Minerallarning morfologik xususiyatlari Optik xususiyatlari



Yüklə 176,9 Kb.
səhifə5/5
tarix16.12.2022
ölçüsü176,9 Kb.
#75662
1   2   3   4   5
2. Mineral hususiyatlari

Qattiqlik
«Qattiqlik» – deb minerallarning tashqi ta’sir etuvchi mexanik kuchga qarshilik ko‘rsata olish darajasiga aytiladi. Dala sharoitida minerallarning faqat nisbiy qattiqligini aniqlash mumkin. Mutlaq qattiqligini aniqlash faqat laboratoriya sharoitida amalga oshiriladi. Ularning nisbiy qattiqligini aniqlaydigan, amaliyotda keng ko‘lamda qo‘llaniladigan oddiy usullar juda ko‘p. Bu usullar asosan minerallarning biri ikkinchisining tomonlari yuzasida iz (chiziq) qoldirishga asoslangan. Qattiqligi yuqoriroq bo‘lgan mineral undan yumshoqroq bo‘lgan mineral yuzasida iz qoldiradi. Iz qoldirgan mineral qattiqligi yuqoriroq degan xulosa chiqariladi. 1822-yili Avstriya mineralshunosi Fridrix Moos (1773–1839-yy.) tomonidan etalon sifatida nisbiy qattiqlik jadvali (shkalasi) ishlab chiqildi.





M.M.Xrushchev, E.S.Berkovich sklerometri:
a – olmos piramidasi, b – tekshirilayotgan kristall.

«Sklerometr (qattiqlik o‘lchagich)» – deb nomlangan maxsus asbob yordamida minerallarning absolyut qattiqligini aniq o‘lchash mumkin.


Magnitlilik. Mavjud minerallarning juda oz qismigina magnitlilik xossasiga egadir va bu xususiyat minerallarning muhim diagnostik belgisi sifatida ahamiyatlidir.
Tarkibida temir, nikel, kobalt bo‘lgan minerallar magnitlilik xossasiga ega bo‘ladi.
Mineralda magnitlilik xossasining bor-yo‘qligi magnit strelkasi yordamida aniqlanadi. Minerallarni magnit strelkasiga yaqinlashtirganimizda, uni o‘ziga tortsa yoki qimirlatsa, bunday mineral magnit xossasiga ega bo‘ladi. Masalan, magnetit, gematit, pirrotin, pentlandit kabilar shular jumlasidandir.
Magnit strelkasidan tashqari temir qirindilari, mix va boshqa temir buyumlar yordamida ham minerallarning magnitlik xossasini aniqlasa bo‘ladi.
Radioaktivlik. «Radioaktivlik» deb elementlar yadrosining tabiiy ravishda parchalanib, o‘zidan nur taratishiga aytiladi. Lotin tilidan «radiatio» – «nurlanish» ma’nosini anglatadi. Mendeleyev davriy jadvalining eng oxirida poloniy (Po) dan boshlab urangacha (U) bo‘lgan elementlar tabiiy holda nurlanib, ularda parchalanuvchi radioaktiv elementlar joylashgan bo‘lib, ular yer po‘stida radiaktiv minerallar va ma’danlar hosil qiladi. Minerallar va ma’danlarning radioaktivligi turli elektroskoplar, ionlashuv kameralari va boshqa priborlar yordamida aniqlanadi.
Tog‘ jinsi va minerallarning radioaktivligi uran konlarini izlashda va tog‘ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa:

Menga berilgan ushbu mustaqil ish orqali minerallarning fizik xususiyatlari, ularning morfologik xossalari bilan tanishdim.


Minerallarning, shaffofligini, rangini kelib chiqishiga ko’ra turlarini, nisbiy va mutloq qattiqlik nima ekanligini, Moos shkalasini, solishtirma og’irligini, magnitlilik xususiyatlarini, radioaktivligini va boshqa xususiyatlarini o’rgandim.

Foydalanilgan adabiyotlar:



1. Betextin ‘Mineralogiya kursi’ Toshkent 1969
2. Аxmedov M.K. ‘Mineralogiya’ fanidan o’quv uslubiy majmua. Olmaliq 2019
3. Qo’shmurodov O ‘Mineralogiya’ Toshkent 2016
Yüklə 176,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin