Minerallarning kimyoviy tasnifi. (Sulfidlar, Oksidlar, Gidroksidlar, Sulfatlar, Korbonatlar va X k)



Yüklə 47,56 Kb.
səhifə2/3
tarix19.02.2022
ölçüsü47,56 Kb.
#52826
1   2   3
Minerallarning kimyoviy tasnifi.

Kvartsning to’rtta yashirin kristalli turlari mavjud:

Xaltsedon

  1. Agatlar va anikslar

  2. Yashmalar

  3. Kremen


Kvarts turli tog’ jinslari tarkibida va kelib chiqish sharoitlari juda ko’p. Kvartslar texnik maksadlarda metallurgiyada shisha va farfor sanoatida issiqlikka chidamli materillar ishlab chiqarishda aniq mexanikada ishlatiladi.

Karbonatlar


Kaltsit SaSO3 Asosan romboedr kristalli donador agregat ko’rinishda uchraydi. Qattiqligi 3, zichligi 2,7gG`sm3 ulanish tekisligi mukammal; rangi sarg’ish yoki kulrang (aralashmalarga bog’liq). Rangsiz shaffof kristallari island shipati deyiladi. Kaltsit eng ko’p tarqalgan minerallar qatoriga kiradi va suvli eritmalardan hosil bo’ladi.


Malaxit Si SO3 [OH]
- kristallari mustaxkam massali monoklin singoniyada. Qattiqligi 3,5-4, zichligi 3,7-4, 1 gG`sm3 . Yer massali malaxit yashil mis deb nomlanadi, chegarasi och yashil, yaltiroqligi shishasimon. Kislotalarda shiddatli qaynaydi mis sulfidli konlarning oksidlanishi zonasida shakllanadi. Jiloli toshlar va kraska ishlab chiqarishda, mis rudasi sifatida ishlatiladi.

Sulfatlar


Barit BaSO4 – zich dag’al donador massali rombli mineral xolatda uchraydi. Qattiqligi 3,0-3,3 zichligi 4,3-4,6 gg`sm3 ulanish tekisligi mukammal, 
rangi kulrang, oq, qizg’ish va xavorang; kislotalarda erimaydi. Bari preparatlari olishda, kraska, poligrafiya sanoatida va boshqalarda,

Gips CaSO4 2H2O-Kristallari tablitkasimon ustunli, prizmatik shaklda monoklin singoniyali; qatiqligi 1,5 zichligi 2,3gg`sm3 ulanish tekisligi mukamimal 
rangi oq, kulrang, qizg’ish va sarg’ish, kristallari rangsiz. Qurilishda qog’oz, tsement va ximiya sanoatida va qishloq xo’jaligida ishlatiladi.

Volframatlar


Volframit (Fe,Mn)WO4 Kristallari tablitkasimon yoki prizmatik shakllangan monoklin singoniyali. Qattiqligi 4,5-5,5, zichligi 6,7-7,5 gg`sm3, rangi qora qo’ng’ir yoki qora chegarasi qo’ngqirdan qora va sariqgacha, yaltiroqligi shafaqsimon, ulanish tekisligi mukammal. Gidrotermal kvarts tomirlari, grezen va pegmatitlarda uchraydi. Volfram rudasi.


Sheyelit.CaWO4 Tetragonal singoniyali, qatiqligi 4,5, zichligi 5,8-6,2gg`sm3 rangi oq, kulrang va qizg’ish, yaltiroqligi yog’dek, olmosdek. Kontakt-metosomatik konlarda gidrotermal va pegmatik tomirlarida uchraydi. Volfram rudasi.

Fosfatlar


Apatit Sa5{PO4}
3, {F,Cl}.Geksogonal singoniyali. Rangsiz, oq, yashil, havo rang, sariq, qo’ng’ir rang, siyoxrang, yaltiroqligi shishadek sinish tekisligi yog’simon. Qattiqligi 5,0, zichligi 3,2 gg`sm3 ulanish tekisligi nomukammal, sinish tekisligi notekis. Gidrotermal konlarda va va chiqindi jinslarda kuzatiladi. QishloQ xo’jaligida gugurt ishlab chiqarishda, keramika sanoatida ishlatiladi.

Silikatlar.


A.YE. Fersmanning hisob kitobiga qaraganda silikatlar barcha ma'lum bo’lgan minerallarning 1G`3 qismini, yer qobig’i massasining 75 foizini tashkil qilar ekan.



Tsirkon. Zr(SiO4). Kristallari tetrogonal singoniyali, qattikligi 7-8, zichligi 4,7 gG`sm3. Rangsiz yoki sariq, pushtirang, qo’ng’irrang, qizil, yashil, siyoxrangda bo’lishi mumkin. Metallurgiyada qimmatbaxo o’tga chidamli material sifatida, farfor sanotida, emalli 
idishlar ishlab chiqarishda, yuviler sanoatida ishlatiladi. Ulanish tekisligi mukammal.

Minerallar fizik - kimyoviy jarayonlar natijasida yer yuzi va ichki qismida vujudga keladi. Har bir mineral faqat o`ziga xos kristallik tuzilishiga ega bo`lgan aniq tabiiy birikmadan iborat va kimyoviy elementlardan tuzilgan.

Minerallar tasnifini tuzishda asosan kimyoviy ichki tuzilishi principiga amal qilinadi. Minerallarning kimyoviy birikmalari turiga qarab sinflarga va guruhlarga ajratiladi. Xullas, ma`lum bo`lgan minerallarning hammasi kimyoviy tarkibi va kristall tuzilishiga qarab sinflarga bo`linadi (19-jadvalga qarang).

1. Sof tug`ma elementlar sinfi. Bu elementlar soni 30 dan ortiq, ko`pchilik qismini metallar tashkil etadi. Sof elementlarning yer qobig`idagi miqdori - 0,1%.

Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt, grafit, olmos kiradi.

2. Sulfidlar va sulfotuzlar sinfi. Bu guruhga kiruvchi 40 dan ortiq metallar oltingugurt, selen, tellur, margimush va surmalar bilan birikmalar hosil qilib, og`irlik miqdori Yer qobig`ining 0,15% ga teng. Bu guruhiga oid minerallarning eng muhimlari: xalkozin – CuS2, argentit –Ag2S, galenit - PbS, sfalerit - ZnS, grinokit - CdS, kinovar - HgS, nikelin - NiS, pentlandit - (FeNi)9S8, xalkopirit – CuFeS2, auripigment-As2 S2 , realgar -AsS, antimonit-Sb2S3, vismutin –Bi2S3, molitbdenit-MoS2, pirit – FeS2, kobaltin-SoAsS, arsenopirit - FeAsS va boshqalar.

3. Galoid birikmalar sinfiga ftoridlar va xloridlar, bromidlar kiradi. Bularning ko`pchiligi ion bog`lanishli birikmalar hosil qilib, kimyoviy nuqtayi nazardan qaraganda HF, HCl, HBr va HJ kislotalarining tuzlaridan iborat. Bu guruhga mansub minerallar ftoridlar - fluorit – CaF2 xloridlar - galit- NaCl silvin -KCL, kerargirit - AgCL va karnallit - MgCl KCL 6H2 O

4. Oksidlar sinfi. Kislorod bilan 40 ga yaqin elementlar turli xil birikmalar hosil qiladi. Yer po`stidagi oksidlarning umumiy og`irligi 17% ni tashkil etadi. Bundan 12,0% kremnezyom oksidi, 3,9% temir oksidi va gidroksidi va qolgan qismida aluminiy, marganes, titan va xrom oksidlari va gidroksidlari tashkil qiladi. Bu guruhga kiradigan minerallar sodda va murakkab oksidlar va gidroksidlar deyiladi. Tabiatda keng tarqalganlariga: kuprit - CuO, korund – Al2O3, gematit – Fe2 O3, ilmenit – FeTiO3 , megnetit - FeO Fe2 O3 , shpinel – MgAl2 O4 , xrizoberill – BeAl2 O4 , rutil – TiO2, kassiterit – SnO2 , priluzit – MnO2 , uranit, kvars – SiO2 va boshqalar kiradi.

5. Karbonatlar sinfiga kiruvchi minerallar tabiatda keng tarqalgan. Bularga kalsit –CaCO3 , magnezit – MgCO3, siderit – FeCO, smitsonit – ZnCO3, rodoxrozit – MnCO3, serussit – PbCO3, malaxit – Cu2 [CO3 ] (OH)2 , azurit – Cu3 [CO3 ]2 (OH)2 suvli karbonatlarga soda – NaCO3 10 H2 O kiradi.

6.Sulfatlar sinfiga oid minerallar juda ko`p va xilma xil birikmalar hosil qilsa-da, yer qobig`ida keng tarqalgani kam. Sulfatlar: barit – BaSO4, tselestin – SrSO4, anglezit –PbSO4, angidrit-CaSO4, gips – CaSO4 2H2O, mirabilit - Na SO4 10 H2 O va boshqalar.

7. Silikatlar sinfiga juda ko`p minerallar kiradi. Bizga ma`lum minerallarning 1G`3 qismini tashkil etadi. Bu guruhga kiruvchi minerallar barcha tog` jinslarining asosiy qismini tashkil etadi va jins hosil qiluvchi minerallar deb ataladi. Shuning uchun ham ular sinchkovlik bilan batafsil o`rganilgan.

Rentgen yordami bilan o`tkazilgan tekshirishlar (kristallokimyoviy kuzatishlar) tufayli silikatlarning ichki tuzilishi ularning kimyoviy tarkibi bilan uzviy bog`liqdir, shu bilan birga minerallarning muhim fizik xususiyatlarini, hatto ma`lum darajada genezisini (hosil bo`lishini) aks ettira oladi.

Silikatlarning tuzilishini rentgenoskopik yo`l bilan tekshirish natijasida ular quyidagi sinflarga bo`linadi: orolsimon, zanjirsimon, lentasimon, varaqsimon va karkassimon silikatlar.


SOF TUG`MA ELEMENTLAR VA INTERMETALL BIRIKMALAR


Bu guruh minerallarining soni 80 dan ortiq. Bulardan 30 tasi metallar va ularni ba`zan asl elementlar ham deyiladi. Mendeleyev jadvalining oxirida joylashgan inert gazlari - He, Ne, Ar, Xe va Rn ham ushbu guruhga kiradi. Yer po`stida sof tug`ma elementlarning umumiy miqdori 0,1% ni tashkil etadi. Bu miqdorning 0,04% azot va 0,01-0,02% kislorod tashkil etadi. Sof tug`ma elementlarga platinoid va temir guruhi minerallari ham kiradi. Kimyoviy jadvalning o`ng qismida joylashgan margimush, surma va vismut minerallari boshqalariga nisbatan kengroq tarqalgan.

Sof tug`ma elementlarning kristall strukturasi juda xilma-xil. Atomlari orasidagi bog`lanish o`ta kuchli.

Ushbu guruhga kiradigan metallar elektrni va issiqlikni yaxshi o`tkazadi. Yana bir xususiyatlari ularni jilolaganda yuzasi kuchli yaltiraydi va yuqori darajada nur qaytarish xususiyatga ega bo`ladi. Bu guruhga kirgan platinoidlar va oltinlarning solishtirma og`irligi barcha ma`lum minerallar solishtirma og`irligidan juda katta. Bu guruhga kiruvchi metallarning yana bir xususiyati ularning pachaqlanuvchiligi va egiluvchanligidir.


Sof holda uchraydigan minerallar


1. Mis - Cu. U kimyoviy jihatdan sof holda bo`ladi, ba`zan tarkibida aralashma holda - Ag, Au va Fe uchraydi. Masalan: oltinli misda Au - 2-3%, vitneit mineralida Au miqdori 11,6% gacha, kumush esa mis tarkibida 3-4 dan 8% gacha bo`ladi. Ayrim hollarda katta miqdorda rux bo`lishi mumkin. Mis kubik singoniyali bo`lib kristallarining to`g`ri qiyofadagi turlari kam uchraydi (2-rasm).

Mis-tog` jinslarining darzlik va yoriqlarida ko`pincha noto`g`ri shaklda dendritlar ba`zan plastinkachalar holida bo`ladi. Ba`zi konlarda yirik, og`irligi bir necha tonnaga teng bo`lgan uyumlari (Amerikaning "Yuqori ko`l" viloyatida) topilgan. Sof holda misning og`irligi 1000 tonna atrofidagi bo`lagi Rossiyaning Yekaterinburg viloyatidagi Gumejevskiy konida topilgan.



2-rasm. Misning kristall strukturalari


Misning rangi qizil. Metall kabi yaltiroq, qattiqligi 2,5-3, yaxshi egiluvchanlik xususiyatiga ega. Sinishi ilgakli, ulanish tekisligi yo`q. Solishtirma og`irligi 8,5-8,9, u elektr tokini yaxshi o`tkazadi. Ushbu xususiyatlari bilan boshqa minerallardan farqlanadi. Mis HNO3 kislotada oson eriydi, HCl da qiyinlik bilan erib, mis xlorni yuzaga keltiradi. Sof mis turli geologik jarayonlarda yuzaga keladi, ammo ko`p miqdorda gidrotermal va ekzogen sharoitida paydo bo`ladi. Sof misning yuzaga kelishiga misol qilib Amerikaning Michigan shtatidagi "Yuqori ko`l" konini ko`rsatish mumkin. Gidrotermal sharoitda sof misning paydo bo`lishi quyidagicha ifodalanadi.


2FeCl2 +CuCl2 +3H2 O=Cu+Fe2 O3 +HCl


Ba`zan sof mis o`zgargan asosli intruziv jinslarning oralarida uchraydi. Ularning bu joyda mavjudligi xalkopirit va boshqa sulьfidli birikmalarning parchalanishi tufayli yuzaga kelgan. Bunga misol Uraldagi Turinsk va Qozog`istondagi Qalmoq tosh konlari:


Cu2S+2O2 =CuSO4 +Cu

CuO+C=2Cu+CO2

Cu2O+H2SO4 =CuSO4 +H2O+Cu


Ushbu tenglamadagi sof misning yuzaga kelishini sulfid konlarining oksidlanish zonasining ostki qismida joylashadi. U kuprit Cu2O, malaxit -Cu2(CO3)2·nH2O, ba`zan xalkozin –Cu2S va boshqa minerallar bilan birgalikda uchrashi aniqlangan. Mis metall sifatida - elektrotexnikada, mashinasozlikda, har xil asbob-uskunalar, tanga pul idishlar tayyorlashda ishlatiladi.

Oltin - Au. Tabiatda oltin toza holda uchraydi- 98-99%, ba`zan aralashmada 65-75% atrofida. Oltin tarkibida kumush 30%, mis esa 9,2% ba`zan 20% bo`lsa - kuproaurit deyiladi.

Oltinning kub singoniyadagi xili tabiatda kam tarqalgan. Ba`zan oktaedr, rombododekaedr qiyofasida uchraydi. Rangi - tilla sariq (kumushga boyi och sariq). Oltin odatda yaltiroq metall, qattiqligi 2,5-3. Oltin egiluvchan va cho`ziluvchan. U osonlik bilan pachoqlanib yupqa varaqchalarga aylanadi.

Tabiatda oltin yupqa - dispers holda bo`ladi. Oltinning bir oz qismi sulfid minerallarida pirit, xalkopirit va arsenopiritlarda joylashadi. Oltinning yirik kristallari mavjud, ammo kam uchraydi. Chilida sochma cho`kindi jinslar oralarida 153 kg sof oltin topilgan. Avstraliyada (Uelsda) 93,5 kg, Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida (Mias) 36,0 kg og`irlikdagi oltin topilgan. Oltin kislotalarda erimaydi (faqat KCN da eriydi).

O`taasos magmatik tog` jinslarda oltinning miqdori boshqa magmatik jinslarga nisbatan 10 barobar ko`p (3·10-6%) bo`ladi, ammo oltinning aksariyat konlari nordon magmaning gidrotermal mahsulidan paydo bo`ladi. Masalan, Zarmiton (Sh.Nurota) va Muruntov (Qizilqum) oltin konlari shu holda yuzaga kelgan. Oltin kvars tomirlarida va ba`zan shtokverk shakllarida sulfid minerallari, telluridlar, sheelitlar bilan birga uchraydi (3-rasm).



3-rasm. Sof oltin.


O`rta va past haroratli mayda dispersli oltin konlari esa asos, o`rta va nordon vulkan jinslari bilan genetik bog`liqligi aniqlangan. Masalan, Baley, Chelyabinsk, Rossiya, Akenobe i Ikuno Yaponiya. Oltin konlari mayda zarrachali oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan oltin sulfid minerallarida o`simta ravishda va kvars tomirlarida yuzaga keladi.

Gidrotermal jarayonlarda yuzaga kelgan sulfid-oltin konlarining oksidlanish zonasida limonit, azurit, qo`rg`oshin, vismut, surma oxiralari bilan birga assotsiatsiyada qayta yuzaga kelgan mahsulot sifatida uchraydi. Oltin asosan pul va valuta sifatida hamda bezak ishlarida, zebi-ziynat buyumlarini tayyorlashda, meditsinada, fizik va kimyoviy asboblar tayyorlashda va boshqa ko`plab maqsadlarda qo`llaniladi.

Platina - Pt guruhi minerallari. Sof tug`ma platina guruhiga mansub minerallar xilma-xil, ular platina, iridiy, osmiy, palladiy, rodiy va boshqalar. Platina guruhi minerallari orasida poliksen va palladiyli platinalar yer po`stida keng tarqalgan (20-jadval).


Poliksen (Pt, Fe). Tarkibida platina 80-88% va temir 9-11%, u kub singoniyali. Tabiatda yaxlit kub shaklida kamroq uchraydi, asosan noto`g`ri donalar ko`rinishida bo`ladi. Poliksen rangi - kumushdek oq, ba`zan po`latdek kul rang. Qattiqligi 4-4,5. U ham boshqa metallardek eziluvchanlik xususiyatiga ega, ulanish tekisligi yo`q. Poliksen magnitga tortiladi va elektrni yaxshi o`tkazadi, ammo kislotalarda erimaydi. Platina guruhi minerallari genetik jihatdan o`ta asos magmatik jinslar bilan uzviy bog`liq bo`lgan tipik magmatik konlar hosil qiladi.


Osmiy-ruteniy (Os, Ru) va osmiyli iridiy guruhi minerallari, nisbatan kam tarqalgan.


Nevyanskit - (Ir, Os). U birinchi marta Uralning Nevyansk rayonida topilgan. Tarkibi o`zgaruvchan (% hisobida) Ir - 46,8-77,2; Os- 21,0-49,3; Ru -0-0,5, Rh-0,5-7,7; Pt-0,1-5,5; Cu- 0-0,9; Fe - 0-1,4. Nevyanskit - geksogonal singoniyada kristallanadi, rangi qalayi kabi oq, metall kabi yaltiroq. Qattiqligi 6-7, ancha mo`rt, solishtirma og`irligi 17,0 dan 21,0 gacha.

Ushbu guruh minerallari genetik jihatdan o`ta asos (dunit, peridotit) jinslar bilan uzviy bog`liq. Bu jinslarda platina guruhi minerallari asosan xromshpinelidlar bilan ba`zan mis sulfidlari bilan birga uchraydi.

Siserskit - Os, Ir, mineral nomi topilgan joyi Uralning Yekaterinburg viloyati Sisersk rayonidan kelib chiqqan. Geksagonal singoniyali, rangi och kul rang, ayrimda to`q kul rang. Solishtirma og`irligi o`zgaruvchan - 17,8-22,2 gacha. Bu mineral ham o`ta asosli intruziv jinslar natijasi hosil bo`ladi. Yuqorida bayon etilgan minerallar bironta kislotada erimaydi.


Yarim metallar guruhi minerallari


Ushbu guruh minerallari tabiatda kam uchraydi. Yarim metallarning ichki tuzilishining o`ziga xos xususiyati shundaki, har qaysi atom atrofidagi olti atomning uchtasi bilan kovalent bog`lanib, o`zaro birikkan strukturani hosil qiladi.

Margimush - As tabiatda kam uchraydi. Tarkibi o`zgaruvchan bo`lib As - 84-95% tashkil etadi. Aralashma holda Sb - 1,7-9,2%, kamdan-kam Ag, Fe, Ni ba`zan V ishtirok etadi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Margimush buyraksimon, oqiq shaklli qobiqlar, stalaktit, puchoqsimon mahsulotlar holida uchraydi. Margimushning rangi qalayidek oq bo`lib, vaqt o`tishi bilan sariq-qo`ng`ir tusga kirib keyinchalik batamom qorayib qoladi. U yaltiroq, qattiqligi - 3,5, ancha mo`rt, solishtirma og`irligi 5,6-5,7. Sof margimush gidrotermal jarayonda paydo bo`ladi. Margimush odatda surma, nikel, kobalt, kumush va qo`rg`oshinlar bilan birga uchraydi. Ba`zi adabiyotlarda margimush ma`dan konlarining nurash zonalarida ikkilamchi mineral sifatida yuzaga kelishi qayd etilgan. Buyraksimon ko`rinishidagi sof tug`ma margimushining yirik uyumlari Rossiyaning Zabaykalye viloyati Chikoya daryosi qirg`og`ida uchraydi. Bundan tashqari Saksoniyadagi bir qator konlarda (Freyberg, Shneyberg, Annaberg) topilgan.

Vismut - Bi. Bu mineral margimush va surmaga qaraganda ko`proq uchraydi. Vismut trigonal singoniyada kristallanadi. Yaxshi kristallari kam uchraydi. Odatda xol-xol donali, ba`zan bargsimon va patsimon shakllarda uchratish mumkin. Vismut rangi kumushdek oq bo`lib, sarg`ish tovlanadi. Qattiqligi 2,5, ulanish tekisligi mukammal, qiyinchilik bilan eziladi. Solishtirma og`irligi 9,7-9,8. Vismut yuqori haroratli gidrotermal jarayonda paydo bo`ladi va kassiterit – SnO2, arsenopirit - FeAsS, vismutin – Bi2S3, volframit (Fe, Mn)WO4, molibdenit – MoS2 va boshqalar bilan birga uchraydi.


Uglerod guruhi minerallari


Bu guruhga olmos va grafit kiradi. Ular bir-birlaridan fizik xususiyatlari bilan keskin farq qiladi.

Olmos - S. Nomi grekcha - "adamas" yengilmas degan ma`noni anglatadi. U tabiatda o`ta qattiqligi va turli shakli: oktaedr, rombododekaedr va kub qiyofalarida mavjud (4-rasm). Olmosning oddiy ko`z bilan payqamaydigan xillaridan tortib, to yuz va ming karatli (1 karat - 0,2 g) va undan ham yirik kristallari uchraydi. Dunyodagi eng yirik olmos kristali - 3106 karatli "kullinan", 1905 yilda J.Afrikada topilgan (21-jadval).

Dunyodagi yirik olmos kristallari haqida ma`lumotlar

(V.A.Milashev bo`yicha).

21-jadval




Yüklə 47,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin