Milliy universitetining jizzax filiali


Mol-mulk solig`ini hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va byudjetga to`lash tartiblari



Yüklə 88,58 Kb.
səhifə10/11
tarix24.12.2023
ölçüsü88,58 Kb.
#191597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
soliqjoriy 4

5.Mol-mulk solig`ini hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va byudjetga to`lash tartiblari
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to`lovchi - O`zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Agar ko’chmas mulk soliq to’lovchining soliq bo’yicha hisobga olish joyida joylashmagan bo’lsa, hisob-kitob ko’chmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-4453-sonli Farmoniga muvofiq, 2013 yil 1 yanvardan boshlab,yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi Davlat soliq xizmati organlariga yilda bir marta taqdim etish belgilandi. Mazkur tartib amaldagi Soliq kodeksiga kiritildi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq bo`yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Soliq davri mobaynida soliq to`lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo`yicha joriy to`lovlar to`laydilar.
Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to’lovchilar joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay, davlat soliq xizmati organlariga mo’ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (tegishli yil uchun mol-mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o’rtacha yillik qiymatidan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha majburiyatlari soliq davrida yuzaga kelgan soliq to’lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar.

Yüklə 88,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin