Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati. Galenit deyarli faqat gidrotermal konlarda tarqalgan. Galenit doimo sfalerit ZnS bilan bir paragenezisda uchrashi juda ham xarakterlidir. Galenit bilan bir assotsiatsiyada uchraydigan boshqa mineralla: arsenopirit, pirit, xalkopirit, aynama ma’danlar, kumush, qo‘rg‘oshin, mis sulfosollari va boshqalar. Konlari, Xandiza, Uchquloch, Qo‘rg‘oshinkon (O‘zbekiston), Ad-rasman, Oltin-topkan (Tojikiston), To‘rlan (Qozog‘iston), Sadom (SHimoliy Kavkaz) va Missuri (AQSH). Galenit eng muhim qo‘rg‘oshin ma’danidir. Xarbiy soxada, tipografiya metali tayyorlashda, kislota chidamli apparatlar ishlashda, ovchilikda, rentgen va radiy nurlaridan himoya qilishda va boshqa soxalarda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin tuzlari bo‘yoqchilikda va meditsinada ishlatiladi.
Sfalerit – ZnS Minerallning nomi yunoncha "sfaleros" - aldamchi so‘zidan olingandir. Sfaleritning xillari, kleyofan-oq rangli yoki rangsiz (deyarli butunlay aralashmalardan holi) bo‘lgan xili; marmatit-sfaleritning qora rangli temir aralashgan xili, pshibramit – qadimgi boy (Sd 5%gacha) xili bor.
Singoniya , simmetriya ko‘rinishi, fazoviy guruxi
Kubik; geksatetraedrik ZL244L36R. Ko‘pincha tetraedr qiyofasida uchraydi.
Rangi. Qoramtir yoki jigar rang; ko‘pincha qora (marmatit), kamdan-kam sariq, qizil va yashilroq bo‘ladi. Butunlay rangsiz - shaffof xi-li (kleyofon) ham bor. Uning chizig‘i oq yoki och sariq va qoramtir, temirga boy turi jigarrang chiziq beradi.
YAltirashi. Olmossimon.
Qattiqligi 3-4.
Solishtirma og‘irligi 3,9-4
Mustahkamligi. Mo‘rt
Ulanish tekisligi [110] bo‘yicha o‘ta mukammal.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy axamiyati.
Sfalerit konlarining eng ko‘pi doimo o‘zi bilan bir assotsiatsiyada topiladigan galenit kabi gidrotermal konlarda uchraydi. Ayrim sulfid ma’danli konlarda xalkopirit bilan paragenetik bog‘langan bo‘ladi. Gale-nit, pirit, markazit, xalkopirit, kalsit, dolomit bilan bir assotsia-siada uchraydi. Konlari Xandiza, Uchkulach, Qo‘rg‘oshinkon (O‘zbekiston), Oltin – Topkan (Tojikiston), Pshibram (Slovakiya). Binnetalda (SHveysariya), Santander (SHimoliy Ispaniya). Sfalerit rux uchun asosiy ma’dandir. Sfalerit ma’danlaridan yana Cd, Jn, Ga kabi qimmatbaho nodir metallar ham ajratib olinadi. Asosan metall buyumlarni rux bilan ishlatiladi.