Milliy universitetining jizzax filiali


Ma`lumot sifatida eslatamiz, 2013 yil 1 yanvardan boshlab nomoddiy aktivlar mol-mulk solig`ining ob`ektidan chiqarilgan



Yüklə 88,58 Kb.
səhifə4/11
tarix24.12.2023
ölçüsü88,58 Kb.
#191597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
soliqjoriy 4

Ma`lumot sifatida eslatamiz, 2013 yil 1 yanvardan boshlab nomoddiy aktivlar mol-mulk solig`ining ob`ektidan chiqarilgan.
Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining soliqqa tortish bazasi bo`lib:
a) asosiy vositalarning o`rtacha yillik qoldiq qiymati (shu jumladan moliyaviy ijara (lizing)shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalar) Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang`ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to`lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi o`rtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
b) normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish ob`ektlari va ishga tushirilmagan asbob-uskunalar bo`yicha - tugallanmagan qurilishning va o`rnatilmagan asbob-uskunalarning o`rtacha yillik qiymati.
c) O`zbekiston Respublikasi norezidentlari uchun ko`chmas mulk ob`ektlariga nisbatan ushbu mol-mulkning o`rtacha yillik qiymati soliq solinadigan baza hisoblanadi.
Soliq solish ob`ektlarining o`rtacha yillik qoldiq qiymati (o`rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko`ra soliq solish ob`ektlarining qoldiq qiymatlarini (o`rtacha yillik qiymatlarini) qo`shishdan olingan summaning o`n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Mazkur jarayonni quyidagiformula orqali ifoda etsak bo`ladi:


Mol-mulkining o’rtacha
yillik qoldiq qiymati

ллик qолдиq qиймати

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining soliqqa tortiladigan bazasini aniqlash uchun korxona balans aktivida aks ettiriladigan asosiy vositalarning eskirishini chegirgan holda, buxgalteriya hisobining quyidagi hisobvaraqlari bo`yicha summalar qabul qilinadi:


1. Asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0100);
2. Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0300);
3. Тugallanmagan qurilishni (belgilangan muddatlarda qurilishi tugallanmagan ob`ekt qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0800);
4. O`rnatishga mo`ljallangan uskunani (me`yoriy muddatlarida o`rnatilmagan uskuna qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0700).
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lovchi tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo`lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmog`idan kelib chiqqan holda aniqlanadi.Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining stavkasi har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2015 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i stavkasi 4,0 foiz miqdorida belgilangan. 9.1-jadval

Yüklə 88,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin