Минг бир саволга минг бир жавоб


S: Saf mashqlari haqida nima bilasiz?



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə12/60
tarix09.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#109925
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
1001 savol javob

106. S: Saf mashqlari haqida nima bilasiz?
J: Safda birgalikda bajariladigan, shug‘ullanganda uyushqoqlik va intizomli jamoa bo‘lib, harakat malakalarini, qaddu-qomatlarini, shuningdek, ritm va sur’at hissini tarbiyalashga yordamlashadigan harakatdir.
107. S: Jismoniy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
J: Jismoniy tarbiya – organizmning biologik funksiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‘lib, uning ta’sirida insonning axloqiy sifatlarini ham shakllantiradi.
108. S: Harakat ko‘nikmasi deganda nimani tushunasiz?
J: Jismoniy harakatlarni, mashqlarni oliy darajada avtomatik usulda bajarish qobiliyati.
109. S: Umumrivojlantiruvchi mashqlar deganda nimani tushunasiz?
J: Organizm jismoniy rivojlanishini ta’minlash, jismoniy yuklamalarga tayyorlash va davolash maqsadida qo‘llaniladigan mashqlar.
110. S: Kuch deganda nimani tushunamiz?
J: Kuch deb tashqi qarshilikni muskullar tarangligi bilan yengish qobiliyatiga aytiladi. Kuch asosan uchga bo‘linadi:

  1. Absolyut kuch – muskullarni namoyon qiluvchi kuchdir.

  2. Nisbiy kuch – kuch ko‘rsatkichlarini tana vazniga nisbatan olinadi.

  3. Portlovchi kuch – qisqa vaqt ichida katta miqdorda kuch namoyish qilish.

111. S: Harakat malakasi deganda nimani tushunasiz?
J: Jismoniy harakatlarni, mashqlarni bajara bilish qobiliyati.
112. S: Jismoniy sifatlarni sanab bering.
J: Kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik.
113. S: “Tezkorlik” fazilati deganda nimani tushunasiz?
J: Jismoniy harakatlar va jismoniy mashqlarni qisqa vaqt ichida samarali bajara olish qobiliyatidir.
114. S: Chidamlilik nima?
J: Uzoq vaqt jismoniy harakatlarni va jismoniy ishlarni charchamasdan bajara olish qobiliyatidir.
115. S: Maxsus chidamlilik deganda nimani tushunasiz?
J: Ixtisoslashgan jismoniy harakatlarni bajara olish faoliyatiga nisbatan chidamlilik “maxsus” chidamlilik deyiladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin