Minerallarning morfologik xususiyatlari Optik xususiyatlari



Yüklə 176,9 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2022
ölçüsü176,9 Kb.
#75662
1   2   3   4   5
2. Mineral hususiyatlari

Minerallarning rangi.
Minerallarning rangi kelib chiqishiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: 1) idioxromatik, 2) alloxromatik va 3) psevdoxromatik ranglar.
Idioxromatik rang. Ko‘p hollarda hech vaqt rangsiz kristallar bo‘lib topilmaydigan tabiiy birikmalarning rangi o‘sha minerallarning ichki xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Masalan, qora rangli magnetit
(Fe3O4), jezsimon sariq pirit (FeS2), to‘q qizil kinovar (HgS), misning yashil va ko‘k rangli kislorodli tuzlari (malaxit, azurit, feruza va boshqalar), to‘q-ko‘k rangli lazurit va h.k.
Minerallarning shunday o‘ziga xos rangi «idioxromatik rang» deyiladi. Grekcha «idios» – o‘ziniki, «xroma» – rang, bo‘yoq demakdir.
Bular har xil minerallarda turli sabablar bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi.
Alloxromatik rang. Bir mineralning bir necha rang va tuslarga bo‘yalgan bo‘lishi «alloxramtizm» deyiladi. Grekcha «ollos» – tashqi, chet, boshqa demakdir. Masalan, odatda rangsiz, ko‘pincha butunlay shaffof kristallar bo‘lib topiladigan kvars (tog‘ billuri) ko‘rkam gunafsha rangli (ametist), pushti, sarg‘ish-qo‘ng‘ir (temir oksidlari bo‘lgani uchun), tilla rang (tsitrin), kul rang yoki tutun rang (rauxtopaz), to‘q qora (morion), nihoyat sutdek oq ham bo‘lishi mumkin. Xuddi shunga o‘xshash osh tuz – galit ham oq, kul rang, qo‘ng‘ir, pushti va ba’zan ko‘k rangli bo‘lishi mumkin.
Psevdoxromatik rang. Ayrim shaffof minerallar rangining xilma-xil bo‘lib tovlanishi «psevdoxramtizm» deyiladi. Grekcha «psevdo» – qalbaki degani. Mineral yuzasiga tushayotgan nurning uning ulanish tekisligi darzlari ichki yuzalaridan, ba’zan qandaydir aralashmalar yuzasidan qaytishi psevdoxramitk ranglarni keltirib chiqaradi. Bu xodisani suv ustida suzib yurgan kerosin, yog‘ yoki neftning har xil «kamalak rangidek» tovlanib turadigan pardasida kuzatishimiz mumkin. Bu shaffof moy po‘stining ostki (suvdan ajratib turadigan) va ustki (havo bilan cheklangan) yuzalaridan qaytgan yorug‘lik nurining boshqa ranglarga ajralishi bilan bog‘liqdir.
Amaliy ish paytida minerallarning rangi biror yaxshi tanish bo‘lgan jism yoki modda rangi bilan taqqoslanib, qiyosiy aniqlanadi. Shuning uchun ham minerallarning rangi ko‘pincha qo‘sh nom bilan yuritiladi. Masalan: sutdek oq, asaldek sariq, jezdek sariq, qirmiziqizil, zumraddek yashil, olmadek yashil (xom olma rangida), shokoladdek qo‘ng‘ir, qo‘rg‘oshindek kul rang, qalayidek oq va h.k. Bunday aniqlashlarning hammasi qiyosiy (nisbiy) bo‘lishiga qaramay, ular qabul qilingan va mineralogiyaga oid jahon adabiyotida uchraydi.
Quyida bir qator minerallar uchun doimiy bo‘lgan ranglarning ko‘p qo‘llaniladigan nomlari keltirilgan:

1. Gunafsha rang – ametist

5. Sarg‘ish-qizil – krokoit

9. Qalayisimon – oq arsenopirit

13. Havo rang – kovellin

3. Ko‘k - azurit

6. Qizil – kinovar

10. Qo‘rg‘oshindek kul rang –
molibdenit

14. Misdek-qizil – sof tug‘ma mis

3. Yashil – malaxit

7. Qo‘ng‘ir – limonitning



11. Po‘latdek kul rang – aynama
ma’dan

15. Jezsimon-sariq – xalkopirit

4. Sariq – auripigment

8. Sarg‘ish-qo‘ng‘ir – limonitning oxrasimon xili



12. Temirsimon qora – magnetit

16. Tilladek-sariq – oltin.



Yüklə 176,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin