145. S: “O‘q uzish” masofalari qancha? J: 90, 60, 50, 30, 40 m.
146. S: Katta tennis o‘yini – Uimbldon turniri haqida so‘zlab bering. J: Buyuk Britaniyada 1875 yilda tennisning yangi qoidalari ishlab chiqilgan. 1877 yili shu qoidalar asosida I Uimbldon turniri o‘tkazilgan.
147. S: Xalqaro “Devis” kubogi qachondan boshlab o‘tkazila boshlandi? J: Xalqaro “Devis” kubogi musobaqasi 1900 yildan boshlab o‘tkazila boshndi.
148. S: Xalqaro tennis federatsiyasi qachon tashkil topgan? J: Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) 1913 yili tashkil topgan.
149. S: Katta tennis sport turi qachondan boshlab, Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan? J: Katta tennis sport turi 1896 yildan beri birinchi Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritlgan.
150. S: “Katta tennis” o‘yinining maydoni? J: Uzunligi 23,77 sm, eni 8 m 23 sm.
151. S: “Juft” bo‘lib o‘ynash uchun tennis maydonining o‘lchami qancha? J: Uzunasi 23, 77 sm eni 10 m 97 sm.
152. S: Tennis koptogining diametri hamda og‘irligi qancha? J: Diametri 6,35 smdan 6,67 smgacha, og‘irligi 56,7 grammdan 58,74 grammgacha.
153. S: Tennis raketkasi haqida ma’lumot bering. J: Tennis raketkasi asosan yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, dedron tolalaridan iboratdir. Raketkasining og‘irligi kattalar uchun 340-400 grammni tashkil etadi. Dastaning yo‘g‘onligi 4 sm.
154. S: Asosan tennis o‘yini necha partiyadan iborat? J: Erkaklar uchun 5 partiya ayollar uchun 3 partiya.
155. S: Tennis o‘yinida 1 set necha geymdan iborat. J: Bitta set 6 geymdan iborat.
156. S: Bitta geymda nechta ochkogacha o‘ynaladi? J: Bitta padacha yutsa 15 ochko, ikkita padacha yutsa 30 ochko. 4 ta padacha yutsa 40 ochko.
Agarda har ikkala tomonda ham 40:40 hisobi qayd etilsa o‘yin qaysi komanda 2 ochko farqi bilan yutsa o‘sha komanda g‘olib bo‘ladi. Agar har ikkalasi ham 6 yoki 8 bo‘lsa ikki ochko farqi bilan g‘oliblik aniqlanadi.