Minerallar jadvalini tuzish va mineralni o‘rganish. Sof tug‘ma elementlar. Sulfidlar



Yüklə 37,03 Kb.
səhifə4/6
tarix28.10.2022
ölçüsü37,03 Kb.
#66608
1   2   3   4   5   6
Minerallar jadvalini tuzish va mineralni o‘rganish. Sof tug‘ma e

Xalkopirit – CuFeS2
Minerallning nomi yunoncha "xalkos" - mis, "piros" - o‘t (olov) demak-dir. Mis kolchedani.
Singoniya, simmetriya ko‘rinishi, fazoviy guruxi.
Tetragonal. Tetragonal-skalenoedrik L422L 22R. Kristallar juda kam. Ular faqat druzali bo‘liqlarda topiladi. Oktaedrik yoki tetraedrik, kamroq skalenoedrik qiyofalarda bo‘ladi. Odatda yaxlit massalar na noto‘g‘ri shaklli xol-xol donalar bo‘lib topiladi. Buyrak va qalampirsimon kollomorf xalkopirit ham ma’lum.
Rangi - jez sariq to‘q sariqyoki ola-bula bo‘lib tovlanadi.
YAltirashi - metal kabi.
Qattiqligi - 3-4
Solishtirma og‘irligi - 4,1-4,3
Mustaxkamligi. Ancha mo‘rt.
Ulanish tekisligi [101] bo‘yicha mukammal emas.
Paydo bulishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy axamiyati.
Xalkopirit ko‘pincha pirrotin bilan birga asos intruziv orasida magmatik mis-nikel sulfid konlarida pentlandit, magnetit, kubanit va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi.
Tipik gidrotermal va kontakt-metasomatik konlarda ham ko‘p tarqalgan. U doimo pirit, pirrotin, sfalerit, galenit, aynama ma’danlar va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada bo‘ladi. Ekzogen sharoitlarda kamdan - kam cho‘kindi jinslar orasida organik qoldiqlarning parchalanish davrida vodorod sulfidli achish sharoitlari va mis eritmalari mavjud bo‘lgan paytlarda yuzaga keladi.
Konlari Kalmokir, Sariqcho‘qqi, Dalnee (O‘zbekiston), Turinsk, Kuznetsk Olatog‘i (Rossiya), Jezkazgan (Qozog‘iston), YUta (AQSH), Bingxem, CHukikamata (CHili). Tarkibida xalkopiriti bo‘lgan ma’danlar mis olinadigan asosi manbadir. Sanoatbob rudalar tarkibida mis 0,5 - 2,5% bo‘ladi.
Metallurgiya zavodarida olingan mis toza holda va qotishmalar (jez, bronza, tompak) holatida ishlatiladi. Misning anchagina qismi ma shinasozlikda, paroxodar qurishda, himiya sanoati uchun asboblar tayyorla nadi. Mis asosan elekr sanoatida ishlatiladi.



Yüklə 37,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin