170. S: Og‘ir atletikadagi shoxsupa (pomost)ning qalinligi necha sm va umumiy o‘lchami qancha? J: Umumiy o‘lchami 4x4 shoxsupa taxtasining qalinligi 8-12 sm.
171. S: Shtanga grifi (dastasi)ning og‘irligi qancha? J: Grifning og‘irligi 20 kg.
172. S: Shtanga grifidagi qulflar og‘irligi qancha? J: 2,5 kg.
173. S: Shtanga grifining yo‘g‘onligi va uzunligi qancha? J: Yo‘g‘onligi 4,50 sm, uzunligi 2 m 20 sm.
174. S: Maktabda necha kglik shtanga bo‘lishi lozim? J: Jami 200 kg gacha. 175. S: Shtangadagi toshlarning og‘irligi va soni qancha? J: 1) 4 disk 20 kg – 80 kg. 2) 2 ta disk 15 kg – 30 kg. 3) 2 ta disk 12,5 kg – 25 kg. 4) 2 ta disk 10 kg – 20 kg. 5) 2 ta disk 2,5 kg – 5 kg. 6) 2 ta disk 1,25 kg – 2,5 kg. 7) 4 ta disk 0,1 gr – 400 gr. 8) 2 ta disk 0,5 kg dan 1000 gram. 9) 2 ta qulf 2,5 kg – 5 kg shtanga grifi 20 kg jami 200 kg.
176. S: Futbol sport turi haqida uning Vatani qaer? J: Vatani Angliya 1863 yili futbol o‘yinining tug‘ilgan yili hisoblanadi. 177. S: Xalqaro futbol federatsiyasi qachon tashkil topgan? J: Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 1904 yili tashkil topgan.
178. S: Futbol bo‘yicha jahon birinchiligi qachondan boshlab va har necha yilda o‘tkaziladi? J: 1936 yildan beri I futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi 1 jaxon chempioni Urugvay jamoasi. Jahon birinchiligi to‘rt yilda bir marotaba FIFA belgilagan mamlakatda o‘tkaziladi.
179. S: Futbol sport turi qachondan boshlab, Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan? J: 1908 yilda IV Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan va bu Olimpiada Angliyaning London shahrida o‘tkazilgan. 180. S: Futbol o‘yini qaysi o‘lchamdagi stadionlarda o‘ynashga ruxsat berilgan? J: FIFAning belgilagan tartib-qoidalariga asosan uzunligi 90 dan 120 m gacha yoki eni 45 m 90 m gacha bo‘lgan stadionlarning o‘lchami 70x105 m ni tashkil etadi.