Minerallar jadvalini tuzish va mineralni o‘rganish. Sof tug‘ma elementlar. Sulfidlar



Yüklə 37,03 Kb.
səhifə6/6
tarix28.10.2022
ölçüsü37,03 Kb.
#66608
1   2   3   4   5   6
Minerallar jadvalini tuzish va mineralni o‘rganish. Sof tug‘ma e

Antimonit – Sb2S3
Mineralning nomi lotincha "antimonium" - surma so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimlari: stibnit, surma yaltirog‘i.
Singoniya, simmetriya ko‘rinishi, fazoviy guruxi. Rombik. Rombo-piramidal ZL2ZRS.
Rangi va chizig‘i - qo‘rg‘oshindek kulrang.
YAltirashi – metalldek
Qattiqligi - 2-2,5
Solishtirma og‘irligi – 4,6
Mustahkamligi - mo‘rt.
Ulanish tekisligi [101] bo‘yicha mukammal va [110] bo‘yicha mukammal emas.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Antimonitning asosiy massasi quyi haroratda paydo bo‘lib, kvars bilan birga alohida tomir va qatlamga o‘xshash uyumlar hosil qilib gidrotermal konlardan topiladi. Kinovar, flyuorit, kvars, kalsit, barit bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Yo‘ldosh sifatida deyarli doimo kinovar, realgar, auripigment konlarida, kamdan-kam qo‘rg‘oshin, rux va boshqa minerallar konlarida uchraydi. Oksidlanish zonasida ancha osonlik bilan parchalanib, surmaning turli sariq va ba’zan qo‘ng‘ir rangli oksidlariga (valentinit, servantit, senarmontit, kermezit) aylanadi. Konlari, Kokpatas (O‘zbekiston), Qadamjoy (Qirg‘iziston), Razdolninsk (Rossiya), SHikoku (YAponiya). Antimonit ma’danlari turli sohalarda ishlatiladigan surmaning asosiy manba’idir. Ko‘pincha antifriksion (edirilmaydigan) xususiyatga ega bo‘lgan qotishmalar (podshipniklar uchun babitlar) tayyorlash uchun ishlatiladi. Rezina sanoatida (rezinalarni vulkanizatsiyalash uchun), to‘qimachilik sanoatida (gazlamalarga shimdirish uchun), shisha sanoatida, meditsina va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Nazorat savollari:


1. Grafitning xossasi, hosil bo‘lishi va xo‘jalikdagi ahamiyati qanday?
2. Oltin va misning bir-biriga o‘xshashligi va o‘ziga xos xossalari nimalardan iborat?
3. Qanday elementlar sof holda uchraydi?
4. Sulfidlar nima?
5. Galenit bilan birga uchraydigan minerallarni aytib bering.
6. Tarkibida mis bo‘lgan sulfidlarni xarakterlab bering.
7. Pirit, markazit, xalkopiritlarning bir-biriga o‘xshash va farq qiluvchi xossalarini ayting.
Yüklə 37,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin