Milliy universitetining jizzax filiali


Mol-mulk solig`i to`lovchilari, soliq ob`ekti, bazasi va soliq stavkasi



Yüklə 88,58 Kb.
səhifə2/11
tarix24.12.2023
ölçüsü88,58 Kb.
#191597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
soliqjoriy 4

2. Mol-mulk solig`i to`lovchilari, soliq ob`ekti, bazasi va soliq stavkasi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lovchilar quyidagilardir:
-O`zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo`lgan yuridik shaxslar - O`zbekiston Respublikasining rezidentlari;
-O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va (yoki) O`zbekiston Respublikasi hududida o`z mulkida ko`chmas mulkka ega bo`lgan yuridik shaxslar - O`zbekiston Respublikasining norezidentlaridir. Agar ko`chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo`lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo`lsa, shu shaxs soliq to`lovchidir. O`zbekiston Respublikasi norezidentining faoliyati Soliq kodeksning 20-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan faoliyat deb e`tirof etiladi.
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lovchilar bo`lmaydi:
-notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lovchilar hisoblanadi;
- soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Soliqqa tortishning alohida rejimi o`rnatilgan ayrim toifadagi korxonalarga, jumladan yagona yer solig`ini to`lovchi qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar, yagona soliq to`lovini to`lovchi miqrofirma va kichik korxonalar hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shuningdek notijorat tashkilotlar uchun ularning asosiy faoliyati bo`yicha mol-mulk solig`ini to`lash tatbiq etilmaydi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda, mulkida, xo`jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulkka ega bo`lgan va o`z majburiyatlari bo`yicha mol-mulki bilan javob bera oladigan hamda mustaqil balans va hisob-kitob varag`iga ega bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tushuniladi.

Yüklə 88,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin