134. S: Xalqaro futbol federatsiyasi qachon tashkil topgan? J: Xalqaro futbol federatsiyasi 1904 yili tashkil topgan.
135. S: Futbol o‘yini qaysi o‘lchamdagi stadionlarda o‘ynashga ruxsat beriladi? J: Futbol o‘ynash uchun xalqaro futbol assotsiatsiyasining qaroriga asosan quyidagi o‘lchamdagi maydonlarda ruxsat berilgan: uzunligi 90 m dan 120m. Lekin ko‘pchilik holatlarda stadionlar 105x70 o‘lchamni tashkil etadi.
136. S: Futbol sport turi qachondan boshlab, olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan? J: 1908 yili IV olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritildi.
137. S: Futbol to‘pining aylanasi va og‘irligi qancha? J: Futbol to‘pining diametri 68-71 sm, og‘irligi 362-453 gr.
138. Futbol darvozasining o‘lchami qancha? J: To‘sinlar orasi 7 m 32 sm, balandligi 2 m 44 sm, to‘sin yo‘g‘onligi 10-12 sm. 139. S: Futbol o‘yinidagi jarima maydonining o‘lchami? J: Uzunasi 16,5 m eni 33 m.
140. S: Burchakdan to‘p tepish sektorining o‘lchamini ayting? J: Burchakdan to‘p tepish sektori diametri 1m. Burchakdagi bayroqlar o‘lchami 1 m 50 sm. Bayroqning matosining uzunligi 33 sm.
141. S: Imtiyozli jismoniy tarbiya va sport xizmatlari kimlarga ko‘rsatiladi? J: O‘n olti yoshga to‘lmagan bolalarga, yetim bolalarga, pensionerlarga, nogironlarga, urush qatnashchilariga bepul imtiyozli xizmat ko‘rsatiladi.
142. S: Kamondan o‘q uzish sport turi haqida nima bilasiz? J: Kamondan o‘q uzish assotsiatsiyasi 1931 yili tuzilgan. 1931 yildan beri ushbu sport turidan jahon birinchiliklari o‘tkazilib kelinmoqda.
143. S: Kamonning uzunligi qancha? J: Kamonning uzunligi 1 m 20 sm. O‘qlari esa asosan yog‘ochdan. Kamondagi tortilgan ip bilan dasta oralig‘i 17 sm. 144. S: Nishonlarning kattaligi qancha? J: Nishonlarning kattalik diametri 122 smni tashkil etadi. Nishonda o‘nta xalqa chiziladi. Har bir xalqa 3 sm yo‘g‘onlikda chiziladi. Xalqalar oralig‘i 2,3 smni tashkil etadi.