim etishi shart. Тaqdim etilgan ma`lumotnoma asosida davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi hisob-kitobini o`n kun ichida amalga oshiradi va to`lov xabarnomasini yozib beradi;
O`zbekiston Respublikasining ko`chmas mulkka ega bo`lgan norezidentlariga ko`chmas mulk joylashgan yerdagi O`zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari soliq to`lovchining yoki ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organning ma`lumotlari asosida to`lov xabarnomasini yozib beradi.Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O`zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay to`lanishi kerak.
Yüklə 88,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin