Milliy universitetining jizzax filiali


Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i



Yüklə 88,58 Kb.
səhifə5/11
tarix24.12.2023
ölçüsü88,58 Kb.
#191597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
soliqjoriy 4

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i
*) Belgilangan (me`yoriy) muddatlarda ishga tushirilmagan, tugallanmagan qurilish va uskunalar qiymatiga pasaytirilgan stavkalar qo`llanilmaydi.
Izoh.
Me`yoriy muddatlarda o`rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig`i ikki baravar stavka miqdorida to`lanadi.
Eksport mahsulot ishlab chiqaradigan va uni mustaqil ravishda sotadigan yoki ixtisoslashgan tashqi savdo birlashmalari va firmalari orqali sotadigan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy bo`linmalari hisoblangan korxonalar uchun sotishning umumiy xajmida o`zi ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmatlar) ning eksportdagi ulushiga bog`liq holda mol-mulk solig`ining tabaqalashtirilgan stavkalari belgilangan.
Mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga berilgan imtiyoz savdo-vositachi korxonalarga, shuningdek, erkin almashtiriladigan valyutaga xom-ashyo tovarlari – paxta tolasi, ip gazlama, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, rangli va qora metallarni eksport qiladigan ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq etilmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi «O`zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risida»gi PQ-1449-sonli qaroriga ko`ra, Eskirgan asbob-uskunalar o`z vaqtida almashtirilishini rag`batlantirish maqsadida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar uchun (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) foydali ish muddati tamom bo`lgan to`liq eskirgan asbob-uskunalardan foydalanganlik uchun dastlabki qiymatning 0,25 foizi miqdorida to`lov joriy qilingan.Hozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga ishlatib kelinayotgan to’liq eskirgan asbob-uskunalar uchun to’lovni undirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 21 fevralda ro’yxat raqami 2199-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Ishlatib kelinayotgan to’liq eskirgan asbob-uskunalar uchun to’lovni undirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasining Qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida olib boriladi.
To’lov summasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Yüklə 88,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin