70. S. Basketbol to‘pining o‘lchami haqida nima bilasiz? J: Aylanasi 75-78 sm, og‘irligi 600-650 gramm.
71. S: Basketbolchining tashqi qiyofasi haqida. J: Basketbolchida asosan trusik, maxsus futbolka, tizzalarida maxsus himoya moslamalari, yumshoq oyoq kiyim. Futbolkalarning oldida nomerlar hamda ort tomonda kabi nomerlar bo‘lishi lozim. Asosan basketbolda ko‘krak nomerlari 4 dan boshlanadi. 72. S: Amerikacha futbol haqida nima bilasiz? J: Amerikacha futbol qattiq xarakter jihatidan regbi o‘yiniga o‘xshab ketadi. Xuddi beysbol sport turi kabi Amerikaning milliy o‘yinlari jumlasiga kiradi. “Amerikacha futbol” o‘yinida kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik sifatlari rivojlanadi. Bu o‘yinda ixtiyorsiz ravishda qo‘pollik ishlatilganligi sababli o‘yinchilar qattiq shikastlanishlari tabiiy holdir.
73. S: Amerikancha futbolning tarixi… J: Amerikaliklar bu o‘yinni 1874 yildan boshlab o‘ynay boshlaganlar. 1880 yilga kelib, Amerikancha futbolning qoidalari ishlab chiqildi. 74. S: Maydon o‘lchamlari haqida so‘zlab bering. J: Amerikancha futbol maydoni uzunasiga 109 m 75sm, eniga 48 m 80 smni tashkil etadi. Darvozabon maydoni uzunasi 9 m 15 smni tashkil etadi. Maydon 20 ta teng bo‘lakka bo‘linadi. Darvozaning balandligi 3 m 5 sm eni 6 m 10 sm.
75. S: Amerikancha futbolning to‘pini og‘irligi qancha? J: To‘p ozgina qovunsimon bo‘lib, og‘irligi 396 g dan 424 g gacha. Diametri uzunasiga 71,16 smdan 72,43 smgacha, ko‘ndalangiga esa 56,40 smdan 56,57 sm. 76. S: Amerikancha futbol ishtirokchisi kiyimi qanday? J: Ularning kiyimi “Muz ustida xokkey” o‘yinchisining kiyimidan iborat. Faqat oyoqlarida konkining o‘rniga boshqa oyoq kiyimi kiyiladi.
77. S: O‘yin ishtirokchilari va o‘yinning vaqti haqida? J: Asosan maydonda 11 o‘yinchi ishtirokida o‘yin boshlanadi. Zahira o‘yinchilari esa xohlagancha. 78. S: O‘yin vaqti qancha? J: Umuman o‘yin 60 minut “toza” vaqtga o‘ynaladi. O‘yin asosan 4 davrga bo‘linadi. Birinchi davrda 10 minut, 2 davr tugagach 10 minut, 3 davr tugagach 10 minut o‘yinchilar dam oladilar. O‘yin davomida darvoza chizig‘iga to‘p olib kelish 6 ochko, agar darvozaga kiritilcha 6+2, yana 2 ochko qo‘shib beriladi.