Minerallarning morfologik xususiyatlari Optik xususiyatlari



Yüklə 176,9 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2022
ölçüsü176,9 Kb.
#75662
1   2   3   4   5
2. Mineral hususiyatlari

Chizig‘ining rangi
Agar biz tekshiralayotgan mineral bilan bir bo‘lak sirlanmagan chinni yuzasini chizsak, uning yuzasida rangli chiziq hosil bo‘ladi. Bu mineral chizig‘ining rangi hisoblanadi, ba’zan minerallarning o‘zi va chizig‘ining rangi bir xil bo‘ladi. Masalan, pirolyuzit, gips, realgar kabi minerallar shular jumlasidandir. Ko‘pincha minerallarning rangi chizig‘ining rangidan farq qiladi. Masalan, yashil rangda, chizig‘ining rangi esa och yashil rangda bo‘ladi; galenit kul rangda, chizig‘i qoramtir rangda va h.k. Shuning uchun minerallar chizig‘ining rangi ularni aniqlashda muhim diagnostik belgilardan biri hisoblanadi.
Sirlanmagan chinni bo‘lagi bo‘lmagan taqdirda mineral chizig‘ining rangini aniqlash uchun uning yuzasi qalamtarosh bilan qiriladi. Hosil bo‘lgan kukunni oq qog‘ozga surtiladi va shu yo‘l bilan chizig‘ining rangi aniqlanadi.

Yaltiroqligi. Mineralning yuzasiga tushgan nurni qaytarish xususiyati «yaltioroqlik» deyiladi. Bu xususiyat mineral yuzasining xarakteriga, nur sindirish qobiliyatiga, kristallarning joylashishiga, darzligiga, mayda yoriqlar va boshqa sabablarga bog‘liq. Yaltiroqligiga ko‘ra minerallar quyidagilarga bo‘linadi:
1. Metallsimon yaltirash. Bunday yaltirash asosan ma’dan hosil qiluvchi minerallarga xos hisoblanadi. Masalan, oltin magnetit, gematit, galenit, pirit, xalkopirit metallsimon yaltiraydi.
2. Shishasimon yaltirash. Bu yaltirash tiniq minerallar orasida keng tarqalgan. Masalan, galit (osh tuzi), kalsit, tog‘ billuri, gips, flyuorit va boshqalarda.
3. Sadafsimon yaltirash. Bunda minerallar sadafga o‘xshab yaltiraydi. Bu yaltiroqlik ko‘pincha tolali va yaxshi ulanish yuzasiga ega bo‘lgan minerallarda ko‘rinadi. Masalan, muskovit, biotit va boshqalarda.
4. Olmossimon yaltirash. Bunday yaltiroqlik olmos, sfalerit, kinovar kabi minerallarga xos.
5. Moysimon yaltirash. Mineral yuzasiga moy surtilganga o‘xshaydi. Bunday yaltiroqlik talk, grafit, nefelin kabi minerallarga xos.
6. Xira-bo‘zsimon yaltirash. Bunday yaltirash yaltiramaydigan minerallar uchun qo‘llaniladi. Masalan, opal, fosfarit, kaolinit shunday xususiyatga ega.

Yüklə 176,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin