116. S: “Chaqqonlik” deganda nimani tushunasiz? J: Harakatlarni tez va epchil bajara olish hamda o‘ziga qulay vositalardan tezkor foydalana olish qobiliyatidir.
117. S: “Egiluvchanlik” deganda nimani tushunasiz? J: Tayanch harakat apparatini harakatchanligi keng ko‘lamda harakatlar bajara olish qobiliyatidir. 118. S: Aktiv (faol) egiluvchanlik nima? J: Tayanch-harakat apparatini muskul kuchi hisobiga namoyon qilish egiluvchanligidir. 119. S: Passiv egiluvchanlik deganda nimani tushunasiz? J: Tashqi ta’sirlar yordamida hosil qilingan egiluvchanlik passiv egiluvchanlik deyiladi. 120. S: Jismoniy mashqlarni o‘rgatish necha bosqichda kechadi? J: Uch bosqichda. Birinchisi – dastlabki o‘rganish – jismoniy mashq, harakatlar to‘g‘risida nazariy tushunchaga ega bo‘lish, amalda bajarib ko‘rish.
Ikkinchi bosqich. Chuqurroq o‘rganish – harakat va mashqni qismlarga bo‘lib, so‘ng yaxshi o‘rganish.
Uchinchi bosqich. Takomillashtirish – mashq va harakatni qiyinchiliklar tug‘dirib bajarish, sherigini va raqibini qarshiligini yengib bajarish. 121. S: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishda tarbiya tamoyillarini so‘zlab bering. J: - Onglilik tamoyili – jismoniy mashq va harakatlarni maqsadi va vazifasini tushunib yetgan holda bajarish.
faollik tamoyili – organizmni mashg‘ulotlarda yetarli darajada jismoniy yuk omili uchun faol shug‘ullanishi.
ko‘rsatmalilik tamoyili – jismoniy mashq va harakatlarni amalda bajarib, xatolarni tuzatib borish.
ko‘rgazmalilik tamoyili – jismoniy mashqlar va harakatlarga o‘rgatishda ko‘rgazmali qurollar, video-kino filmlar, maketlar va ko‘rgazmali qurollardan foydalanishlar.
bajara bilish tamoyili – jismoniy mashqlar va harakatlarni o‘rganishda oddiydan boshlab, murakkablashtirib borish, o‘rganilgan harakatlarni samarali bajara olingandan so‘ng keyingi mashq harakatiga o‘tish.
Alohidalik (individuallashtrish) tamoyili – shaxsiy, jismoniy qobiliyat, jismoniy tayyorgarlik, jins va yosh xususiyatlarini hisobga olib, jismoniy mashq harakatlarini bajarishga o‘rgatish.
Muntazamiylik tamoyili – o‘rganilgan mashq va harakatlarni muskullarda refleks qoldirishini ta’minlash uchun doimiy muntazam shug‘ullanish.