Маъруза-№7. Минераллардаги сувлар. Каллоид, гигроскопик ва циолит сувлар.
Shuning uchun minerallarning tarkibida gidroksil yoki suv borligini kimyoviy formulalarda ajratib ko‘rsatish juda muhim. Shu nuqtai nazardan qaraganda, masalan, malaxit – Cu2 [CO3] [OH]2 suvli emas, balki suvsizdir. Kimyoviy analiz paytida gidroksil H2O shaklida aniqlansa ham u asos miskarbonati bo‘ladi. Shuning o‘zi tarkibida kationlari qatorida vodorod bo‘lgan nordon tuzlardan iborat minerallar uchun ham taalluqlidir.
Suv minerallar tarkibida qanday yo‘l bilan ushlanib turishiga qarab bo‘larga: 1) minerallar kristall strukturasiga kiradigan kristallizatsion yoki bog‘langan suv va 2) kristallangan modda tuzilishida ishtirok etmaydigan erkin suvga bo‘linadi.

Kristal strukturadagi “bog‘langan suv” H2O molekulasida shaklida bo‘lib, shu strukturada qat’iy belgilangan joylarni egallaydi. Suv molekullarining miqdori boshqa tarkibiy qismlar bilan oddiy nisbatlarda bo‘ladi.
Misol tariqasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. Na2CO3•10 H2O (soda), CaSO4•2H2O (gips), Ni3[AsO4]2•8H2O (annabergit), Al2[PO4] [OH]3•5H2O (vavellit). Bular Verner fikricha “kompleks birikmalar” deb qaraladigan, ya’ni suv molekulalari struktura birikmalari sifatida qandaydir ionlar atrofida muayyan koordinatsiyalarda joylashib o‘ziga xos kompleks ionlar hosil qiluvchi kristallogidratlar deb ataladigan birikmalar.

Masalan, rentgenometrik tekshirishlar bilan NiSO4•6H2O birikmasi kristall strukturasidagi oltita dipol H2O molekulasi Ni2 kation bilan shu kationga nisbatan ma’lum yo‘nalishga ega bo‘lgan (ikkita H1+ protoni bilan kompleks iondan chetga qaragan) tarzda bevosita o‘rab olingan bo‘lishi aniqlangan. H2O molekulasi elektr neytral bo‘lganligi uchun gidratlangan [Ni(H2O)6]2+ kation Ni2+ zaryadini saqlab qoladi. Shuning uchun birikmalarning kimyoviy formulasini: [Ni(H2O)2] [SO4] shaklida yozish to‘g‘riroq bo‘lar edi.