Turli birikmalardagi suv har xil haroratlarda: ba’zi birlaridan uy haroratida (mis bilan temirning ko‘p suvli sulfatlaridan), boshqalaridan ancha yuqori va hatto 1000 dan ham ortiq haroratda ajralib c
Turli birikmalardagi suv har xil haroratlarda: ba’zi birlaridan uy haroratida (mis bilan temirning ko‘p suvli sulfatlaridan), boshqalaridan ancha yuqori va hatto 1000 dan ham ortiq haroratda ajralib chiqadi.

Minerallardagi erkin suv mineral moddalarning kristall tuzilishida bevosita ishtirok etmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday suv mineralni qizdirganda asta-sekin bir tekis ajralib chiqadi.
Seolit, kolloid va gigroskopik suvlar
Seolit, kolloid va gigroskopik suvlar
Seolit suvi degan nom shu suvning tabiatida uchrashi birmuncha yaqqol namoyon bo‘lgan minerallarning ayrim gruppasi – seolitlarning umumiy nomidan olingan. Minerallarning shu gruppasida suv molekulalari mineralning kristal strukturasida muayyan mavqeiga ega bo‘lmasdan, undagi bo‘shliqlarda (kanallar bo‘ylab, qavatlar orasida va boshqa bo‘shliqlarda) joylanishi aniqlangan. Shuning uchun ularda suvning “eruvchanligi” ancha cheklangandir.
Bu minerallardagi suvning miqdori kristallarga xos bir jinslilikni yo‘qotmasdan asta-sekin bir tekis fizik xususiyatlarni o‘zgartirib ortishi yoki kamayishi mumkin. Bu shu suvning qattiq eritma holatidagidek bo‘lishini ko‘rsatadi. U mineralni qizdirilganda 80-400 0С harorat o‘rtasida ajralib chiqadi. Sekin qizdirib suvsizlantirilgan seolitlarning o‘sha suvni yana qayta yutishiga va avvalgi fizik xususiyatlarini tiklashga bo‘lgan qobiliyati ega.