Ko‘p yillik ilmiy ishlari natijasida akademik A.F. Lebedev 5 ta asosiy turlarga bo‘lgan: bug‘ holatdagi suv, gigroskopik, parda orasidagi suv, gravitatsion suv, kapillyar qattiq suvlarni o‘rganib chiq
Маъруза-№7. Минераллардаги сувлар. Каллоид, гигроскопик ва циолит сувлар.
Ko‘p yillik ilmiy ishlari natijasida akademik A.F. Lebedev 5 ta asosiy turlarga bo‘lgan: bug‘ holatdagi suv, gigroskopik, parda orasidagi suv, gravitatsion suv, kapillyar qattiq suvlarni o‘rganib chiqqan.
Буғ ko‘rinishidagi suv havo bilan birga grunt g‘ovaklari va yoriqlarini to‘ldirib turadi. Bunday suv jins og‘irligining taxminan 0,01% ini tashkil qiladi. Sutka va fasl davomida harorat hamda bosim o‘zgarishi bilan ular g‘ovaklar va yoriqlarda aktiv harakat qilib zarralar yuzasiga yopishadi va kondensatsiyalanadi. Natijada zarralar atrofida juda ham yupqa (0,88 мкм) parda ya’ni gigroskopik suv hosil bo‘ladi.
Gigroskopik suvlar mineral zarralari yuzasiga katta elektro – molekulyar kuch ta’sirida alohida suv molekulasi holatida yopishadi, shuning uchun ham ularni ajratib bulmaydi.
Gigroskopik suvlar mineral zarralari yuzasiga katta elektro – molekulyar kuch ta’sirida alohida suv molekulasi holatida yopishadi, shuning uchun ham ularni ajratib bulmaydi.
Zarralar yuzasida gigroskopik suvning hosil bo‘lishi uzoq vaqt davom etadi, uning qalinligi oshadi va u zarralarning o‘zaro molekulyar tortishish kuchi ta’sirida bir – biri bilan qo‘shiladi, natijada pardali yoki molekulyar suv hosil bo‘ladi. Agar biror zarraning atrofida qalinroq suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, u asta – sekin qo‘shni zarraning yupqaroq suv pardasi tomon harakat qiladi va bu harakat ikki zarraning suv qalinligi bir hil bo‘lguncha davom etadi.
Elektromolekulyar tortish kuchlari zarralar yuzasida qanchalik kuchli bo‘lmasin, undan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Zarralar yuzasidan 0,25 – 0,50 mkm masofaga uzoqlashganda bu kuchlar shu qadar kamayadiki, hatto kondensatsiyalanayotgan suv molekulalarini ushlab qola olmaydi. Bunday holda kondensatsiya bo‘layotgan suv molekulalaridan gravitatsion (tomchi) suvlar hosil bo‘ladi va u o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida g‘ovaklar hamda yoriqlar orasida harakat qiladi.